Himoya paypoqlari ham rezina qo’shilgan matodan tayyorlanadi, asosi qalin rezinadan iborat. Ular oddiy oyoq kiyim ustidan kiyiladi va oyoqqa maxsus tasma hamda turumchalar yordamida mahkamlanadi. Belga taqiladigan kamarga esa tasmalar yordamida birlashtiriladi. Himoya paypoqlari quyidagi o’lchovlarda ishlab chiqiladi: 40-poyabzal uchun birinchi bo’y, 41-42 poyabzal uchun - ikkinchi bo’y, 43- va undan katta poyabealga uchinchi bo’y to’g’ri keladi. Himoya qo’lkoplari ikki xilda tayyorlangan bo’lib, qishda kiyish uchun ikki panjali va yozda besh panjali bo’ladi. Qishki qo’lqoplar ichiga issiq saqlashi uchun astar kiygiziladi va tugma qadaladi.
Himoyalovchi to’plamdan foydalanish. Himoya to’plami uni qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab yoping’ich sifatida, plashch sifatida va kombinezon sifatida bo’ladi. Himoya vositalari «safar» holatida yig’ilgan bo’lib, ashyolar solinadigan xaltada yoki maxsus g’ilofga solingan holda tasmalar yordamida orqaga tashlab olib yuriladi. Himoya plashchini yoping’ich sifatida xavfli bildiruvchi signal «Kimiyoviy trevoga» bo’yicha yoki ovoz orqali buyruk «Gazlar, plashlar» deb berilganda va dushman tarafidan to’satdan zaharlovchi moddalar, bakterial vositalar ko’llanilganda mustaqil ravishda kiyiladi. Buning uchun ko’z yumiladi, nafas olish to’xtatiladi, bosh kiyimi olinib protivogaz tezlik bilap kiyiladi va chuqur nafas chiqariladi, ko’zlar ochiladi, nafas olish tiklanadi. Plashch yopingich sifatida yopiladi, qalpoqcha shlem-niqob ustiga tortiladi va plashning etaklari tortilib kishining gavdasini yopishga harakat qilinadi. Zaharlangan joylardan piyoda, ochiq. mashinalarda hamda radioaktiv moddalar tushgan va bakterial vositalar qo’llanilgan joylardan o’tish zarur bo’lib qolsa, himoya to’plami yengida kiyiladi, plashch sifatida oldindan zaharlanmagan joylarda kiyiladi. Plashchdan tashqari, himoya paypog’i va himoya qo’lqop ham kiyiladi. Buning uchun «Plashchlar yengiga, paypoqlar, qo’lqoplar kiyilsin», «gazlar» degan buyruq beriladi. Bunda himoya paypoqlari poyabzal ustidan qiyilib, uzun tasmalari kamarga bog’lanadi, qolgan turumchalarga mahkam qilib himoya paypoq tasmalari tortib o’tkaziladi.
Gazniqobi «jangovar» holatga keltiriladi, qo’lqoplar kiyiladi va formali kiyim-kechaklar ustidan plashch yengiga kiyilib undagi turumchalarga plashchning ikkinchi tarafi o’tkaziladi va kapyushon boshga kiyiladi.
Kuchli zararlangan joylarda jangovar harakatlar olib borilayotgan vaqtda yoki shu joylardan piyoda o’tish kerak bo’lganda zaharlovchi moddalar, bakterial vositalardan zararlangan o’simliklar ko’p joylarda, qalin qorli joylardan hamda zararlangan joylarda qutqaruv ishlarini o’tkazish zarur bo’lganda himoya to’plami kombinezon sifatida zararlanmagan joylarda kiyiladi.
«Himoyalonchi kostyum kiyilsin», «gazlar» degan buyruq berilganda qurol va gazniqoblar olinib yerga qo’yiladi. Plashch g’ilofdan olinadi, himoya paypoqlari poyabzal ustidan kiyiladi va tasmalari bog’lanadi, plashch yengiga kiyiladi (a); ikkita belband oyoqlar orasidan o’tkazilib plashchning pastki qismiga o’rnatilgan halqalardan o’tkaziladi va tortib bog’lanadi (b); plashchdagi markaziy teshik markaziy turumchaga o’tkaziladi (v); plashch etagida joylashgan turumchalarga plashchdagi teshiklar o’tkaziladi, oldin chap oyoq tarafidagilar keyin o’ng oyoq tarafidagilar o’tkaziladi va markaziy turumchadan pastda joylashgan birinchi turumchaga o’ng va chapdagisiga hamda markaziy turumchaga qistirgich o’tkaziladi.
Plashchning yuqori qismida joylashgan turumchalar o’tkaziladi, yuqorida joylashgan ikkitasi o’tkazilmasligi kerak (g). Plashch ustidan dala aslaxa-anjomlari va gazniqoblar sumkasi kiyiladi, gazniqob «jangovor» holatga keltiriladi (d); bosh kiyim kiyiladi, uning ustiga kapyushon tortib kiyiladi (e); yuqorida o’tkazilmasdan qolgan ikkita turumcha o’tkaziladi; qalqoplar kiyiladi, qalqopning ortiqcha qismi plashch yengi ichiga kirgiziladi va yengagi ilgak bilan katta barmoqqa ilinadi, qo’lga qurol olinadi (j). Zararlangan joylarda ish bajarib bo’lingandan keyin ternii himoya qiluvchi vositalarni shunday yechish kerakki, himoya vositasidan kishi tanasining hech bir qismi zaxarlanmasin.
Shu maqsadda himoya vositalarida mavjud bo’lgan barcha tasmalar, turumchalar, bog’ichlar, qo’lqoplar echiladi. Agar himoya vositalarini ochiq qo’l bilan (qo’lqoplar bilan himoya qilinmay qolgan holda) echishga to’g’ri kelib qolsa, u holda bu ishni himoya vositalarining ichki tomonidan amalga oshirish kerak.
Himoya paypog’i oyoqdan yechib olingandan keyin toza joyga o’tish kerak. Nafas a’zolarini himoya qiluvchi gazniqoblar ternii himoya qilish vositasi yechib tashlangandan so’ng, eng oxirida yechiladi. Ternii himoya qilish vositalari yechilgandan keyin ular zararsizlantiriladi. L-1 yengil himoya kostyumi teri qavatlarini va formali kiyimlarni zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar hamda bakterial vositalardan zararlanishdan himoya qilishga mo’ljallangan. U rezina matodan tayyorlangan bo’lib, kapyushonli ko’ylak, paypoqli shim, podshlemnik va ikki barmoqli himoya qo’lqoplaridan iborat. L-1 yengil himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo’llaniladigan himoya vositasi bo’lib hisoblanadi. Paypoqli shimning yuqori qismiga ikkita yelka tasmasi va paypoqni oyoqqa zich qilib boglash uchun bog’ichlar tikilgan. Kapyushonli ko’ylakning orqa qismiga chot orasidan o’tadigan belband tikilgan bo’lib, ko’ylakning oldi tarafidagi tugmaga o’tkaziladi. L-1 yengil himoya kostyumi 3-o’lchovda, bo’yi 165 sm gacha bo’lganlarga - birinchi, 165 sm dan 172 sm gacha bo’lganlarga - ikkinchi, 172 sm dan yukori bo’lganlarga uchinchi o’lchovda tayyorlangan bo’ladi.
L-1 yengil himoya kostyumi zararlangan joylarda ishlash uchun, zararlanmagan joyda esa formali kiyim-kechaklar ustidan kiyiladi. Ish qobiliyatini yaxshiroq saqlash uchun 10°C dan yuqori haroratda himoya kiyimi ichki kiyim ustidan, 0°C dan + 10°C gacha haroratda yozgi kiyim ustida 4°C dan past haroratda esa qishki kiyim ustidan kiyiladi.
Plyonkali himoya kostyumi (KEP) -teri qavatlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar, bakterial vositalardan himoyalash va kiyim - kechaklar, zararlanishini kamaytirish uchun mo’ljallangan. Plenkali himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo’llaniladigan vosita bo’lib hisoblanadi. Zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan zararlanganda maxsus sanitariya ishlovi o’tkazmasdan yo’qotiladi, radioaktiv moddalardan zararlanganda dezaktivasiya o’tkaziladi va qayta ishlatiladi. Plenkali himoya kostyumi himoya plashi va himoya paypog’idan iborat bo’lib, polimer shaffor plenkali materialdan tayyorlangan.
Himoya kombinezoni rezina qo’shilgan materialdan tayyorlangan bo’ladi. Kombinezon yaxlit qilib tikilgan kurtka, shim va kapyushondan iborat. Kombinezon rezina etik, himoya qo’lqopi bilan birga komplekt holida qo’llaniladi. Himoya fartugi rezina qo’shilgan materialdan tayyorlanadi, undan himoyalovchi paypoq, himoya qo’lqopi bilan birgalikda foydalaniladi. Avtotransport, qurol-yaroqlarni dezaktivasiya, degazasiya va dezinfeksiya qilishda undan foydalaniladi. Fartukning ogirligi 400 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |