Tomirlari ichida gemoliz bo'lgan eritrotsitlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda uning 5% li filtratga o'tadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik birikmalar (siydikchil, siydik kislotasi, glukoza, aniinokislotalar) koptokcha filtridan bemalol o'tib, Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga kiradi. Natijada koptokcha filtrat, ya'ni birlamchi siydikda hosil bo'ladi. Bu siydikning miqdori bir kecha-kunduzda 1-1,5 1 gacha yetadi. Filtratsiya hajmining kattaligi buyraklarning qon bilan yaxshi ta'minlanishi, koptokcha 112 kapillarlarining maxsus tuzilganligi, filtratsion yuzasining kata ekanligi va ulardagi qon bosimi yuqori ekanligidan bog'liq. - Tomirlari ichida gemoliz bo'lgan eritrotsitlar, gemoglobin plazmaga chiqqanda uning 5% li filtratga o'tadi. Anorganik tuzlar va kichik molekulali organik birikmalar (siydikchil, siydik kislotasi, glukoza, aniinokislotalar) koptokcha filtridan bemalol o'tib, Shumlanskiy-Boumen kapsulasiga kiradi. Natijada koptokcha filtrat, ya'ni birlamchi siydikda hosil bo'ladi. Bu siydikning miqdori bir kecha-kunduzda 1-1,5 1 gacha yetadi. Filtratsiya hajmining kattaligi buyraklarning qon bilan yaxshi ta'minlanishi, koptokcha 112 kapillarlarining maxsus tuzilganligi, filtratsion yuzasining kata ekanligi va ulardagi qon bosimi yuqori ekanligidan bog'liq.
Siydik chiqarish-refleks yo'li bilan bo'ladigan hodisadir. Qovuqdagi siydik bosimining ortishi tufayli markazga intiluvchi asablarning oxirlari ta'sirlanadi. Qovuqqa siydik kirgan sayin undagi bosim oshadi va devorlari cho'ziladi. Qovuqdagi bosimning suv ustuni hisobi bilan 12-15 sm gacha ko'tarilishi va qovuq devorlarining cho'zilishi qovuq devoridagi asab oxirlariga (markazga intiluvchi asab oxirlariga) ta'sir etadi. Retseptorlarda qo'zg'alish paydo bo'ladi, bu qo'zg'alish markaziy asab tizimiga o'tadi, u yerdan esa mark'azdan qochuvchi harakatlantiruvchi asabfar orqali qovuqqa kelib, uning qisqarishiga, shu bilan birga sfmkterlarning bo'shashiga sabab bo'ladi. Natijada siydik chiqariladi. Refleks yo'li bilan siydik chiqarish markazi orqa miyaning dumg'aza bo'limidadir. Markaziy asab tizimining oliy bo'limlari: uzunchoq miya, o'rta miya va bosh miya po'stlog'i o'sha markazning reflektor faoliyatiga ta'sir etadi. Markaziy asab tizimining shu bo'limlaridan keluvchi qo'zg'alish orqa miyadagi siydik chiqarish markaziga borib, siydik chiqarishga refleks yo'li bilan ta'sir etadi. - Siydik chiqarish-refleks yo'li bilan bo'ladigan hodisadir. Qovuqdagi siydik bosimining ortishi tufayli markazga intiluvchi asablarning oxirlari ta'sirlanadi. Qovuqqa siydik kirgan sayin undagi bosim oshadi va devorlari cho'ziladi. Qovuqdagi bosimning suv ustuni hisobi bilan 12-15 sm gacha ko'tarilishi va qovuq devorlarining cho'zilishi qovuq devoridagi asab oxirlariga (markazga intiluvchi asab oxirlariga) ta'sir etadi. Retseptorlarda qo'zg'alish paydo bo'ladi, bu qo'zg'alish markaziy asab tizimiga o'tadi, u yerdan esa mark'azdan qochuvchi harakatlantiruvchi asabfar orqali qovuqqa kelib, uning qisqarishiga, shu bilan birga sfmkterlarning bo'shashiga sabab bo'ladi. Natijada siydik chiqariladi. Refleks yo'li bilan siydik chiqarish markazi orqa miyaning dumg'aza bo'limidadir. Markaziy asab tizimining oliy bo'limlari: uzunchoq miya, o'rta miya va bosh miya po'stlog'i o'sha markazning reflektor faoliyatiga ta'sir etadi. Markaziy asab tizimining shu bo'limlaridan keluvchi qo'zg'alish orqa miyadagi siydik chiqarish markaziga borib, siydik chiqarishga refleks yo'li bilan ta'sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |