Mavzu: She`r tuzilishi. Ma’ruza mashgulоtining ta`lim tехnоlоgiyasining mоdеli



Download 105 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2022
Hajmi105 Kb.
#681756
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-12-mavzu

Qofiya – arabcha (ﻘﺎﻔﯾﻪ) so‘z bo‘lib, “ergashuvchi, izidan boruvchi” degan ma’nolarni anglatib, o‘zaro ohangdosh so‘zlarning she’r misralarida tizimli bo‘lib kelishidir1.
O‘zbek adabiyotshunosligida qofiya bo‘yicha bir qator ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilgan2. Bu ishlar ichida eng ahamiyatlisi filologiya fanlari doktori To‘xta Boboyevning “She’r ilmi ta’limi” risolasidir. Unda she’r ilmi asoslari, xususan, qofiya mukammal tarzda tasniflab, misollar yordamida ilmiy asoslab berilgan.
Qofiya tarkibida o‘zak va qo‘shimchalarning ishtirokiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1) Muqayyad qofiya (o‘zak qofiya) – bunda qofiya so‘z faqat o‘zakdan iborat bo‘ladi, ya’ni raviydan so‘ng qo‘shimcha kelmaydi.
2) Mutlaq qofiya – bunda qofiya so‘z o‘zak (negiz) va qo‘shimchalardan tashkil topadi.
Bundan tashqari har bir qofiya tipi tarkibidagi tovushlar (ta’sis, ridf, qayd, daxil; vasl, xuruj, mazid, noyira) taqozosiga ko‘ra ham bir necha turga bo‘linadi. Bunday hodisa qofiya ilmida qofiya turlari deyiladi3.
Muqayyad va mutlaq qofiya tiplarining har biri tarkibida bir qancha qofiya turlari mavjud bo‘lib, ularning adadini aniq belgilab berish mushkul masala. Biz bu borada T.Boboyev va A.Hojiahmedovlarning ilmiy yondashuvlariga tayanamiz.
Mumtoz qofiya tarkibini 9 ta tovush tashkil qilib, 4 tasi (ta’sis, ridf, daxil, qayd) raviydan oldin (o‘zak qofiya unsurlari), 4 tasi (vasl, xuruj, mazid, noyira) raviydan so‘ng (qo‘shimchali qofiya unsurlari) keladi. Raviyning o‘zi esa qofiyaning o‘q tomiri hisoblanadi. Qofiya turlari esa ana shu elementlarning o‘zaro ma’lum tartibda mujassamidan yuzaga keladi.
Muqayyad qofiya va uning turlari
1. Muqayyadi mujarrad qofiya – bunday qofiya turi bir o‘zakdan iborat bo‘lib, qisqa unli tovushga tayanadigan yopiq hijodan tashkil topadi. Bunda, ko‘pincha, raviy harakatsiz undosh tovush bilan ifodalanadi. (safar – zar qofiyasida “r” tovushi raviy – harakatsiz undosh). Shunday qofiyalar “mujarrad”, ya’ni “yalang‘och qofiya” deb yuritiladi.
Tuzgali lashkarga yarog‘i safar,
Panjai ehsoni bila to‘kti zar [4; 197-b].
Quyosh tobidin raf’ bo‘ldi asar,
Tog‘ ajzosida mahv bo‘ldi sharar [4; 227-b].
Agar borining vasfin etsam raqam,
Tamom o‘lmag‘ay hashrg‘a tеgru ham [4; 284-b].

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish