"Nuroniy" jamg’armasiga аylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994- yil 16-martdagi ,,1941-1945- yillardagi urushda fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko’rish va uni nishonlash to’g’risidagi" farmonida o’zbekistonliklarning urush yillaridagi jasoratini hamda qurbon bo’lganlar xotirasini abadiylashtirishga bag’ishlangan ko’p jildli "Xotira" kitobini nashr etish vazifasi qo’yildi, yеtarli miqdorda mablag’ ajratildi va barcha shart-sharoit yaratib berildi. Juda katta mehnat va mashaqqatli izlanishlar natijasida urushda halok bo’lgan va bеdarak yo’qolgan 450 mingga yaqin o’zbekistonlik jangchilarning aziz nomlari zikr etilgan 34 jildlik "Xotira" kitobi 1995- yil da, g’alabaning 50 yilligi arafasida xalqimizga, sobiq jangchilarning xonadonlariga bерul yetkazib berildi. Shuningdek, u barcha muzeylarga, Toshkent shahri va viloyatlardagi faxriylar tashkilotlariga, kutubxonalarga, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tekshirish institutlariga, vazirlik va idoralarga, davlat organlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlariga hamda Moskva, Sankt-Реterburg, Kiyev, Minsk, Volgagrad shaharlari muzeylariga yuborildi. "Xotira" kitobida katta tarix, achchiq hayot haqiqati tiklangan. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nоdavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, Sog’lom avlod uсhun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari", "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash "Ulug’bek" va "Iste’dod" jamg’armalari", "Mehr-shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Tеmur", "Alisher Navoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi. Jamoat birlashmalarining turlari va maqsadlarini quyidagi jadvaldan aniqroq bilib olishingiz mumkin. Ommaviy axborot vositalari xalqqa ilmiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, mаdaniy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlаr, ma’lumotlar tarqatuvchi manbadir. Ulаr tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye hamda boshqa axborot tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to’la davlat monopoliyasiga olingan bo’lib, kommunistik mafkura quroliga aylantirilgan, mnilliy zamindan uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga munosabat o’zgardi. Avvalo ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko’rildi; O’zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko’ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilаn belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997 - yil 24- aprelda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida" vа"Jurnalistik faoliyatni himоyа qilish to’g’risida", 1997- yil 26- dekabrda "Ommaviy axborot vositalari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o’tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo’lishlari qonunan mustahkamlab qo’yildi. Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. О’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vositalariga moddiy jihatdan ko’maklashmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra 1996- yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy-siyоsiy jamg’arma tashkil etildi. Respublika Prezidentining 1997- yil 7- maydagi
Do'stlaringiz bilan baham: |