Mavzu: Shikastlanganlarni birlamchi ko'rikdan o'tkazish qoidalari va tartibi. Tibbiy saralashning ahamiyati



Download 101,5 Kb.
Sana26.01.2020
Hajmi101,5 Kb.
#37528
Bog'liq
Tibbiy saralash

Toshkent davlat Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti



Mavzu: Shikastlanganlarni birlamchi ko'rikdan o'tkazish qoidalari va tartibi. Tibbiy saralashning ahamiyati.


Bajardi: Boshlang'ich ta'lim jismoniy

madaniyat 104-guruh talabasi

________________________

Tekshirdi:_____________________
Toshkent 2020

Shikastlanganlarni birlamchi ko'rikdan o'tkazish qoidalari va tartibi. Tibbiy saralashning ahamiyati.

Reja:

1. Jarоhatlangan shaхslarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning vоsitalari


2. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish turlari

3.Tibbiy saralash turlari

1. Jarоhatlangan shaхslarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishning vоsitalari


Shikastlangan fuqarolarga ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifasi tezkor choralar ko‘rish bilan ularning hayotini saqlab qolish, azob-uqubatlarning oldini olish yoki kasallikning kechishini yengillashtirishdan iboratdir.

Birinchi tibbiy yordam, shikastlanish hodisasi sodir bo‘lgan joyda shikastlanganlarning o‘z – o‘zlari va bir – birlariga o‘zaro yordamlari hamda sanitary drujinachilar tomonidan ko‘rsatilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam turkumiga quyidagi chora –tadbirlar kiradi: qon ketishini vaqtincha to‘xtatish; badanning jarohatlangan yoxud kuygan joyiga toza steril bog‘lam qo‘yish; sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish, uqalash; turli zahriqotillarga qarshi emdori, antidot (ziddizahar)lar yuborish, antibiotiklar berish, og‘riq qoldiradigan, tinchlantiradigan dorilar yuborish (ayniqsa, shok vaqtida); yonib turgan kiyimni o‘chirish, shikastlangan odamni transport vositasida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish uchun uning shikastlangan joyini qimirlamaydigan qilib bog‘lash (transport immobilizatsiyasi), odamni issiq va sovuq harorat ta’siridan asrash, uning muzlab qolgan badanini isitish; turli zaharlovchi moddalar bilan shikastlanganlarga gazniqob kiydirish, ularni xavfsiz joylarga olib chiqish, shuningdek, qisman sanitariya ishlovlarini zudlik bilan o‘tkazish va h.k.

Birinchi tibbiy yordamni mumkin qadar tez va qisqa fursatlarda ko‘rsatish kasallik va shikastlanishlarning keyinchalik qanday o‘tishi, oqibati nima bilan tugashi, ba’zan esa shikastlanganlarning hayotini asrab qolish uchun nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Ko‘p miqdorda qon ketayotgan, elektr tokidan shikastlangan, suvga cho‘kkan paytda yurak faoliyati to‘xtab, nafasi chiqmay qolgan va yana boshqa shunday og‘ir hollarda albatta, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi zarur. Basharti, ko‘plab odamlar bir yo‘la birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga muhtoj bo‘lishsa, bunday yordamning muddatlari hamda navbati belgilanadi.

Ayni paytda bir yo‘la har xil turdagi shikastlanishlarga duchor bo‘lgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ayrim usullar tartibini ham belgilab olish lozim. Bunda avvalo, shikastlangan odamning hayotini saqlab qolishga imkon beradigan eng zarur amallarga asosiy e’tibor beriladi. Chunonchi, son suyagi ochiq sinib, arteriyadan qon oqib turgan vaqtda birinchi navbatda hayot uchun xatarli bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish, keyin jarohatga toza, steril bog‘lam qo‘yish va shundan so‘ng oyoqni qimirlamaydigan qilib bog‘lash (immobilizatsiya qilish)ga kirishiladi. Singan suyakning o‘z joyidan siljimasligi uchun maxsus shina – taxtakach yoki o‘sha sharoitda ko‘zga tashlanib, qo‘lga ilingan yana boshqa barcha imkoniyatlar, tibbiy, hayotiy yordamchi vositalardan foydalanish lozim.

Birinchi tibbiy yordamning barcha usul-amallarini imkoni boricha nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tez bajarmoq zarur. Shoshma-shosharlik va qo‘pol xatti-harakatlar bilan amalga oshirilgan yordam, shikastlangan odamga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uning avholini og‘irlashtirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, bir necha kishi ko‘rsatadigan bo‘lsa, ular bu vazifani o‘zaro kelishib, hamjihatlik bilan amalga oshirgan ma’qul. Buning uchun biri rahbarlik mas’uliyatini zimmasiga olishi lozim.
2. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish turlari

Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning bir qancha turlari mavjud. Shulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.



Bosh va ko‘krak sohalariga bog‘lam qo‘yish. Boshning sochli qismi jarohatlanganida «chepes» deb ataladigan maxsus bog‘lam qo‘yiladi. Bunday bog‘lam ayollarning tunda boshlariga kiyib yotadigan yengil va issiq bosh kiyimi (peshnob) ko‘rinishida bo‘lgani uchun ham shunday ataladi. Buning uchun bintdan 1 m chamasi qirqib olinadi, o‘rtasi jarohat yuzasini yopib turgan steril salfetka usti, bosh qismiga qo‘yiladi, uning uchlari esa, quloq oldidan pastga tik tushirilib, tarang qilib tortib turiladi. Keyin boshdan ustma – ust, ketma – ket bint aylantiriladi. Har safar bintni tugiladigan joyidan orqaga qaytarib, qiyshiq holda dam ensa, dam peshona tomonlarga (10 martaga yaqin) yurgiziladi va nihoyat, boshning sochli qismi o‘rab chiqiladi. Shundan so‘ng bintni 2-3 marta aylantirib o‘rab bog‘lam mustahkamlanadi. Tugunning uchlari esa, engak tagidan kapalak nusxa qilib bog‘lanadi. Jarohat odamning bo‘yin, tomoq yoki ensa sohalarida bo‘lsa, butsimon (krestsimon) bog‘lam qo‘yiladi.

Burun, peshona va ensa sohalariga sopqonsimon bog‘lam qo‘yiladi. Bog‘lam tagidan jarohat yuzasiga steril salfetka yoki bint qo‘yiladi. Jarohatlangan, bir ko‘zni bog‘lash uchun ishni eng avvalo boshni gir aylantirib, ushlab turuvchi o‘rovdan boshlash lozim. Keyin bintni o‘ng quloq tagidan yurgizib, chap ko‘z tomon olib o‘tiladi. Bint o‘ramlarini navbati bilan bir ko‘z ustidan o‘tkazilsa, ikkinchi marta boshni gir aylantirib o‘raladi. Ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam chap va o‘ng ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lamlarning o‘zaro birlashuvi, qo‘shilib ketishi bilan amalga oshiriladi.

Ko‘krak sohasiga butsimon yoki spiral (aylanma) shaklidagi bog‘lamlar qo‘yiladi. Spiral bog‘lam qo‘yish uchun bintning uch tomonidan taxminan 1,5 m chamasi uzunlikda kesib olinib, sog‘lom kift, yelkaga solinadi va ko‘krak ustiga qiyshaytirib osib qo‘yiladi. Keyin bintni spiral (aylanma) holatida asta-sekin yurgizib, ko‘krak qafasi orqa tomonining pastidan yuqori tomon aylantirib o‘rab chiqiladi, bintning uchi mustahkamlanadi.



Qorin sohasi va qo‘lning turli qismlaridagi jarohatlarga bog‘lamlar qo‘yish. Qorin sohasi jarohatlari orasida qorin devorini teshib kirgan holatlar odamning hayoti uchun juda xavflidir. Bunday holatlarda qorin bo‘shlig‘idan ichki a’zolar, ichak-chavoqlar, qovuq, charvi tashqariga chiqib, katta miqdorda qon ketishi, jarohat yuzasi ichki va tashqi infeksiyalar, najis bilan ifloslanishi tibbiy, albatta. Shunday ekan, ochilib-sochilib, ifloslanib yotgan ichki a’zolar, ichakchovoqlarni yana qorin bo‘shlig‘iga qaytarib solish aslo yaramaydi! Tashqariga chiqib qolgan a’zolar atrofidagi jarohatni steril salfetka, bint bilan avaylab o‘rash, ustini berkitish, keyin esa, salfetka, doka, bint orasiga yumshoq paxta solib, ularni xalqa holida jarohat yuzasiga asta-sekin qo‘yib, bog‘lash zarur.

Oraliq va oyoq sohalariga bog‘lamlar qo‘yish. Oraliq sohasi shikastlanganida ko‘pgina kichik chanoq a’zolari, qon tomirlar va asab chigallari, shuningdek, jinsiy a’zolar ham zararlanadi.

Siydik-tanosil a’zolari shikastlanganida jarohatlarga siydik, to‘g‘ri ichak shikastlanganida esa najas tushib, infeksiya tarqaladi. Qattiq shikastlanish oqibatida chanoq suyaklari sinishi, og‘ir shok holati boshlanishi ham mumkin. Shunday ekan, yordam ko‘rsatishda eng avvalo jarohatni steril bog‘lamlar bilan bog‘lash, shoka qarshi chora-tadbirlar ko‘rmoqlik, odamni bir joydan ikkinchi joyga tashish paytida shikastlangan joyi qimirlamasligi uchun uni albatta, taxtakachlab (transport immobilizatsiyasi) qo‘yish zarur.


3.Tibbiy saralash turlari

Haloqat har turli salbiy omillar hamda ularga eng qisqa vaqt ichida ta`sir ko`rsata oladigan yashash imqoniyati yo`z beradigan mutanosibsizlik sifatida ta`riflanadi.

Bunday favqulodda vaziyat vaqtida xodimlar, asbob-uskunalar va transport vositalari etishmasligi turli darajalarda saralash zaruratini keltirib chiqarishi mumkin. Saralash yo`zasidan qarorga kelishda bu jihatlar hisobga olinishi kerak. Urushda askarni safga qaytarishi afzal ko`riladi; yadroviy avariya yoki kimyoviy modda ko`p miqdorda chiqib ketishi singari fuqaroviy haloqatlardan keyin esa omon qolish imqoniyati ko`p bo`lganlarga tibbiy yordam berish cheklangan resurslaridan bemalol foydalanilsa bo`ladi. Favqulodda vaziyatda beboshliq`ilar, tartibsizliklar boshlanib ketishi mumkin, shuning uchun yaxshi natijaga erishish uchun saralash tizimi soda va aniq bolishi kerak. Saralash boshqarib va uddalab bo`lmaydigandek ko`ringan vaziyatni o`ziga yarasha nazorat qila oladigan vosita bo`lib qolishi kerak. U tibbiy yordam ko`rsatishning butun tizimi bo`ylab bir qancha darajalarda bajariladigan dinamik jarayon bo`lishi kerak.

Saralash umumiy tashkil yondashishning bir qismigina bo`lib, oldindan rejalashtirishni talab qiladi. Odatda shikastlanganlar kimga oldin tibbiy yordam berilishi va kimni oldin davolash muassasalariga evakuasiya qilinishi kerakligicha qarab 3-5 toifaga bo`linadi. Toifalar bundan ko`p bo`lsa, ehtimolki kimga tez yordam berilishi kerakligidagi aniqlik ortishi mumkindir, lekin bunda butun tizim murakkablashib ketadi.

Shikastlanganlarning saralash natijasida aniqlangan turli toifalari raqam, rang va belgilar vositasida ko`rsatiladi. Pasuentlar quyidagi uch guruhga bo`linishi hammaga ma`lum: darhol yordam berish talab qilinadigan-“ kechiktirib bo`lmaydigan yordam”; odam o`limi ga olib kelmay, ma`lum vaqtga kechiktirsa bo`ladigan “tez yordam”; boshqa toifa shikastlanganlarga yordam berilguncha kechiktirsa bo`ladigan-“shoshilinchmas yordam”. Ayrim mutaxasisslar “kutuvchilar” deb belgilashni taklif qilgan jabrlanganlar jon berayotgan yoki o`lganlar toifasini tashkil etadi. Tibbiy xodimlar “ kutuvchilar” guruhidagi shikastlanganlarni toifalashda juda qiynalishadi. Chunki shikastlanganlar hayotini saqlab qolish uchun normal sharoitda qo`ldan keladigan hamma tibbiy usullar va kerakli choralar jalb qilingan bo`lar edi.

Resurslar cheklangan vaqtlardagi haiokatlarda dori-darmonlarning ko`proq miqdori shikastlanganlarning cheklangan qontingentigagina berilib, ba`zi shikastlanganlarga palliative yordam ko`rsatish ko`zda tutilgan qarorga kelinishi mumkin. Biroq haloqat ro`y berganda saralash tajribasi kamdan-kam kishilarda bo`lib, shikastlanganlarga faqat palliative yordam berish bilan cheklanish odamgarchilikdan bo`lmagani uchun, quyidagi alternative taklif etilgan “СТАРТ” tizimi, yoki oddiy saralash va tez o`tkaziladigan evakuasiya tizimi shikastlanganlarni besh toifaga bo`lishni taklif etadi. Unda kodlashning rangli tizimidan foydalaniladi. Bunga tirik qolishidan umid kam bo`lgan yoki tirik qolishi qisqa vaqt ichida tezlik bilan ko`p yoki murakkab yordam berilishiga bog`liq bo`lgan shikastlanganlar toifasi belgilanadigan ko`k rang kiritilgan. Bu toifadagi shikastlanganlar “kechiktirib bo`lmaydigan yordam” toifasidagilardan keyin, lekin “tez yordam” toifasidagilardan oldin yordam olgan bo`lardilar. Saralash o`tkaziladigan kishilar bu usulni ma`qulroq ko`rishlari mumkin, lekin yana bir toifa qo`shilishi tizimning murakkablashib ketishiga olib kelishi ham mumkin. Dala sharoitida bu usullardan qaybiri ishlatilsa ham, u shikastlangan shaxs yotqiziladigan kasalxona xodimlariga tanish bo`lishi, saralash prinsiplariga aniq rioya qilinishi kerak, chunki shikastlanganlar muayyan tizimga muvofiq tibbiy yordamolishlari kerak.


Shikastlanganlarni tasniflash. Shikastlanganlarning ko`pchilik qismiga eng qisqa vaqt ichida kerakli yordam berish uchun, ularni olgan shikastlarining qanchalik og`irligiga muvofiq tasniflash kerak. Saralash ham deb yuritiladigan bunday tasniflash shikastlangan kishiga kor qilishi va yordam tashkil etish tizimi bilan birga olib borishi kerak. Saralashning turli usullari ishlab chiqilgan bo`lib ulardan har xil tashkilotlar bir necha o`n yillar davomida foydalanib kelgan. Ularning hammasi avvalo odam organlarining va tizimning shikastlanishini hisobga oladigan tasniflashga asoslangan bo`ladi. Saralashning har qanday turiga shikastlanganlar uch yoki to`rt guruhga bo`linadi. I guruhga odatda eng og`ir shikastlanganlar, III guruhga esa yengil shikastlanganlar kiritiladi.
Saralash

I guruh. Nafas yo`llari shikastlanishi (A) yoki nafas olish bo`zilishi(B), yoki qon aylanishi bo`zilishi(C) oqibatida ahvoli barqaror bo`lmagan shikastlanganlar. Kechiktirib bo`lmaydigan ko`rsatkichlarga muvofiq darhol chora ko`rish. Tezda kasalxonaga yotqizish.

II guruh. A,B,C ahvoli barqaror bo`lib, 4-6 soat ichida yordam berishi kerak bo`lgan shikastlanganlar; aks holda ahvoli bebarqaror bo`lib qoladi. Birinchi yordam tadbirlari. Kasalxonaga yotqizish

III guruh. A,B,C ahvoli barqaror, ozroq shikastlangan, ahvoli yomonlashishi xavfli bo`lmagan shikastlanganlar. Umuman davolovchi vrach yordami.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. A. Qudratov, T.G’aniev, O’. Yuldashev, G’.Yo. Yormatov, N. Xabibullaev, F.D Xudoev. «Hayot faoliyati xavfsizligi» maruzalar kursi.

Toshkent 2005 y

6.Yuldashev O.R., Sapaev Sh.M., va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan amaly mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma. Toshkent 2010 y

  1. Т.В. Гитун, А.Г Елисеев и др. «Экстремальная медицина» Полный справочник. Москва 2006 г.

  2. О.Р Юлдашев, О.Т Хасанова и др. «Аварийно-спасательные раьоты» Учебное пособие. Ташкент 2008 г.

  3. О.Р Юлдашев, О.К Абдурахманов и др. «Безопасность жизнедеятельности» Учебное пособие. Ташкент 2009 г.

Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish