Parchin mixli va payvandli birikmalarning konstruktiv xususiyatlari Bir necha konstruksiya elementlarini o‘zaro biriktirish uchun ko‘p hollarda parchin mixli birikmalar ishlatiladi. Parchin mixli birikmalarning mustahkamligi mix materialining xossasiga va u o‘rnatiladigan teshikni ochish usullariga bog‘liqdir. Parchin mixni o‘rnatish uchun maxsus presslarda materialni siqib chiqarish orqali yoki parmalovchi mashinalar yordamida konstruksiya elementlarida teshiklar ochiladi. Birinchi usul yordamida teshik ochilganda teshikni keskin ochilishi hisobiga teshik atrofi mo‘rt bo‘lib qoladi va birikma mustahkamligi kamayadi. Parchin mixli birikma hosil qilish uchun ochilgan teshikka zich qilib, parchin mix joylashtiriladi, keyin esa bu mixning to‘g‘ri uchi yassilanib, boshcha hosil qilinadi. . Parchin mix yordamida elementlarni biriktirish. Parchin mixlar plastik xossaga ega bo‘lishi kerak, chunki ularni tayyorlash va biriktirishda katta plastik deformatsiyalar hosil bo‘ladi. 147 Undan tashqari biriktirish jarayonida qovushqoqlikni ham ta’minlash lozim. Shu sababli parchin mixlar yumshoq po‘latdan (St.2 va St.3) tayyorlanadi. O‘rnatiladigan parchin mix diametri d teshik diametri d0 dan 0,5 – 1mm ga kichik bo‘lishi kerak. Davlat standartlari talablariga asosan teshiklar diametrlari quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi: 10, 12,14, 17, 21, 23, 26, 29, 32, 35, 38 mm. Parchin mixli birikmalar, konstruksiya elementlarining umumiy qalinligi (paket qalinligi) 7d dan ortiq bo‘lmagan hollarda ishlatiladi. Agar paket qalinligi 7d dan katta bo‘lsa, bunday biriktirish usuli qo‘llanilmasdan boltli birikmalar ishlatiladi. Boltli birikmalar sof (aniq) yoki qora boltlar bilan biriktirilgan bo‘ladi. Oxirgisi uncha muhim bo‘lmagan bog‘lanishlarda ishlatiladi. Odatda boltlar metrik rezba bilan diametri 6 dan 48 mm gacha va uzunligi 300 mm gacha qilib tayyorlanadi. Aniq boltlarning diametri teshik diametriga to‘liq mos kelishi kerak, qora boltlarniki esa undan 1–2 mm kichik bo‘lishi mumkin. Ushbu birikmalarning ishonchliligi boltlarni qotirish orqali amalga oshiriladi. Boltlar yetarli darajada qotirilmaganda cho‘zuvchi kuchlanish boshlang‘ich holatdan katta bo‘lib ketishi mumkin. Bu holda birikma teshiklarida, qo‘shimcha ezilish va qoldiq deformatsiyalar hosil bo‘lib, birikmaning buzilishiga sabab bo‘ladi. Payvandli birikmalar payvandlanayotgan elementlarning tutashgan joyiga elektr yoyi yordamida metallni eritib quyish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi davrda qo‘llanilayotgan payvandlashning zamonaviy usullari, ularning mustahkamligini va ishonchliligini boltli bog‘lanishlar darajasida ta’minlab, o‘zining yuqori texnologiyasi bilan ularni siqib chiqarmoqda. Payvandli birikmalarda choklarni biriktirishning turli xil usullari qo‘llaniladi. Lekin choklarni biriktirishning barcha turlarida, ayniqsa chok oxirlarida qo‘shimcha (payvand) kuchlanishlar hosil bo‘ladi. Uni yo‘qotish uchun chok uzunligini hisoblashda olingan natijaga nisbatan 10 – 15 mm kattaroq qilib bajarish kerak bo‘ladi. Agar tutashgan chok uzunligi chok > b yetarli bo‘lmasa, u holda payvand «og‘ma» choklik qilib bajariladi, ya’ni tashqi kuch P ga nisbatan, chok ma’lum burchakka og‘gan holida qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |