58
XULOSA
Shovot tumani xonliklar, sho’ro istibdodi yillarida ko’p azob kulfatlarni o’z
boshidan kechirdi. Xorazmshohlar Xiva xonligi davridagi urush va kurashlarni
qizil inqilob davrining quloq qilish, qamoq-azob uqubatlarini aslo unutib
bo’lmaydi. Xalqimizning ne-ne ilmu savodli, iymon- e’tiqodli elga fidokor yigit
qizlari ana shu urush va to’fonlarning qurboni bo’ldilar.
Sho’roning quvg’in qilish, jismonan yo’q qilish siyosati natijasida mutlaqo
begunoh o’rtahol ba’zan esa kambag’al dehqonlar ham yo’q qilib yuborildi.
30-yillar o’rtalarida ―uchlik‖ degan kasbi kori butkul chaqimchilikdan iborat
bo’lgan tashkilot paydo bo’ldiki, uning xalq boshiga tortib kelgan zulm
zahmatlariga o’lchov, chek-chegara bo’lmasa kerak. Qancha-qancha begunoh
bandalar uchlik, NKVD chaqimchilari tomonidan yo’q qilinib yuborildi.
1926-1929 yillarda yangi maktablarda savodsizlikni tugatish, chala savodlikni
bitirish kurslari tashkil bo’lib, keyinchalik lotin alifbosida saboqlar o’tilgan. 1930
yildan yoppasiga kolxozlashtirilish boshlangan.
Urush girdobi tuman aholisini ham qamrab olgan. Urushdan keyingi yillarda
tuman hayotida iqtisodiy o’sish yuzaga keldi. Bu davrda tuman rivoji yo’lida katta
xizmat qilgan Qo’chqor Quronboyev va Rahim Tohirovlarning qilgan ishlari
diqqatga sazovordir.
O’zbekiston mustaqilligi qaror topgach, O’zbekiston Respublikasi 1-
Prezidenti I.A.Karimovning dehqon va fermer xo’jaliklarni tashkil etish, uni
rivojlantirish yuzasidan chiqargan farmon va qarorlari chiqarildi. Qaror yuzasidan
Shovot tumanida ham hamjihatlik bilan ularni tashkil etish ishlari amalga oshirildi.
O’tgan 2008- xo’jalik yilida mayda fermer xo’jaliklarini yiriklashtirish boshlangan
edi. Avvalgi 2000 dan ziyod paxta, g’alla sabzavot, meva, pillachilik, chorvachilik
mahsulotlari yetishtirishga mo’ljallangan fermer xo’jaliklari soni hozir 300 dan sal
ziyodroqni tashkil qiladi. Fermer xo’jaliklarini yiriklashtirilishi mablag’ning bir
fermer qo’liga jamlanib hosil etishirishni ko’paytirish, tarmoqlarni kengaytirishga
xizmat qilish shubhasizdir.
59
Fermer
xo’jaliklarining paxtachilik g’allachilik bilan bir qatorda
chorvachilikni rivojlantirishga barakali hissa qo’shayotganliklari yaqqol ko’zga
tashlanib bormoqda. Huddi shuningdek, ipakchilik tarmog’ini kengaytirish
yuzasidan ham rejali tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuman hayoti haqida gapirar ekanman, bu yurtda ilm-fan, adabiyot va san’at
namoyondalari yetishib chiqqanligini alohida qayd etishim lozim. Modomiki, yurt
tarixi Beruniy bobomiz kabi daholarga taqaladi. Bundan tashqari, Eshboy,
Komiljon Otaniyozov, Jumanazar Bekchanov, Maryam Ixtiyorova, Mahmudjon
Sapayev kabi yirik san’atkorlar, Bola baxshi, Qalandar baxshi, akademik Azimboy
Sadullayevlar kabi istedod egalari, Achilbay Ramatov, Qahramon Quronboyev
kabi jonkuyar o’g’lonlar, Salomat Vafo va Bahrom Ro’zimuhammadlar kabi
yozuvchi va shoirlar yetishib chiqqan zamin hisoblanadi. Ularning har birining
xalqimizga qilgan va qilayotgan buyuk xizmatlari sharafga munosibdir.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Shovot tumani tarixi, XX asrdagi
rivojlanishi, Sho’ro davridagi kommunistik mafkuraga asoslangan toponimlar,
hududdagi diqqatga sazovor ziyoratgoh va ularning tarixi bilan bog’liq
ma’lumotlar haqida yanada ko’proq bilish uchun etnografik ma’lumotlar ustida
ishlash va to’plash talab qilinadi. Shundagina tuman tarixi to’laqonli yoritiladi.
.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |