Mavzu: Sinf rahbarining manaviy axloqiy sifatlari Reja: kirish i-bob sinf rahbarining manaviy axloqiy sifatlari


I-BOB Sinf rahbarining manaviy axloqiy sifatlari



Download 145 Kb.
bet2/12
Sana09.04.2022
Hajmi145 Kb.
#538458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-chi Sinf rahbarining manaviy axloqiy sifatlari

I-BOB Sinf rahbarining manaviy axloqiy sifatlari.
1.1. Sinf rahbarining manaviy axloqiy sifatlari.
“Hech shubhasiz, bugun talim-tarbiya va ilm-fan sohasiga sarflanayotgan mablag‘lar mamlakatimiz kelajagining egasi bo‘lgan yosh avlodni, yuksak intellektual salohiyatli jamiyatni shakllantirish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi”. Pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlarning tahlili shundan dalolat beradiki, hozirgi vaqtda boshlangich sinf o‘quvchilarida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishning turli shakllari va metodlaridan foydalanilib, ularning rivojlanishini ta’minlaydigan tadqiqotlar yetarli emas. Psixologlarning takidlashicha, aqliy iste’dod koeffitsienti qobiliyatlarning miqdoriy xarakteristikasini aniqlar emish, to‘g‘rirog‘i qandaydir, o‘zgarmas, har tomonlama aqliy istedodini yoki umumiy intellektini namoyon qilar emish. Lekin ilmiy psixologik tahlili shuni ko‘rsatadiki, aqliy istedodning bu koeffitsienti funksiya hisoblanadi. Intellektual salohiyatni yuksaltirish istiqlol yillarida milliy taraqqiyotning asosiy sharti va mezoniga aylandi.Chunki intellektual jihatdan qoloq xalq hech qachon rivojlanmaydi. Dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar eksport qiladigan mahsulotlarning aksariyat qismini aynan intellektual mulk mahsulotlari –yuksak texnika va texnologiyalar egallashi ham bu fikrni isbotlaydi. Bunday davlatlarning yuksak taraqqiyoti zamirida, avvalo, ularning eng katta intellektual salohiyatga ega ekani mujassamdir. Intellektual salohiyat, bir tomondan, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yangi texnika va texnologiyalarni yaratish va amalda qo‘llash, shu yo‘l bilan mamlakat boyligini tejash, mustahkamlash hamda yanada ko‘paytirishda asosiy kuchga aylansa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish infratuzilmasini mamlakat va jahonda yuzaga keladigan ehtiyojga qarab tez va samarali o‘zgartirish orqali shu davlatning jahon ishlab chiqarish tizimida teng qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Intellektual salohiyatning yuksak darajada rivojlanishi xalqning milliy manaviyati yuksalishida ham ulkan omilga aylanadi. Yana bir muhim tomoni u milliy manfaatlarni himoya qilishda qudratli qurol vazifasini bajaradi. Qolaversa, intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatda demokratik qadriyatlar barqaror rivojlanadi.
Intellektual qobiliyat muammosi qadim zamonlardan buyon mashhur olimlarning tadqiqot obyekti bo’lib kelgan va hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aqliy qobiliyatlarni o’rganishning ilk ilmiy asosini uni o’lchash, tekshirish boyicha yaratilgan testlar tashkil etadi. Ma’lumki, aqliy qobiliyat, tafakkurni aniqlash va o’lchashning asosiy quroli psixologik testlar hisoblanadi. Ana shunday testlarning yaratilish tarixi bir necha asrlarga ega. Eramizdan avvalgi qadimgi Vavilonda mirza va kotiblar tayyorlanadigan maktab bitiruvchilarida tadqiqotlar o’tkazilgan. Yaxshi tayyorlangan mirza o’sha davrning eng e’tiborli, taniqli kishisi hisoblangan. Bu esa o’sha davr bilimlarini egallash darajasi bilan belgilangan. Ular to’rt arifmetik amalni bilishi, ko’rish maydonining keng bo’lishi, mavjud narsani taqsimlay olishi, ashula aytish, biror musiqa asbobini chalish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim bo’lardi. Bulardan tashqari ularning turli xil materiallar, metallar, o’simliklar va shu kabilarni farqlay olish qobiliyatlari sinab ko’rilgan.



Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish