AQSHda yoqimsiz hidlarga qarshi kurash shtatlar qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Yoqimsiz hidlarlarning atrof-muhitga, insonlar salomatligiga salbiy taʼsiri, shuningdek, aholi va sanoat korxonalari sonining oʻsishi, shaharlarning kengayib borishi mamlakatimizda ham yoqimsiz hidlarga qarshi samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Binobarin, bu turdagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish orqali yoqimsiz hidlarlarning atrof-muhitga taʼsiri oldi olinadi, maishiy turmushda hidlar tufayli yuzaga keladigan noqulayliklar bartaraf etiladi. Pirovardida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi uchun zararsiz atmosfera havosiga ega boʻlish huquqlari taʼminlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |