Ish uchun kerakli asbob va materiallar: santimetrli lenta, lyuksmetr.
2. O’quvchilarni bo’yiga, ko’z o’tkirligiga, eshitish o’tkirligiga va sog’lig’iga qarab
o’quv xonasida gigiyenik talabga asosan joylashtirish qoidasini tushuntirish.
Ishni bajarish tartibi:
Guruh talabalari 3 kishidan kichik guruhlarga bo’linadi va har qaysi kichik guruh
quyidagi ishlarni bajaradi:
1. O’quv xonasini umumiy pol satxini aniqlash. Buning uchun santimetrli lenta bilan
xonani uzunligi va eni o’lchanib, olingan raqamlar bir-biriga ko’paytiriladi. Normada o’quv
xonasining pol satxi 50 m
2
bo’lishi kerak. Buni uchun xonani uzunligi 8.2 metr, eni 6.1 metr
bo’lmog’i lozim (8.2 x 6.1 – 50 m
2
).
2. Gigiyena talabiga binoan 1-7 sinflarda o’quvchilarni soni 40 kishidan, 8-10 sinf
o’quvchilari 36 kishidan oshmasligi kerak. Har bir o’quvchi uchun 1-7 sinflarda 1.25 m
2
, 8-10
sinfda 1.40 m
2
pol satxi to’g’ri kelishi kerak.
Buni aniqlash uchun xonani umumiy pol sathi o’quvchilar soniga taqsimlanadi: 50 m
2
:
40 – 1.25 m
2
yoki 50 m
2
: 36 – 1.40 m
2
.
1. O’quv xonasini tabiiy yorug’ligini aniqlash.
Gigiyena talabiga asosan sinfxonasini tabiiy yorug’lik koeffisiyenti 1:4 yoki 1:5 qismiga
teng bo’lishi kerak yoki xona derazalarini umumiy sathi, xonani pol sathining 1:4 yoki 1:5
qismiga teng bo’lishi kerak.
Sinf xonasini pol sathi 50 m
2
bo’lsa, uni 4 ga yoki 5 ga taqsimlanadi.
50 m
2
: 4 = 12.5 m
2
yoki 50 m
2
: 5 = 10 m
2
Demak derazalarning umumiy sathi 12.5 yoki kamida 10 m
2
bo’lmog’i kerak. Buni
aniqlash uchun har qaysi derazani bo’yini va enini o’lchab bir-biriga ko’paytiriladi. So’ngra
hamma derazalarni sathi bir-biriga qo’shiladi. Olingan natija honani derazalarini umumiy sathini
va sinf xonasini tabiiy yorug’lik koeffisiyentini ko’rsatadi.
Page 1 of 3
4.O’quv xonasini sun’iy yorug’ligini aniqlash va baholash.
Ma’lumki maktabni 2-smenasini oxirgi darslari, ayniqsa qish faslida, sun’iy
yorug’lantirish yordamida o’tkaziladi. Sinf xonasi oddiy elektr lampalari bilan yoritilganda 1 m
2
pol sathiga kamida 18 vt elektr quvvati to’g’ri kelishi kerak. Buning uchun 50 m
2
pol sathiga ega
bo’lgan sinf xonasiga har biri 100 vt quvvatga ega bo’lgan 9-10 ta lampa sinf shipiga 2 qator
qilib ilinadi, ularni orasi bir xil bo’lmog’I lozim.
Agar lyuminessint lampalari qo’llanilsa, LC002 svitelniklari o’rnatilib ularga 40; 65; 80
vt-lik lampalar ilinadi. Lyuminessint lampalari qo’llanilganda 1 m
2
pol sathiga 36 vt elektr
quvvati to’g’ri kelishi lozim. Lampalar soni shu hisob bilan aniqlanadi. Masalan: 50 m
2
x 36 vt –
1800 vt. Demak sinf xonasiga jami 1800 vt elektr quvvati kerak.
Agar 80 vt-lik lampalar ishlatilsa: 1800:80 = 22 lampa kerak bo’ladi. O’quv xonasini
yorug’ligi lyuksmetr asbobi yordamida aniqlanadi. Yorug’lik 150 lyuks bo’lishi kerak. Bu asbob
bo’lmaganida, yuqorida ko’rsatiganidek, elektr lampalari umumiy quvvati aniqlanib, pol sathiga
bo’linadi va 1 m
2
pol sathiga oddiy lampalar ishlatilganida 18 vt lyuminessint lampalari
ishlatilganida 36 vt to’g’ri kelishi zarur.
5. Sinf xonasida o’quv partalari, stol-stullarni joylashtirishda o’quvchilar derazaga
nisbatan chap tomonlari bilan o’tirishlarini hisobga olinishi kerak. Chunki, yorug’lik o’ng
tomondan tushsa, yozuv vaqtida o’ng qo’l daftarga soya qilib, yorug’likni kamaytiradi.
Parta va o’quv stollari 3 qator qilib joylashtiriladi. Partalar bilan derazalar o’rtasidagi
masofa 80-100 sm, parta qatorlari o’rtasidagi masofa 50-75 sm bo’lishi kerak.
Hozirgi vaqtda maktab o’quv xonalarini jihozlashda 1-4 sinflarda partalar yoki stol-
stullar, 5-10 sinflarda asosan stol-stullar qo’llanilmoqda.
O’quv partalari doimiy razmerda va o’zgartiriluvchi, ya’ni universal tiplarda chiqariladi.
Doimiy razmerdagi partalar 3 guruhda chiqariladi: A,B,V guruhlar.
- A guruh partalar – bo’y uzunligi 130 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;
- B guruh partalar – bo’y uzunligi 131-145 sm gacha;
- V guruh partalar – bo’y uzunligi 146-160 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;
O’quv stol va stullari 5 guruhda chiqariladi:
- A guruh stol-stullar – bo’y uzunligi 130 sm gacha bo’lgan o’quvchilar uchun;
- B guruhr – bo’y uzunligi 131-145 sm gacha;
- V guruh – bo’y uzunligi 146-160 sm gacha;
- G guruh – bo’y uzunligi 161-175 sm gacha;
- D guruh – bo’y uzunligi 176 va undan baland o’quvchilar uchun.
O’quv partalari, stol va stullar o’quv yilini boshida markirovka qilinadi: parta va stolning
qopg’og’ini pastki yuzasiga, stulni o’tiradigan qismini pastki yuzasiga suratiga guruh harfi,
maxrajiga shu parta va stol stulda o’tirishi lozim bo’lgan o’quvchini bo’y uzunligi yoziladi.
Masalan:
A
130
smgacha
B
131
−
145
V
146
−
160
Page 2 of 3
Parta, stol, stulning yon tomoniga esa rangli markirovka qilinadi: A guruh parta, stol-
stulga sariq rang bilan 2 sm-lik chiziq chiziladi, B-guruhga qizil, V-guruhga havo rang, G-
guruhga yashil, D- guruhga oq rang bilan.
6. Sinf doskasining uzunligi 3 metr, kengligi 1.2 metr bo’ladi. Doskani pastki qirrasini
poldan balandligi 1-sinflarda 85 sm, 5-10 chi sinflarda 95 sm bo’lishi kerak. Doska bilan 1-qator
partalari o’rtasidagi masofa 2 metr bo’ladi.
7. O’quvchilarni sinf xonasida joylashtirish. O’quv yili boshida hamma o’quvchilarni
bo’yi, ko’z va eshitish o’tkirligi, sog’lig’i aniqlanib sinf jurnalining mahsus betiga yozib
quyiladi.
Bo’yi past o’quvchilar oldingi, bo’yi baland o’quvchilar orqadagi partalarga o’tirishlari
kerak. Ko’rish o’tkirligi past o’quvchilar bo’yidan qat’iy nazar oldingi va derazaga yaqin
partaga; eshitish o’tkirligi past o’quvchilar oldingi va o’qituvchi stoliga yaqin partalarga o’tirishi
kerak. Revmatizm, angina, buyrak kasalliklari bor o’quvchilar qish faslida isitish mabalariga
yaqin partalarda o’tirishlari lozim.
8. Maktab ustaxonasi quyidagi gigiyenik talablarga javob bermog’i lozim: har bir
o’quvchi uchun pol sathi 3-4 m
2
dan kam bo’lmasin, verstaklar, ish stollarining balandligi
o’quvchilarni bo’yiga moslashgan bo’lsin; elektr asboblari mahsus sim to’rlar bilan to’silgan
(izolyatsiya qilingan) bo’lsa; o’quvchilar maxsus ish kiyimi, fartuk, yengicha, ayrin
mashg’ulotlarda esa ximoya ko’z oynakdan foydalanishlari kerak. Ustaxonada ishlash texnika
xavsizligi qoidalari o’qituvchi tomonidan tayyorlanib devorga ilib qo’yilishi lozim.
9. O’quv xonasini yorug’ bo’lishi deraza va elektr lampalari bilan birgalikda bo’yoqlarni
rangiga ham bog’liq. Ko’k, yashil, qora, kul rang, jigarrang bo’yoqlar yorug’likni kamaytiradi.
Aksincha och sariq, och pushti, och yashil, oq ranglar xonani yorug’ligini yaxshilaydi, dilni
ravshan qiladi, o’quvchilarni ish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun o’quv xonasini shipi,
deraza, eshik oq rangli bo’yoq bilan, devori och sariq yoki och pushti, parta va stolni ustki qismi
och yashil, yon tomonlari va o’tiradigan qismlari oq rangli bo’yoq bilan bo’yalishi kerak. Sinf
doskasi qora, jigarrang, yashil rangli bo’yoqlar bilan bo’yaladi.
10. O’quv xonasini deraza oynaklarini bo’yash, ularga parda tutish mumkin emas.
Tuvaklarda o’stirilgan gullar derazaga emas, balki derazaga qarama-qarshi tomonga mahsus
stolcha yoki tumbochkalarga o’rnatilishi kerak.
11. O’quv xonasini havosi almashtirilib turilishi uchun derazalar fortochkalar bilan
ta’minlangan bo’lmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |