Кasb motivlarini quyidagilarga ajratadi: 1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi). 2) Vaziyat bilan bog‘liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni ro‘yobga chiqarish). 3) Komformist. 4) Kasbiy motivatsiyalar (o‘ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do‘st va tanishlarining maslahatlari bilan). Motiv tasnifi. Jahon psixologiya fanning nazariy mushohadalariga va o‘zimizning shaxsiy ma’lumotlarimizga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratishni lozim topdik. I. Shaxsning ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg‘unlashgan, ularning mohiyati mezoni orqali o‘lchanuvchi motivlar: 1) dunyoqarashga taalluqli, aloqador bo‘lgan g‘oyaviy motivlar; 2) ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar; 3) jamiyatning ahloqiy me’yorlari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi ahloqiy motivlar; 4) borliq go‘zalligiga nisbatan ehtiyojlarda in’ikos etuvchi nafosat (estetik) motivlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |