Mavzu: Sinf xonasining tabiiy va sun`iy yoritilganligini gigiyenik baholash. Sinf xonasidagi turli jihozlarini gigiyenik baholash. Mavzuning ahamiyati


Ish uchun kerakli asbob va materiallar: santimetrli lenta, lyuksmetr



Download 85,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi85,9 Kb.
#216933
1   2   3
Bog'liq
1-amal Sinf xona yoritilgan aniq

Ish uchun kerakli asbob va materiallar: santimetrli lenta, lyuksmetr.

2.   O’quvchilarni   bo’yiga,   ko’z   o’tkirligiga,   eshitish   o’tkirligiga   va   sog’lig’iga   qarab

o’quv xonasida gigiyenik talabga asosan joylashtirish qoidasini tushuntirish.

Ishni bajarish tartibi:

Guruh   talabalari   3   kishidan   kichik   guruhlarga   bo’linadi   va   har   qaysi   kichik   guruh

quyidagi ishlarni bajaradi:

1. O’quv xonasini umumiy pol satxini aniqlash. Buning uchun santimetrli lenta bilan

xonani  uzunligi   va eni  o’lchanib,  olingan   raqamlar  bir-biriga  ko’paytiriladi.   Normada  o’quv

xonasining pol satxi 50 m

2

  bo’lishi kerak. Buni uchun xonani uzunligi 8.2 metr, eni 6.1 metr



bo’lmog’i  lozim (8.2 x 6.1 – 50 m

2

).



2.   Gigiyena   talabiga   binoan   1-7   sinflarda   o’quvchilarni   soni   40   kishidan,   8-10   sinf

o’quvchilari 36 kishidan oshmasligi kerak. Har bir o’quvchi uchun 1-7 sinflarda 1.25 m

2

, 8-10


sinfda 1.40 m

2

 pol satxi to’g’ri kelishi kerak.



Buni aniqlash uchun xonani umumiy pol sathi o’quvchilar soniga taqsimlanadi: 50 m

2

 :



40 – 1.25 m

2

  yoki  50 m



2

 : 36 – 1.40 m

2

.

1. O’quv xonasini tabiiy yorug’ligini aniqlash.



Gigiyena talabiga asosan sinfxonasini tabiiy yorug’lik koeffisiyenti 1:4 yoki 1:5 qismiga

teng bo’lishi  kerak  yoki xona derazalarini  umumiy  sathi,  xonani  pol sathining  1:4 yoki 1:5

qismiga teng bo’lishi kerak. 

Sinf xonasini pol sathi 50 m

2

 bo’lsa, uni 4 ga yoki  5 ga  taqsimlanadi.



50 m

2

 : 4 = 12.5 m



2

  yoki  50 m

2

 : 5 = 10 m



2

Demak   derazalarning   umumiy   sathi   12.5   yoki   kamida   10   m

2

  bo’lmog’i   kerak.   Buni



aniqlash uchun har qaysi derazani  bo’yini va enini o’lchab bir-biriga ko’paytiriladi.  So’ngra

hamma derazalarni sathi bir-biriga qo’shiladi. Olingan natija honani derazalarini umumiy sathini

va sinf xonasini tabiiy yorug’lik koeffisiyentini ko’rsatadi.

Page 1 of 3




4.O’quv xonasini sun’iy yorug’ligini aniqlash va baholash.

Ma’lumki   maktabni   2-smenasini   oxirgi   darslari,   ayniqsa   qish   faslida,   sun’iy

yorug’lantirish yordamida o’tkaziladi. Sinf xonasi oddiy elektr lampalari bilan yoritilganda 1 m

2

pol sathiga kamida 18 vt elektr quvvati to’g’ri kelishi kerak. Buning uchun 50 m



2

 pol sathiga ega

bo’lgan sinf xonasiga har biri 100 vt quvvatga ega bo’lgan 9-10 ta lampa sinf shipiga 2 qator

qilib ilinadi, ularni orasi bir xil bo’lmog’I  lozim.

Agar lyuminessint lampalari qo’llanilsa, LC002 svitelniklari o’rnatilib ularga 40; 65; 80

vt-lik   lampalar   ilinadi.   Lyuminessint   lampalari   qo’llanilganda   1  m

2

  pol   sathiga   36   vt   elektr



quvvati to’g’ri kelishi lozim. Lampalar soni shu hisob bilan aniqlanadi. Masalan: 50 m

2

 x 36 vt –



1800 vt. Demak sinf xonasiga jami 1800 vt elektr quvvati kerak.

Agar 80 vt-lik lampalar ishlatilsa: 1800:80 = 22 lampa kerak bo’ladi. O’quv xonasini

yorug’ligi lyuksmetr asbobi yordamida aniqlanadi. Yorug’lik 150 lyuks bo’lishi kerak. Bu asbob

bo’lmaganida, yuqorida ko’rsatiganidek, elektr lampalari umumiy quvvati aniqlanib, pol sathiga

bo’linadi   va   1   m

2

  pol   sathiga   oddiy   lampalar   ishlatilganida   18   vt   lyuminessint   lampalari



ishlatilganida 36 vt to’g’ri kelishi zarur.

5.   Sinf   xonasida   o’quv   partalari,   stol-stullarni   joylashtirishda   o’quvchilar   derazaga

nisbatan   chap   tomonlari   bilan   o’tirishlarini   hisobga   olinishi   kerak.   Chunki,   yorug’lik   o’ng

tomondan tushsa, yozuv vaqtida o’ng qo’l daftarga soya qilib, yorug’likni kamaytiradi.

Parta va o’quv stollari 3 qator qilib joylashtiriladi. Partalar bilan derazalar o’rtasidagi

masofa 80-100 sm, parta qatorlari o’rtasidagi masofa 50-75 sm bo’lishi kerak.

Hozirgi   vaqtda   maktab   o’quv   xonalarini   jihozlashda   1-4   sinflarda   partalar   yoki   stol-

stullar, 5-10 sinflarda asosan stol-stullar qo’llanilmoqda.

O’quv partalari doimiy razmerda va o’zgartiriluvchi, ya’ni universal tiplarda chiqariladi.

Doimiy razmerdagi partalar 3 guruhda chiqariladi: A,B,V guruhlar.

- A guruh partalar – bo’y uzunligi 130 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;

- B guruh partalar – bo’y uzunligi 131-145 sm gacha;

- V guruh partalar – bo’y uzunligi 146-160 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;

O’quv stol va stullari 5 guruhda chiqariladi:

- A guruh stol-stullar – bo’y uzunligi 130 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;

- B guruhr – bo’y uzunligi 131-145 sm gacha;

- V guruh – bo’y uzunligi 146-160 sm gacha;

- G guruh – bo’y uzunligi 161-175 sm gacha;

- D guruh – bo’y uzunligi 176 va undan baland o’quvchilar uchun.

O’quv partalari, stol va stullar o’quv yilini boshida markirovka qilinadi: parta va stolning

qopg’og’ini   pastki   yuzasiga,   stulni   o’tiradigan   qismini   pastki   yuzasiga   suratiga   guruh   harfi,

maxrajiga  shu parta va stol stulda o’tirishi lozim bo’lgan o’quvchini bo’y uzunligi yoziladi.

Masalan:

A

130 smgacha

                                   

B

131


−145

                                      



V

146


−160

Page 2 of 3




Parta, stol, stulning yon tomoniga esa rangli markirovka qilinadi: A guruh parta, stol-

stulga sariq rang bilan  2 sm-lik chiziq  chiziladi,  B-guruhga qizil,  V-guruhga havo rang, G-

guruhga yashil, D- guruhga oq rang bilan.

6. Sinf doskasining uzunligi 3 metr, kengligi 1.2 metr bo’ladi. Doskani pastki qirrasini

poldan balandligi 1-sinflarda 85 sm, 5-10 chi sinflarda 95 sm bo’lishi kerak. Doska bilan 1-qator

partalari o’rtasidagi masofa 2 metr bo’ladi.

7. O’quvchilarni  sinf xonasida joylashtirish. O’quv yili boshida hamma o’quvchilarni

bo’yi,   ko’z   va   eshitish   o’tkirligi,   sog’lig’i   aniqlanib   sinf   jurnalining   mahsus   betiga   yozib

quyiladi.

Bo’yi past o’quvchilar oldingi, bo’yi baland o’quvchilar orqadagi partalarga o’tirishlari

kerak.     Ko’rish   o’tkirligi   past   o’quvchilar   bo’yidan   qat’iy   nazar   oldingi   va   derazaga   yaqin

partaga; eshitish o’tkirligi past o’quvchilar oldingi va o’qituvchi stoliga yaqin partalarga o’tirishi

kerak. Revmatizm, angina, buyrak kasalliklari bor o’quvchilar qish faslida isitish mabalariga

yaqin partalarda o’tirishlari lozim.

8.   Maktab   ustaxonasi   quyidagi   gigiyenik   talablarga   javob   bermog’i   lozim:   har   bir

o’quvchi   uchun   pol   sathi   3-4   m

2

  dan   kam   bo’lmasin,   verstaklar,   ish   stollarining   balandligi



o’quvchilarni bo’yiga moslashgan bo’lsin; elektr asboblari mahsus sim to’rlar bilan to’silgan

(izolyatsiya   qilingan)   bo’lsa;   o’quvchilar   maxsus   ish   kiyimi,   fartuk,   yengicha,   ayrin

mashg’ulotlarda esa ximoya ko’z oynakdan foydalanishlari kerak. Ustaxonada ishlash texnika

xavsizligi qoidalari o’qituvchi tomonidan tayyorlanib devorga ilib qo’yilishi lozim.

9. O’quv xonasini yorug’ bo’lishi deraza va elektr lampalari bilan birgalikda bo’yoqlarni

rangiga ham bog’liq. Ko’k, yashil, qora, kul rang, jigarrang bo’yoqlar yorug’likni kamaytiradi.

Aksincha och sariq, och pushti, och yashil, oq ranglar xonani yorug’ligini yaxshilaydi, dilni

ravshan   qiladi,   o’quvchilarni   ish   qobiliyatini   oshiradi.   Shuning   uchun   o’quv   xonasini   shipi,

deraza, eshik oq rangli bo’yoq bilan, devori och sariq yoki och pushti, parta va stolni ustki qismi

och yashil, yon tomonlari va o’tiradigan qismlari oq rangli bo’yoq bilan bo’yalishi kerak. Sinf

doskasi qora, jigarrang, yashil rangli bo’yoqlar bilan bo’yaladi.

10.   O’quv   xonasini   deraza   oynaklarini   bo’yash,   ularga   parda   tutish   mumkin   emas.

Tuvaklarda   o’stirilgan   gullar   derazaga   emas,   balki   derazaga   qarama-qarshi   tomonga   mahsus

stolcha yoki tumbochkalarga o’rnatilishi kerak.

11.   O’quv   xonasini   havosi   almashtirilib   turilishi   uchun   derazalar   fortochkalar   bilan

ta’minlangan bo’lmog’i lozim. 




Download 85,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish