Mavzu: Sof va vazifadosh yuklamalar



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.12.2022
Hajmi1,92 Mb.
#881298
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-sinf ona tili fanidan o\'qituvchi kitobi

283-mashq.
Uyga vazifa.
«Mustaqillik

millat ravnaqi» mavzusida matn tuzing.Modal so

zlardan
ham foydalaning.
VII “A” “B” sinf
Ona tili № 86
15. 04.2015


1
Mavzu: Nazorat ishi
DARSNING MAQSADI:
Ta'limiy maqsad ­ o'tilgan mavzular bo'yicha olingan nazariy ma’lumotlarai amaliy qo'llash;
Tar biyaviy maqsad ­ o'quvchilarda hushyorlik, sergaklik xarakterini shakllantirish;
Rivojlantir uvchi maqsad ­ og'zaki va yozma savodxonlikni o'stirish.
Dar s tur i: nazorat ishi
Dar s usuli: diktant
Darsning rejasi:
1.Diktant matni bilan tanishtirish.
2.Matn yuzasidan suhbat.
3.Diktantni yozdirish.
Darsning jihozi: yozma ish matni.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
a)salomlashish
b)davomatni aniqlash
YANGI MAVZUNING BAYONI
O'qituvchi diktant yozish qoida va tartibini eslatadi. Matnni bir bor o'qib eshittiradi. Mazmuni tahlil
qilingach, ifoda maqsadiga ko'ra qanday gaplar qo'llanganligi, ularga qo'yiladigan tinish belgilari
izohlanadi.
Diktant matnini
o'qituvchi o'qib beradi. O'quvchilar matn yuzasidan
fikrlarini bayon etadilar.
Yozilishi qiyin bo'lgan so'zlarga o'qituvchi izoh berib o'tadi.Shundan so'ng o'quvchilarga har bir gap
alohida o’qiladi.
Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe`l­atvori uchun oila, jamoa, jamiyat va Vatan
oldida ma`naviy mas`uliyat his etishidir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsni ijobiy xatti­
harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o`z faoliyatiga o`zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi
nohaq, adolatsiz ishlardan g`azabga keladi, bularga qarshilik bildiradi; o`z faoliyatining yaxshi
tomonlaridan qanoatlanib xursand bo`lsa, yomon tomonlaridan norozi bo`lib ruhan eziladi, ya`ni
vijdon azobiga uchraydi. Vijdon – tug`ma xislat deyuvchilar ham bor. Vijdon – kishilarning yashab
turgan sharoitiga, olgan ta`lim­tarbiyasiga bog`liq deb hisoblovchilar ham mavjud. Biz o`zimizning
turmush tajribamizda aslida vijdonsiz kimsaning voyaga yetib, o`qimishli, katta odam bo`lib
yetishganidan keyin vijdonli bo`lib qolganini uchratmadik. Vijdon ko`p yoki oz bilimlilikka , boy yoki
kambag`al bo`lishlikka, oddiy yoki mashhurlikka bog`liq emas.
Uyga vazifa:
Takrorlash


1
VII “A” “B” sinf
Ona tili №
18.04.2015
Mavzu: Nazorat ishi tahlili
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad – yozilgan nazorat ishlarini tahlil qilish, xatolar ustida ishlash;
Tarbiyaviy maqsad ­ o'quvchilarni Vatanga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad ­ o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil
fikrlash
malakasini shakllantirish.
Dar sning tur i: nazorat ishi tahlili
Dar sning jihozi: Darslik, nazorat ishi daftarlari
DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH:
Nazorat ishi daftarlari o’quvchilarga tarqatib beriladi.Xatolar ustida ishlanadi.
III.YANGI MAVZU BAYONI
Yozilgan nazorat ishlari quyidagi BKM (Bilim, ko’nikma, malaka elementlari asosida ) tekshirildi:
1. Imlo savodxonligi
2. Ishoraviy savodxonligi
3. Uslubiy savodxonligi
4. bo’g’in ko’chirish qoidalariga amal qilganligi
5. Husnixati
Avvalo, eng chiroyli, yuqoridagi BKM elementlari asosida yozilgan nazorat ishi egalari nomi aytiladi
va rag’batlantiriladi.
Dastlab imlo xatolari ustida ishlanadi. Imlo xatoga yo’l qo’ygan so’zning to’g’ri variantini o’n marta
sinf daftariga yozib chiqadi. Bu shu so’zning imlosini yodda saqlab qolishga yordam beradi.
So’ngra tinish belgilari bo’yicha yo’l qo’yilgan xatolar tahlil qilinadi.Tinish belgilari yuzasidan
olingan bilimlar takrorlanadi.
So’ngra uslubiy xatolar ustida ishlanadi. Gap tuzish qoidalari eslatib o’tiladi
IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa: Takrorlash
VII “A” “B” sinfOnatili № 88/1020.04.2015


2
Mavzu:Sof va vazifadosh modal so’zlar
Darsning maqsadi:
g)ta'limiy maqsad – Sof va vazifadosh modal so’zlar haqida ma`lumot berish;
h) tarbiyaviy maqsad ­ o'quvchilarni ona tiliga, Vatanga hurmat ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi maqsad ­ o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash
malakasini shakllantirish.
Dar sning jihozi: Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami, kompyuter,tarqatmalar
Dar sning tur i: yangi bilim beruvchi.
Dar sning usuli: suhbat, savol­javob.
DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH:
1.Ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ravish nima uchun mustaqil so'z turkumlari deyiladi?
2. Modal so'zlar deb qanday so
f
zlarga aytiladi?
3.Modal so'zlaming ma’no turlarini ayting va misollar keltiring.
4
.Albatta, afsuski, darhaqiqat, ehtimol, shekilli so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing.
III.YANGI MAVZU BAYONI
SOF VA VAZIFADOSH MODAL SO’ZLAR
1­topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang.
1.Shubhasiz, biz g‘olib chiqamiz — Bizning g‘olib chiqishimiz burchimiz, albatta. 2. Xayriyat,
odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda. 3.
Xullas, biz ulug

odamlarning farzand
4.
Aftidan, u yolg‘on gapiryapti — Uning yolg‘on gapirayotgani aftidan bilinib turibdi. 5. Balki, siz
haqdirsiz — Siz emas,
balki u haqdir.
Modal so‘zlar ham sof modal so‘zlar va vazifadosh modal so‘zlarga
bo’linadi.
Faqat modal ma’no uchun xoslangan so‘zlar sof modal so‘zlar sanaladi:
haqiqatan,
darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, awalo, awalambor, xullas, koshki, masalan kabi.
Modal ma’noda ham qo‘llangan
aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan,
shubhasiz singari so

zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.
285­mashq. Awal sof, keyin vazifadosh modal so‘zlar qatnashgan gaplarni ko‘chiring.
1. Haqiqatan ham, ko'rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir.
(«Gulxan»dan)
2. Xullas, shunday edi olam va ishlar Seni tanimagan paytlar.
(Asqad Muxtor) 3. Darhaqiqat, chang­
to'zon ancha narilab, Karki tomonga ketardi.
(Mirmuhsin) 4. Me’morning xayol surib
giyohvandlardek qotib qolganini ko'rgan Xorunbek ... bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb
o'ylardi.
(Mirmuhsin) 5. Uning oldida bakni qaynatishyapti, shekilli, bak kamayidan qizil alanga
chiqib qolardi.
(Sh. Xolmirzayev) 6. Amakimning farzandi bo'lmagani uchun otam meni amakimga
o‘g
c
il qilib bergan. Bu, taxminan,


2
4 yoshlarimda bo'Isa kerak.
286­mashq.Rasmni kuzating. Unda qaysi fasl va nimalar tasvirlangan?
So'zlabbering. So'ng «O'zbekistondakuz» mavzusidamatntuzing.Matndayordamchiso'zturkumlari
(ko'makchi, bog'lovchivayuklamalar)dan kengroq foydalanishga harakat qiling.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Qanday modal so'zlar sof modal so‘z hisoblanadi?
2. Vazifadosh modal so‘zlarni ayting
. UYGA VAZIFA:
287­mashq.
Uyga vazifa.Aftidan, chamasi, ehtimol, shubhasiz, balki so‘zlarini awal modal ma’noda, so‘ng
o‘z ma’nosida qollab gaplar tuzing.Ularning farqini tushuntiring.
VII “A” “B” sinfOnatili № 89/1122.04.2015
Mavzu:Tasdiq vainkor so’zlar
Darsning maqsadi:


2
i) ta'limiy maqsad – Tasdiq va inkor so’zlar haqida ma`lumot berish;
j) tarbiyaviy maqsad ­ o'quvchilarni oilaga hurmat ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi maqsad ­ o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirish.
Dar sning jihozi: Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami, kompyuter, fano
Dar sning tur i: yangi bilim beruvchi.
Dar sning usuli: suhbat, musobaqa.
DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH:
1. Modal so'zlar deb qanday so
f
zlarga aytiladi?
2. Modal so'zlaming ma’no turlarini ayting va misollar keltiring.
3. Sof modal so’z qatnashgan gap tuzing.
4. Vazifadosh modal so’zlar qaysilar?
5. Sof modal so’z deb nimaga aytiladi?
III.YANGI MAVZU BAYONI
TASDIQ VA INKOR SO’ZLAR
1­topshiriq. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosi va vazifasi haqida fikr yuriting.

Siz shu maktabda o‘qiysizmi?
­Ha.

Sakkizinchi sinfdami?

Yo’q, yettinchi sinfda.

Men ham yettinchi sinfdaman. 50­maktabda o‘qiyman.

Muzqaymoq yemaymizmi?

Mayli.

Yuring, salqinga o‘tamiz.

Xo‘p.
Ha, xo‘p, mayli singari so

zlar tasdiq so

zlar;
yo‘q, mutlaqo singari so’zlar inkor so

zlar sanaladi. Bunday so‘zlar dialogik nutqda
­mi so

roq
yuklamasi orqali ifodalangan so‘roq gaplarning javobi bo‘lib keladi.

288­mashq. Nuqtalar o‘miga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Bu so‘zlar
qanday ma’noni anglatyapti?
1.
Sizlarga uy topib bersam, qiroatxona ochmaysizlarmi? — ..., ochamiz. Lekin kitoblami
qayerdan olamiz?
(H. Qodiriy)
2.
Shuni olib keta qol. Sotib bir kuningga yaratarsan, o
£
g‘rigina bolam. — ...­e, buvi, yomon niyat
qilmang. Ha­huv deguncha bu kunlar ham unut bo lib ketadi. — Xayr, o

g

rigina bolam, kelib tur.
— ..., ona, .... (
G‘afur G‘ulom) 3. — Suv beraymi, ota? Choi o'ziga keldi. — ..., suv ichmayman! —
dedi Me’mor, — buni qara, qizim, meni xayol olibdi, mana shu tomonda bir katta qasr solingan emish.
(Mirmuhsin)


2
4...., otaxon, olmayman.Sizga bu juda zarur buyum.
(Said Ahmad) 5. ..., kechasi allamahalgacha kitob
o
£
qib, kam uxlagan. Biz ehiqquncha damini olib turar.
(Yoldosh Sulaymon)
S о ‘ z l a r: Yo

q, yo

q­yo

q, xo‘p­xo‘p, mayli.
289­mashq.1­topshiriq .Berilgan rasm asosida “Hukmdor huzuridagi Navoiy”
mavzusida suhbat matni tuzing.
289­mashq. 2­topshiriq Gaplarni yozing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini tushuntiring
va turini ayting.
1. Men haq gapni aytyapman. — Ha, mayli, buni hozircha ochiq qoldiramiz.
(X. To’xtaboyev)
2.Ayting­chi, siz bu gaplarga ishonasizmi? — Mutlaqo. 3. Yo‘q, men buni hozirgi kayfiya tingga qarab
aytayotganim yo‘q.
(Abdulla Qahhor) 4. Xo‘p, shu so

riga joy qilgin.
(S. Zunnunova)
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Tasdiq so‘zlar haqida gapiring.
2. Inkor so'zlar ishtirokida gaplar tuzing.
3. Qanday so’zlar inkor so’zlar deyiladi?
4. Tasdiq so’zlar qatnashgan gap tuzing.
UYGA VAZIFA:
290­mashq.
Uyga vazifa.
«Otam bilan suhbat» mavzusida dialog tuzing. Unda tasdiq va inkor so‘zlardan foydalaning, ularning
tagiga chizing.
VII “A” “B” sinfOnatili № 90/1225.04.2015
Mavzu: Mustahkamlash
Darsning maqsadi:


2
k)ta'limiy maqsad – O’tilgan mavzular yuzasidan mustahkamlash;
l) tarbiyaviy maqsad ­ o'quvchilarga odob­ahloq qoidalarini o’rgatish;
d)rivojlantiruvchi maqsad ­ o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirish.
Dar sning jihozi: Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami, kompyuter
Dar sning tur i: mustahkamlovchi.
Dar sning usuli: suhbat, musobaqa, bahs­munozara.
DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH:
1. Tasdiq so‘zlar haqida gapiring.
2. Inkor so'zlar ishtirokida gaplar tuzing
3.Sof modal so’z qatnashgan gap tuzing.
4.Vazifadosh modal so’zlar qaysilar?
5.Sof modal so’z deb nimaga aytiladi?
III.YANGI MAVZU BAYONI
1­topshiriq. Gaplarni imlo qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chi ring. Yuklamalarning yozilishiga
diqqat qiling.
1. Kimsan akam birpas qarab
turdi­da, indamay chiqib ketdi. (0‘Hoshimov).
2. Tolibjon kula­kula, xo‘p
dedim­ku, — dedi.
3.— Samovar senga
yoqdimi, axir? (Abdulla Qahhor)
4. Biz uni changalzor botqoqlikdan chiqolmaydi, deb o'ylagan edik.
Chiqibdimi?
5. Muzaffar eshikni sharaqlatib ochib, pastga tushdi.

Toshkentdagi Rasul degan og‘aynimning uyini
bilasan­a?

Qaysi Rasul? Anovi kamgap
professormi?

0‘sha! Mana bu xatni ertalab o‘shanga yetkazasan.

Siz­chi?
Men bilan ishing bo

lmasin! Bu yog‘i yaqin, o‘zim piyoda ketaman. (
О. Yoqubov)
2­topshiriq. Berilgan so‘zlarning turkumini aniqlang va ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing.
Oh, nahotki, ey, kisht, obbo, iye, eh­he, hatto, milt­milt, sharaq­ shuruq, voy, tiq, dag‘­dag‘, ham,
hattoki, beh­beh.
Undov so’zlar: Oh, ey, kisht, obbo, iye, eh­he, voy, beh­beh.
Taqlid so’zlar: milt­milt, sharaq­ shuruq, tiq, dag‘­dag‘.
Yuklama: nahotki,hatto, ham, hattoki.
3­topshiriq.
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga izoh bering, ularning nutqdagi ahamiyati haqida
so‘zlang.
— G‘ozlar, bir so‘z deysizmi?

G‘a­g‘a­g‘a!

Totli suli yeysizmi?

Ha­ha­ha!

Nega patni silaysiz?


2

G‘oq ­g‘oq­g‘oq.

Mendan nima tilaysiz?
-
Boq, boq, boq.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1.Tasdiq so’zlar qatnashgan gaplar tuzing.
2.Inkor so'zlar ishtirokida gaplar tuzing.
3.Qanday so’zlar inkor so’zlar deyiladi?
4.Undov so’zlar qatnashgan gap tuzing.
UYGA VAZIFA:
4­topshir iq.Uyga vazifa.Lapang­lapang, hoy, aftidan
y
xullas
, qiy­chuv so‘zlari ishtirokida gaplar
tuzing va ularni izohlang
VII “A” “B” sinfOnatili № 91/1327.04.2015
Mavzu:OLMOSH YUZASIDAN О‘TILGANLARNI TAKRORLASH
Darsning maqsadi:
m) ta'limiy maqsad – Olmosh mavzusi yuzasidan mustahkamlash;


2
n) tarbiyaviy maqsad ­ o'quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi maqsad ­ o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish.
Dar sning jihozi: Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami, kompyuter, rasmlar.
Dar sning tur i: mustahkamlovchi.
Dar sning usuli: suhbat, bahs­munozara.
DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH:
1.Olmosh haqida gapiring.
2. Olmoshlar ishtirokida gaplar tuzing.
3. Kishilik olmosMari qaysilar?
4.0‘zlik olmoshining grammatik xususiyatlari haqida gapirib bering.
5.So‘roq olmoshlariga misollar ayting.
III.YANGI MAVZU BAYONI
291­mashq.Matnni o‘qing, undagi g‘oya to‘g‘risida bahslashing.Olmoshlarni topib, izohlang.
Sizga ta’zim, onajon! Ona Yer, ona Quyosh, Sizlarga ta’zim! Menga to‘yib­to‘yib kuladigan,
yiglaganda esa to‘yib­to‘yib yiglaydigan qalb ato etdingiz.
Hech qachon kulgim ham, yig‘im ham soxta bo‘lmaydi, hech qachon kemtik baxtni baxt demadim,
birovlardan qolgan­ qutgan baxt bilan kifoyalana beradiganlar qatorida hech qachon turmadim.
Kulganda dunyoni kulgiga, yiglaganda dunyoni yig‘iga toldirdim.
Sizga ta’zim, onajon! Sizlarga ta’zim ona Yer, ona Quyosh! (
Yo'ldosh Sulaymon)
292­mashq. Gaplarni o‘qing. Olmoshlarni toping, ularga egalik va kelishik qo‘shimchalarining
qo‘shilishiga diqqat qiling.
1. Ularning ba’zilari akamning o‘rtoqlari edilar, men bilan so
c
rashdilar.
(Abdulla Qodiriy) 2. Biz,
yetimlar bir­birimizning pinjimizga tiqilib, bir­birimizni isitib uyquga ketamiz.
(G'ajur G'ulom) 3.
Hotamjon jilmaydi: — Biz tomonlarda deyarli dim.
(O'.Umarbekov) 4. Yuringlar, — dedi kampir
o‘midan turib. Keyin mening yelkamga qoqdi: — Sen ham yur, shirin bola.
(O'.Umarbekov) 5.Rostini
aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman.
(X. To'xtaboyev)
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. So‘roq olmoshlariga misollar ayting.
2. Belgilash olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing.
3. Gumon olmoshlari deb nimaga aytiladi?
4. Bo’lishsizlik olmoshlari qaysilar?
UYGA VAZIFA:
294­mashq.
UygavazifaQuyidagi bayt asosida matn tuzing.Unda ishlatgan olmoshlaringizga izoh
bering.
So'zchi holin boqma, boq so
c
z holini,
Ko'rma, kim der oni, ko'rgin kim ne der.(Alisher Navoiy)
VII “A” “B” sinfOnatili № 29.04.2015
Mavzu:EGALIK VA KELISHIKSHAKLLARI YUZASIDAN O’TILGANLARNI
TAKRORLASH
Darsning maqsadi:
o)ta'limiy maqsad –egalik va kelishik shakllari mavzusi yuzasidan mustahkamlash;


2
p) tarbiyaviy maqsad ­ o'quvchilarni Ona tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi maqsad ­ o'quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish.
Dar sning jihozi: Darslik, ona tilidan ko’rgazmalar to’plami, kompyuter, rasmlar.
Dar sning tur i: mustahkamlovchi.
Dar sning usuli: suhbat, bahs­munozara.
DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
e) she’riy daqiqalar
II.O‘TILGAN MAVZUNI QAYTARISH:
1. So‘roq olmoshlariga misollar ayting.
2. Belgilash olmoshlari ishtirokida gaplar tuzing.
3. Kishilik olmoshlari qaysilar?
4.0‘zlik olmoshining grammatik xususiyatlari haqida gapirib bering.
5.So‘roq olmoshlariga misollar ayting.
III.YANGI MAVZU BAYONI
295­mashq.Matnni o‘qing. Egalik va kelishik qo‘shimchalari va ularning imlosini tushuntiring.
Ona tiliga doir hamma yozuvlarni chiroyli yozadigan, bu darsdan hamisha a’lo baho oladigan
bo'ldim.Keyinchalik shuni payqadimki, qaysi darsni chiroyli yozmasam, o'sha darsdan pastroq baho
olar ekanman. Men avvallari «Bu darsni xushlamaganim uchun chiroyli yozishga hafsala qilmasam
kerak», deb o'ylagan edim, yo’q, chiroyli yozishga urinib qayta­ qayta ko'chirish darsni yaxshiroq
o'zlashtirishga yordam berar ekan.
Shundankeyinboshqadarslarnihamchiroyliyozishga,
darsdashoshibyozganyozuvlarimnichiroyliqilibko'chirishgaharakatqiladiganbo‘ldim. Bora­bora shunga
odatlanib qoldim: hamma darsdan a’lochi bo’ldim.
(Abdulla Qahhor)

Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish