“Siyovushning olovda sinalishi” nomli miniatyura 15 asrda Samarqandda ishlangan. Kitobga ishlanganligi bois hajmi judayam mo‘jaz (7.5x14.6 sm). Hozirgi kunda bu miniatyura O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi.… Qovus podsho saroyida o‘g‘il dunyoga keladi. Chaqaloqqa Siyovaxsh (Siyovush) deb ism qo‘yishadi. Bir kuni saroyga Tahamtan (Rustam) kelib, podshodan o‘g‘lini ko‘rsatishni so‘raydi; Go‘dakni ber menga Shahriyor, Uni men tarbiya qilmog‘im darkor.Shox qo‘p o‘ylagach, bolani Rustamga topshiradi. Rustam chaqaloqni Zabulistonga o‘zi bilan birga olib ketadi. Siyovush zubulistonda ulg‘ayib, ko‘p hunar o‘rganadi va Rustamga tashakkur aytib, otasining oldiga qaytib keladi. Shoh o‘g‘lining aqli ko‘p, ruhi ham yuksalib, o‘zi bahodir, paahlavon bo‘lganini ko‘rib taajjublandi. Yillar, oylar, kunlar o‘tib, Siyovush sinovda o‘n yetti yil o‘tkazdi. Bir kuni kelib Siyovushning boshiga kulfat tushdi, u onasidan ayrildi. Siyovushning do‘stlari unga taskin berib, ko‘p aziyat chekmaslikka chaqirishdi. Shunday kunlardan birida shoh o‘g‘li bilan o‘tirganda Sudoba – Siyovushning o‘gay onasi kirib keladi va shaxzodaga nazari tushadi. Sudoba o‘gay o‘g‘ilni o‘z haramiga chaqiradi, ammo bu taklif rad etiladi. Shox unga haramga kirib singillaringni ko‘rib chiq deydi. Bundan keyin Sudoba shohga uni uylantirib, kelinni o‘z haramidan topib berish lozimligini aytadi va qizlarni saroyga to‘plab, Siyovushga ko‘rsatadi. Lekin qizlar shaxzodaga yoqmaydi. Paytdan foydalanib o‘gay ona unga o‘zini tortiq qiladi. Lekin bu taklif ham rad etiladi; “Bu ish bo‘lmaydi, Dindan qaytar bo‘lsang ko‘ngling to‘lmaydi. Nechuk o‘z otamga bo‘lay bevafo” degan javobni aytadi. Shunda Sardoba qilmishlari oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, bolani badnom qilish uchun xiyla yo‘liga o‘tadi. Siyovushni haromga chaqirib, ustidagi kuylaklarini yirtib, yuzini nimdalab, sochlarini yulib, dod voy sola boshlaydi va shohga Siyovushni qoralaydi, saroy ahli oldida uni sharmanda qilmoqchi bo‘ladi. Shoh haqiqatni ochib tashlash uchun o‘g‘lini antiqa sinovdan o‘tkazishga qaror qiladi. Shaxzodaga olov ustidan sakrashni buyuradi. O‘gay o‘g‘il sinovdan yaxshi o‘tadi, olovda yonmaydi. Podshoh farzandining aybi yo‘qligini bilgach, Sudobani hammaning ko‘z o‘ngida qatl etishlarini buyuradi. Ammo o‘g‘lining iltimosiga ko‘ra, qatl bekor qilinadi.
Kunlardan birida Afrosiyob katta qo‘shin bilan bostirib kelayotgani to‘g‘risida noxush xabar keladi. Shoh Qobus tezda qo‘shin to‘plab, jang maydoniga chiqmoqchi bo‘ladi., lekin shahzoda otasiga janga bir o‘zi bormoqchi ekanligini aytadi va askarlar bilan saroydan chiqadi. Bosqinchilarni tor-mor keltirib, ulkan g‘alabaga erishadi.
Miniatyuraning kompozitsion yechimiga keladigan bo‘lsak, asosiy qahramon-Siyovush poklik ramzi bo‘lgan oq kiyimda tasvirlangan. Bu uning beaybligiga ishora.
Asardagi ranglarni falsafiy ma’nosi judayam teran. Oq – poklik ramzi bo‘lsa, havorang – musaffolik, xotirjamlikni ifodalaydi. Siyovushning ustidagi kiyimlari oq rangda va ichki kiyimlari havorangda bo‘lishi qalb xotirjamligini anglatadi. Qahramonning uchqur oti tim qora rangda berilgan. Qora rang ayrim asarlarda yovuzlik maqsadida foydalanilgan bo‘lsa, mazkur miniatyurada g‘alaba, zafar qozonish kabi ma’nolarni aks ettirgan. Olovni tasvirlashda esa o‘sha davr qo‘lyozma manbalarni badiiy bezatishda keng qo‘llanilgan tillo suvidan foydalanilgan. Tasviriy san’at tamoyillaridan hisoblangan kontrast, issiq va sovuq ranglarning bir-biriga o‘zaro munosabati ham iniq o‘z o‘rnini topgan. Olov issiq va to‘q rangda bo‘lganligi sababli fon ya’ni tagzamin och va sovuq rang – havorangda berilgan. Kompozitsiyaning o‘ng tomonida Siyovushga hayrihoh bo‘lgan, uning uchun qayg‘urayotgan, hayron bo‘layotgan, voqeaga o‘z munosabatini bildirayotgan tomoshabinlar tasviri berilgan. Ularning kiyimlari ham sariq, havorang, qizil va jigarrangda chizilgan. Afrosiyob raqibining jasoratini ko‘rib, lol qoladi va ikki yurt Eron va Turon o‘rtasida bekorga qon to‘kilishini istamasdan, urushni to‘xtatishga qaror qiladi. Qobusshoh bundan norozi bo‘ladi. O‘zining ikkita – Bahrom va Zangoni askarlarini Siyovush oldiga yuborib, o‘g‘lini qaytarib olib kelishni buyuradi, lekin shaxzoda Bahromga jangchilarini topshirib, o‘zi Turon tomon yo‘l olishini aytadi. Afrosiyob uni Piron qizi Jarira va shox qizi Farangisga uylantiradi Siyovush Siyovushgird shahrini quradi, lekin u shaharda yashash nasib etmaydi. Afrosiyob tomonidan yuborilgan qotil uni o‘ldiradi. Xotini Farangisni Piron olib ketadi va u o‘g‘il tug‘adi. Ismini Kayxusrav qo‘yishadi. Shox Afrosiyob g‘azabidan qo‘rqib, go‘dakni cho‘ponlarga berib yuborishadi va ularga bolani yaxshilab qarab, ko‘z-quloq bo‘lib turishlarini tayinlaydi. Kayxusrav pahlavon yigit bo‘lib o‘sadi va bir kun kelib, uni Shox bobosi oldiga – Afrosiyob oldiga olib kelishadi. Shox nevarasini ko‘rib, unda Siyovushga o‘xshash jihatlari bo‘lmaganligini ko‘rib, onasi bilan birga Siyovushgird shahriga yuboradi. Kayxusrav o‘z otasi Siyovush uchun qasos oladi. Uning jangchilari orasida Otasining ustozi Rustam ham bor edi. Kayxusrav oltmish yil podshohlik qiladi. Uning vafotidan so‘ng taxtga Furud o‘tiradi. Furud Bejan bilan jang qilib, uni mag‘lub etadi. Shundan keyin Iskandar podshohligi boshlanadi. Uning vafotidan so‘ng taxtni Bahrom go‘r egallaydi.eng oxirida Xusrav Parvez podshohligi bilan doston poyoniga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |