"Base g'am boridin" g'azali tahlili - Mazkur g'azal Munisning hasbi holi — qismati, ahvolining ifodasi deb atash mumkin. Shoirning umr bayonida aytilganidek, bir yilda otasi, onasi va inisidan ayrilgan shoir ma'lum vaqt o'tgach, hayotdagi suyanchiqlari bo'lmish umr yo'ldoshi hamda o'g'lini ham tuproqqa topshiradi. Adoqsiz musibatlar girdobida, og'ir g'am yuki ostida qolgan Munis ko'nglidagi dardlarini g'azal shaklida qog'ozga to'kadi:
- Base, g'am boridin chekmish og'irni, Yog'ir bo'lmish hazin ko'nglim yog'irni.
Do'stlaringiz bilan baham: |