Mavzu: shlakli pemza asosidagi to’ldiruvchilar



Download 114,09 Kb.
Sana16.04.2022
Hajmi114,09 Kb.
#557462
Bog'liq
MAVZU 1

MAVZU:SHLAKLI PEMZA ASOSIDAGI TO’LDIRUVCHILAR

Reja: 1.Shlakli pemza uchun texnik talablar 2.Shlakli pemza ishlab chiqarish texnologiyasi

SHlakli pemza – eng arzon sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchi hisoblanadi, tabiiyki, shlakli pemza bevosita metallurgiya sanoati rivojlangan xududlarda ishlab chiqariladi.

  • Shlakli pemza-asosan domna shlaklaridan olinadi, ko‘milgan shlaklar emas (bunday shlaklarni qayta eritish kerak bo‘ladi), balki bevosita domna pechlaridan chiqgan qizigan – suyuq xolatdagi shlak eritmasi qayta ishlanadi.

Shlak eritmasining (13000S haroratgacha) suv bilan bog‘lanishda qaynab, par hosil bo‘ladi. Par pufakchalari shlak eritmasidan erkin chiqa olmaydi, chunki eritmani sovitishda uning qovushqoqligi ortadi. Natijada u shishadi, ko‘pchiydi va yacheykali strukturaga ega bo‘lgan g‘ovaklashgan massaga aylanadi. Bu jarayonda asosiy e'tibor shlakning kimyoviy tarkibiga, shlak eritmasining qovushqoqligi, tashqi cho‘zilishini ifodalovchi singan gazlar miqdoriga beriladi.

Shlakli pemzani hovuzda olishning texnologik sxemasi:

Shlakli pemza shag‘alini ishlab chiqarish uskunasining sxemasi:


Shlak pemza chaqiq toshini sanoatda ishlab chiqarishning to‘rtta usuli mavjud:
  • Hovuzda olish usuli
  • Xandaq-sachratish usuli
  • Suv purkash usuli
  • Gidroekran usuli

Hovuzda olish usuli. Shlak eritmasi shlak uzatuvchi cho‘michda osti olovga bardoshli material bilan qoplangan vannadan iborat to‘nkaruvchi hovuzga ko‘pchitish uchun solinadi. Hovuz sig‘imi (16,5 m3) shlak uzatuvchi cho‘michdagi eritmani birdaniga qabul qilish imkonini beradi. Hovuzning ostidagi teshikdan suv beriladi va uning fontanli tomchilariga shlak eritmasi quyiladi. Shlak eritmasi ko‘pchiydi va qotadi, hovuz tagiga cho‘kib, bo‘laklar shaklida soviydi, shundan so‘ng bu massa maydalanadi va fraksiyalarga elanib ajratiladi

Xandaq-sachratish usuli.O‘ta sodda hisoblanadi. Shlak eritmasi xandaqqa tushishidan oldin olovga bardoshli qoplamali trubadan uzatilayotgan suv ta'siriga uchraydi, ko‘pchiydi va handaq tubiga yig‘iladi. Sovigan shlak ekskavatorda qayta ishlanib maydalashga uzatiladi va undan so‘ng elanib fraksiyalarga ajratiladi. Biroq bu usulda shlakli pemza ishlab chiqarish istiqbolli emas, chunki olingan mahsulotning sifati past va strukturasi bir jinsli bo‘lmaydi.

Suv-purkash usuli. Shlakli eritma massasini suv-havoli aralashmali tomchilarning kuchli ta'sirida alohida granulalarga ajratish, keyin esa hali suyuq granulalarni shiddatli ravishda suv-havoli aralashmada qayta ishlash va ko‘pchitishdan iborat. Shlak eritmasini g‘ovaklashtirish purkovchi qurilmada bajariladi. Aralashtirish kamerasida ko‘pchigan granulalar ekranga tashlanadi, u yerdan esa shlak qabul uskunasiga tushadi va bo‘laklarga ajratiladi. Olingan shlakli pemza birjinsli mayda g‘ovakli tarkibga ega bo‘lib, g‘ovaklari o‘lchami 1mm gacha tashkil etadi.

Gidroekran usuli . Shlak eritmasini ketma-ket ikkita suvli tarnovda qayta ishlashni o‘z ichiga oladi. Birinchi tarnovda ko‘pchuvchi shlak eritmasi suv tomchilari bilan birgalikda vertikal ekranga tashlanadi, u yerdan aks ettirilib ikkinchi tarnovga tushadi, u yerda ham suv tomchilari bilan qayta ishlanib, plastinkali uzatuvchi orqali sovitish va maydalash uchun jo‘natiladi. Bu usulda shlakli pemza chaqiq toshini ishlab chiqarish texnologik sxemasi keltirilgan

Gidroekran usulida shlakli pemza ishlab chiqarish uskunasining sxemasi:

Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zRST 30491-97 Organik mineral qorishmalar. 2.O‘z. RST 7473-94. Beton qorishmalari. 3.O‘zRST 8736-93. Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar. 4.O‘zRST 728-96. Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton. 5.O‘zRST 8267-93. Щeben i graviy iz plotnыx gornыx porod dlya stroitelnыx rabota.


Download 114,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish