She'r ul tiyg'i dudamdurkim, jahonni fath etar Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoh. - She'r ul tiyg'i dudamdurkim, jahonni fath etar Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoh.
- Ya'ni she'r tig'i. dudam — qo'sh tig'li qilichdirki, har qanday podsho uni qo'liga olsa, lashkar tortmay jahonni zabt etishi mumkin. Shoir insonlar o'rtasidagi haqiqiy do'stlikni ulug'laydi, sadoqatdan saboq berganday bo'ladi. Chin do'st bir dam bo'lsin do'stini unutmaydi, do'stsiz "ohangi ishrat" — xursandchilik qilmaydi. Do'sti unutgan kishi o'zini yolg'iz sezadi, hasratdan may o'rniga go'yo qon ichadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |