Hislarni kechirish shakllari. Hissiyot kechinmalari turli holatlarda turlicha tezlik bilan paydo bo‘ladi. Ba’zan hissiyot to‘satdan, darhol paydo bo‘ladi. Hissiyotning qo‘zg‘alish xususiyatlari paydo bo‘lish yo‘lini kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Atrof-muhitning holati shu paytdagi ehtiyojlarning kuchi shu xislat tuzilishiga sabab bo‘lgan hodisalarning Shaxs iy va ijtimoiy ahamiyatini anglashi, odamning dunyoqarashi, bu xislat qanday vaziyatda paydo bo‘lishi va o‘tmishi hamda Shaxs ning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Hislarning ayni vaqtda naqadar tez kuchli va barqaror bo‘lishiga ko‘ra his-tuyg‘ularning quyidagi turlari farqlanadi: hissiy ton, emotsiyalar, affekt, stress, kayfiyat va boshqalar.
Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. YOqimli suhbatdosh, kulgili voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, xushchaqchaq sayohat, og‘ir ish kabilar. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch-quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Ba’zi hollarda emotsiyalar o‘zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan tavsiflanadi. Bunday hissiy holat astenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuchsizlik, zaiflik ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni xayolga cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi. Shu sababdan favqulodda Shaxs dagi befoyda emotsional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi, andisha esa qo‘rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli.
Kayfiyat tushunchasiga psixologik manbalarda turli nuqtayi nazardan yondashilgan taqdirda ham mazmunan ular bir xillikni anglatadi.
Affekt tushunchasiga berilgan ta’riflarga asosiy e’tiborni qaratadigan bo‘lsak, bu ham Shaxs ning kuchli emotsional holatlari bilan bog‘liqdir. Affekt lotincha so‘z bo‘lib, ruhiy hayajon, ehtiros degan ma’noni anglatadi. Affektlar ko‘pincha to‘satdan paydo bo‘ladi va ba’zan bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishi ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Stress tushunchasining mazmun-mohiyati borasida qator ta’riflar uchraydi. Stress inson organizmining haddan tashqari zo‘riqishi natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |