Mavzu: Kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash va ularning xarakteristikalari bilan tanishish
Shaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: tizimli blok, monitor, klaviatura va sichqoncha.
T izimli blok-asosiy platani va unga ulanadigan qurilmalarni o’zida jamlab turuvchi sistema bloki. Klaviatura-ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga yordam beruvchi qurilma. Monitor-kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda aks ettirib beradi.Sichqoncha-kompyuterdagi bajaradigan ishlarga yordam beruvchi qurilma.
SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular SHKning qo’shim cha qurilmalari deb nomlandi. Ular qatoriga:
P rinter — kompyuterdagi m a’lumotlarni qog’ozga chop qilish qurilmasi. Disk (axborot tashuvchi qurilma) – axborotlami ko’chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma. Plotter – chizmalarni qog’ozga chiqaruvchi qurilma.
Skaner – kompyuterga matnli yoki tasvirli m a’lumotni kirituvchi qurilma. Tarmoq adapteri – kompyutemi mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma.
Audio-video adapter – kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli videoroliklarni ko’rishni ta’minlovchi qurilma
Modem – telefon tarmog’I orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashuvini ta ’minlovchi qurilma.
Multimedia qurilmalari – kompyuter yordamida tovushli va video tasvirlami ko’rish imkoniyatini yaratib beruvchi qurilmalar.
Ibrohimov Kamron
2022-yil
Mavzu: Operatsion tizimlar Tarmoq operatsion tizimlari, Mobil Operatsion tizimlarda ishlash
Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor
xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va h.q.);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.
Keling ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |