Mavzu: Sholini ko'chat usulida yetishtirish afzalliklari. Reja



Download 412,6 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi412,6 Kb.
#209398
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sholichilik


MAVZU: Sholini ko'chat usulida yetishtirish afzalliklari.

REJA:

  1. Sholining xalq xo’jaligida ahamiyati, ekish maydoni, hosildorligi ahamiyati.

  2. Sholi ekishda tuproqni ishlash va ekish.

  3. Sholini ko`chat usulida еkish.

  4. Sholini o`g`itlash va bеgona o`tlarga qarshi kurash.


1.Sholining xalq xo’jaligida ahamiyati, ekish maydoni, hosildorligi ahamiyati.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyaning “KOPIA” markazi bilan hamkorlikda “Sholi yetishtirish texnologiyasini mexanizatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirish va yuqori hosil olish”ga mo‘ljallangan texnik xamkorlik loyihasi amalga oshirilmoqda.Loyiha bo‘yicha mazkur institutga Janubiy Koreyadan RF-48 va RRO600V rusumli ko‘chat ekish mashinalari, plastik kassetalar, sholi o‘rish moslamasi, sholi tegirmoni olib kelindi. Shuningdek, maxsus maydonlar issiqxona qurish uchun anjomlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ko‘paytirish uchun 9 xil sholi navi ham olib kelindi.Ayni paytda tajriba tariqasida Koreya davlatidan olib kelingan sholi navlari maxalliy “Iskandar”, “Lazurniy”, “Mutaqillik” va “Tarona” navlari bilan taqqoslangan holda ko‘rgazmali ko‘chatzor tashkil etilib o‘rganilmoqda. Mutaxassislar olgan natijalar bo‘yicha “Jinbu” va “Baekilmi” navlarida mahsuldor tuplanish darajasi mos ravishda 5,13 va 5,3 grammni, bir o‘simlikdagi don vazni bo‘yicha “Unkwang” va “Baekilmi” navlarida 8,08 va 9,01 grammni tashkil etdi. Biroq “Tean” navi pishib yetilmadi.Bundan tashqari, “Iskandar” va “Lazurniy” navlarini urug‘idan ekish, ko‘chatini qo‘lda va mexanizatsiya yordamida ekish usuli sinovdan o‘tkazildi. Jumladan, “Iskandar” navi ko‘chati mexanizatsiya usulida ekilganda qo‘lda ekilganga nisbatan 10 foizga, urug‘idan ekilganga nisbatan 13,6 foiz yuqori hosil olindi. “Lazurniy” navida esa ko‘chatini qo‘lda ekilganga nisbatan 7 foiz, urug‘idan ekilganga nisbatan 13,8 foiz yuqori hosil olindi.



Sholi eng qimmatli oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Dunyo dehqonchiligida u ekilish maydoni va yalpi hosiliga ko‘ra bug‘doydan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi. Dunyoda sholining ekin maydoni 2004-yilda 153,2 mln ga bo‘lgan. Sholi ekin maydonlarining asosiy qismi janubisharqiy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda Birma, Hindiston, Indoneziya, XXR, Tailand, Filippin davlatlariga to‘g‘ri keladi. Umuman, Osiyo mamlakatlari hissasiga sholining butun dunyodagi ekin maydonlarining 90 % i to‘g‘ri keladi. Bu mintaqada dunyo bo‘yicha yalpi sholi hosilining 90 % i yetishtiriladi. Keyingi 15 yil davomida bu mintaqada sholi hosildorligi 30 % dan ko‘proq oshgan. Lotin Amerikasida ham sholining yalpi hosili ekin maydonlarining kengayishi hamda hosildorlikni oshirish hisobiga ko‘paydi. Sholining dunyoda o'rtacha hosildorligi 39,7 s/ga ni (2004-y.) tashkil qildi. Yalpi hosil dunyo bo‘yicha 608,5 mln t bo‘lgan. Rivojlangan mamlakatlarda dunyodagi sholi maydonining 3 % i joylashgan, ammo dehqonchilik madaniyati yuqori bo'lganligi tufayli ular sholi doniga bo'lgan ichki ehtiyojini to‘la qondirib, ayrimlari sholi sotish bo‘yicha yirik eksport qiluvchi mamlakatlarga aylangan. Italiya, Avstraliya, AQSH da sholi hosildorligi o‘rtacha 60 s/ga atrofida. Dunyoda, hozirda eng yirik sholi eksport qiluvchi davlatlar AQSH va Tailand. Ularga dunyoda sholi eksportining 1/4 qismi to‘g‘ri keladi. 0 ‘zbekistonda sholichilik, ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng jadal rivojlandi. G‘alla mustaqilligiga erishishda sholining ahamiyati katta.

Madaniy sholi (Oryza sativa L) uchta kenja turga — hind (indica) donlari ingichka uzun, (don uzunligini eniga nisbati 3,0—3,5:1), xitoyyapon (sina-japonica) donlari kalta, enli (1,4—2,9 :1) va yaponga 185 www.ziyouz.com kutubxonasi bo'linadi. O'zbekistonda asosan xitoy-yapon kenja turi tarqalgan. Har bir kenja tur bir qator belgilari bo'yicha tur xillarga bo'linadi. Ildiz tizimi — popuk va yuza joylashgan, asosiy ildiz massasi tuproqning 25 sm qatlamida joylashgan. Ildizlarida, shuningdek, poya va barglarida ham havo to'lgan to'qimalar (aerenxima) bor. Shuning uchun sholi o'simligida tegishli kislorod konsentratsiyasi saqlanadi. Bitta o'simlikda 300 tagacha ildizlar bo'ladi. Doimo suv qavatida ushlanadigan sholida ildiz tukchalari kam, aksincha, suv qavatisiz yoki vaqti-vaqti bilan suvga bostirilgan sholida ildiz tukchalari juda ko'p bo'ladi. Ildizlarning soni, ularning rivojlanganlik darajasi, tuproqqa chuqurga kirib borishi navga, tashqi muhitga, qo'llanilgan o'stirish texnologiyasiga bog'liq. Poyasi kovak poxolpoya, balandligi 80—120 sm, kuchli tuplanadi va ko'p hollarda shoxlanadi. O'rtacha bitta o'simlikda 3—5 mahsuldor poyalar hosil bo'ladi. Barglari — lineyli lensetsimon, qovurg'ali tomirlangan, atrofi arrasimon o'tkirlashgan, barglari uzunligi 35 sm gacha, eni 1,5—2 sm. Ba’zan suv ostida qolgan barg bo'g'inlaridan ildizlar hosil bo'ladi va qo'shimcha oziqlanishda ishtirok etishadi. To'pguli — ro'vak, 20—30 sm uzunlikda. Boshoqchalari bir gulli, bitta ro'vakda ularning soni 80—200 bo'ladi. Gulida 6 changchi va uzunchoq onalik tugunchasi bor. Sholi o'z-o'zidan changlanuvchi o'simlik. Doni po'stli, yanchish paytida boshoqchasi bilan, gul va boshoqcha qipiqlari bilan ajraladi, 1000 don vazni 27—38 g. Murtagi donning 2— 5 % ini tashkil qiladi, po'sti 17—22 %. Noqulay ob-havo sharoitida po'stliligi 35 % ga yetishi mumkin. Biologik xususiyatlari. Haroratga talabi. Sholi issiqsevar o'simlik. Urug'larining unib chiqishi uchun minimal harorat 10—14 °C. Hayotchan maysalar 14—15 °C da hosil bo'ladi. Tuplanish fazasida minimal harorat 15—18 °C, gullashda 18—20 °C, don pishishining boshlanishida 19—25 °C. O'simlikning o'sishi, rivojlanishi uchun optimal harorat 25— 30 °C, maksimal harorat 40 °C. Past harorat o'simlikning o'sishi va rivojlanishini kuchli tormozlaydi. Harorat 17—18 °C dan past bo'lsa, donlar pishmay qoladi. Harorat 0,5 °C dan sovuq bo'lsa, sholi uchun xavfli, 1 °C sovuq o'simlikni nobud qiladi. O'suv davrida samarali harorat turli navlar uchun turlicha - 2200° С (Santaxezskiy 52) dan (UzROS)-7-13 da 3200 0 С gacha. Juda ko'p navlarning vegetatsiya davri 90—140 kungacha. Toshkent viloyatida M.I. Uklonskiya tajribalarida sholi ro'vagining gullashi iyulda 3 kunda, avgustda 4 kunda, sentabrda 5—6 kunda, oktabrda 7 kunda o'tgan. Namlikka talabi. Sholi ekologik tabiatiga ko'ra gigrofit. Sholi o'simligi quruq (suxodolniy) sharoitda o'sadigan g'alladosh ekinlarga nisbatan to'qimalarida kam suv saqlaydi. Shuning uchun to'qimalari oz bo'lsada, suvsizlanishga bardosh bera olmaydi. Tuproq yuzasiga yaqin havo 186 www.ziyouz.com kutubxonasi qatlamida namlik yuqori. Bu hoi sholi transpiratsiyasini kamaytiradi. O'zbekiston sharoitida 1 g quruq'modda hosil qilish uchun 450—550 g suv sarflanadi. Boshqa g'alladosh ekinlarga nisbatan bu ko'rsatkich yuqori. Suv qatlami suvni tejab sarflash, shuningdek, sholipoyada muqobil issiqlik rej*imi uchun qulay sharoit yaratadi, sutkalik haroratning o'zgarishini kamaytiradi. Bu, ayniqsa, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati sharoitida katta ahamiyatga ega. Suv qatlami sholiriing o'sish davrida 300° С haroratni qo'shimcha olishga imkon beradi. Sholipoyada suv qatlami ildiz tizimining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, ma’danli oziqlantirishni yaxshilaydi, tuproq sho'rini yuvadi, begona o'tlarni yo'qotadi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, sholini bir maydonda iizoq vaqt, surunkasiga yetishtirish imkonini beradi. Suv qatlami sholi uchun muhim moddalar — ammiakli azot, harakatchan fosfor va kaliyning to'planishiga sharoit yaratadi. Sholini suvga bostirib o'stirish yuqori va barqaror hosil olishni ta’minlaydi va tarixan shakllangan. YorugTikka talabi. Sholi qisqa kun o'simiigi, ammo yorug'likni ko'p talab qiladi.


Download 412,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish