Bechora kasal ahvolini bir tasavvur qiling-a, qancha-qancha umid bilan necha kunlab kutilgan «ko'rik»ning natijasi... Bunday haqiqat metastazdan ham dahshatliroq emasmi? Axir bemorning sanoqli kunlari qora tunga aylanmaydimi? Shuni ham aytish kerakki, agar bemor operatsiyadan bosh tortsa, unga kasalining jiddiyligini yengil shaklda bildirish joizdir. Ayniqsa, bemor qohiga rak tashxisini ko'rsatuvchi rentgen qog'ozlarini bermaslik, hujjatlarda «oshqozon organik o'zgarishi» yoki «oshqozon yarasi» deb ko'rsatishi maqsadga muvofiqdir. Xulosa sifatida aytish mumkinki, bemor atrofidagi tibbiyot xodimlari o'z kasblariga nisbatan jiddiy bo'lib, fahm-farosat bilan munosabatda bo'lsalargina o'z vijdonlariga xilof ish tutmagan bo'ladilar. - Bechora kasal ahvolini bir tasavvur qiling-a, qancha-qancha umid bilan necha kunlab kutilgan «ko'rik»ning natijasi... Bunday haqiqat metastazdan ham dahshatliroq emasmi? Axir bemorning sanoqli kunlari qora tunga aylanmaydimi? Shuni ham aytish kerakki, agar bemor operatsiyadan bosh tortsa, unga kasalining jiddiyligini yengil shaklda bildirish joizdir. Ayniqsa, bemor qohiga rak tashxisini ko'rsatuvchi rentgen qog'ozlarini bermaslik, hujjatlarda «oshqozon organik o'zgarishi» yoki «oshqozon yarasi» deb ko'rsatishi maqsadga muvofiqdir. Xulosa sifatida aytish mumkinki, bemor atrofidagi tibbiyot xodimlari o'z kasblariga nisbatan jiddiy bo'lib, fahm-farosat bilan munosabatda bo'lsalargina o'z vijdonlariga xilof ish tutmagan bo'ladilar.
Yuqumli kasalliklar bilan og 'rigan bemor bilan muloqot. Bemor o'zining yuqumli kasal bilan og'riganidan xabar topgan zahoti ruhan tushkunlikka uchraydi. Chunki bulardan ba'zilari uzoq muddat davolanadi (masalan, sil, zahm kabilar). Boz ustiga ba'zan qat'iy, davomli parhezning talab etilishi bemorni tushkunlikka tushirib qo'yadi (jumladan, virusli gepatit kabilar). Sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar ruhiyati intoksikalsiya va uzoq davomli tuberkulostatik dorilarni ichishi ta'sirida o'zgarib boradi. Ular o'ta asabiy, xudbin (egotsentrik) bo'lib qoladilar. Atrofdagilarning bunday kasallardan «qochish»lari ularni ruhiy tushkunlikka solib qo'yadi. Sil bilan og'rigan bemorlar oylab statsionarda, yaqinlaridan uzoqda yashaydilar. Shuning uchun tibbiyot xodimlari e'tibor bilan doimiy psixoterapevtik muolajalarni o'tkazib turishlari, ulardan oshkora qochmasliklari kerak. - Yuqumli kasalliklar bilan og 'rigan bemor bilan muloqot. Bemor o'zining yuqumli kasal bilan og'riganidan xabar topgan zahoti ruhan tushkunlikka uchraydi. Chunki bulardan ba'zilari uzoq muddat davolanadi (masalan, sil, zahm kabilar). Boz ustiga ba'zan qat'iy, davomli parhezning talab etilishi bemorni tushkunlikka tushirib qo'yadi (jumladan, virusli gepatit kabilar). Sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar ruhiyati intoksikalsiya va uzoq davomli tuberkulostatik dorilarni ichishi ta'sirida o'zgarib boradi. Ular o'ta asabiy, xudbin (egotsentrik) bo'lib qoladilar. Atrofdagilarning bunday kasallardan «qochish»lari ularni ruhiy tushkunlikka solib qo'yadi. Sil bilan og'rigan bemorlar oylab statsionarda, yaqinlaridan uzoqda yashaydilar. Shuning uchun tibbiyot xodimlari e'tibor bilan doimiy psixoterapevtik muolajalarni o'tkazib turishlari, ulardan oshkora qochmasliklari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |