Irsiyat
tarbiya
muhit
Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xusu-siyat va o'xshashliklarning nasl (bola)ga o'tish jarayoni. Nasldan naslga o'tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amailar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari ham nasldan naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan ernas. Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettirdi, xolos. Layoqat go'yo «mudroq» holatda bo'lib, uning «uyg'onishi» — rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi. Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Bu jamiyatning ma'naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog'liq
Muhit - bu shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar majmuyi. «Muhit» tushunchasi o'ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog'da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o'z ichiga oladi
Oila muhiti - mikromuhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu bois mustaqillikka erishilgandan so'ng, o'tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda. Mavjud ijtimoiy muhit insonning o'sib borayotgan ongiga ta'sir etadi. Ijtimoiy tuzim darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta'siri ham shunchalik yuqori bo’ladi
Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o'zaro bog'liqligi
Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.
Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyanyosh davrining guruhlanishi bolaning rivojlanish xususiyatlardagi o'zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga qisqacha to'xtalamiz.
Go'daklik davri. Yangi tug'ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo'ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo'lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo'lib, bu faollik, avvalo, qo'l va oyoqlarning refleks yoii bilan harakatlanib turishida ko'rinadi. Xuddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo'ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol namoyon boia boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa, tinchlanadi.
Maktabgacha tarbiya davri.
Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko'rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o'yin o'ziga xos o'rin tutadi, o'yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo'ladi. Bolani o'yinning mazmunidan ko'ra o'ynalayotgan buyumlar (o'yinchoq va qo'g'irchoqlar) hamda o'zining harakatlari ko'proq zavqlantiradi
Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to'lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki «yetuklik yoshi» sifatida e'tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko'ra maktabga, ta'lim olish-ga toia tayyor bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6-7 yoshdan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. Shu davr-ga qadar bola hayotida muhim o'rin tutgan o'yin faoliyati o'z o'rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o'qish faoliyatiga bo'shatib beradi. Yosh bola uchun bunday «mas'uliyatli mehnat»ga o'tish qiyin kechsada, u asta-sekin bunday sharoitga ko'nika boradi.
O'smirlik davri. Kichik maktab yoshidan o'tgach, o'smirlik davri boshlanadi. Bunda bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri boshlanib, bu «o'tish davri» deb ataladi. O'tish davri bolalikdan balog'at davriga o'tishni ifodalaydi. O'smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik vapsixologik xususiyatida ro'y berayotgan kuchli o'zgarishlar bilan bog'liq. O'smirlik yoshidajismoniyjihatdan sekin o'sish davri tugaydi. Jis-moniy o'sish tezlashadi. O’zining har narsaga jahli chiqishi, qo'pollik holatlari tez-tez yuz beradi. O’smirlarning bu xususiyati ko'proq bahs-munozara jarayonida ko'zga tashlanadi. Garchi, o’z fikri asosli bo'lmasada, uni ma'qullashga urinadi.
- 13-14 yoshlarda o’smirlarda burch hissi, mas'uliyat tuyg’usi o’sadi, birmuncha vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Bu davrda o'smirda maqsadga intilish, o'zi uchun ideal tanlash boshlanadi. O’smirlarda axloqiy e'tiqod shakllanib, o’ziga xos qarashlar tarkib topa boradi.
- Demak, o’smir bilan munosabatda sabr-toqat, vazminlik zarur. Unga mustaqillik berish, buyruq emas, aksincha, maslahat berish bu yoshdagi o’quvchilarni to'g'ri tarbiyalashning garovidir.
O’spirinlik davri. O’spirinlik davri jismoniy o’sishning tinch davri sanaladi. Shu boisdan, o’smirlardan farqli ravishda o’spirinlar faoliyatida romantik his-tuyg’ulardan ko'ra ko'proq realizm muhim o’rin tutadi. O’spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo'l, oyoq, ko'krak qafasi, yelka) bir-biriga muvofiqsizligi o’spirinlik davriga kelib, asta-sekin yo'qola boradi, ularning qomatlari shakllanadi. Ularning o'quvchilar o'z-o'zini boshqarish organ-lari, jamoatchilik tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yoiida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. O'spirin yigit-qizlarda bir-birlariga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi, ikki jins orasidagi do'stlik-o'rtoqlik tuyg'ularini shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Ba'zi o'spirinlarning do'stligi zamirida haqiqiy sevgi-muhabbat qaror topadi. Shu sababli, ularda oila va nikoh masalalariga nisbatan jiddiy munosabatni tarkib top-tirish, voyaga yetmaganlarning nikohga kirishlari, shuningdek, ular o'rtasidagi jinsiy yaqinlikning oldini olish maqsadida, ular orasida oila va nikohning ma'naviy asoslari borasidagi targ'ib ishini kuchaytirish, bu borada o'ta ehtiyotkorona yondashuvni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Aslida bola tarbiyasi ona qornidaligi paytidayoq boshlanmog'i lozim. Shu sababli ham jismonan baquvvat, ma'nan yetuk insonlar doimo ulug'lanib kelingan va hattoki, jismonan baquvvat insonlarga polvon hamda jismonan, ma'naviy yetuk insonlarga pahlavon deb nom berilgan. Insonni ezgulik sari yetaklash haqidagi ta'limotlar muqaddas kitoblarimiz (Qur'oni Karim, Hadisi sharif, Avesto va shu kabilar)da doimo ulug'lanib kelingan.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |