Mavzu: Shaxs va uning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar
Reja:
Kirish Asosiy qism 1. Ijtimoiy reprezentasiya 2. Reaktik qarshilik yoki ta’sir ko’rsatish madaniyati 3. Ijtimoiy ta’sirlarning shaxs tomonidan anglanilishi III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Shiddat bilan hayotimizga XXI asr kirib keldi. Uning global o’zgarishlar davri bo’lishiga hyech kimda shubha qolmadi, desak bo’ladi. Chunki bu davrda eng avvalo inson ongi va ruhiyatida evrilishlar yuz bermoqda. Bu xolat Inson va uning ichki dunyosini, zamondoshlarning bir-birlari ongi va shuurida ro’y berayotgan o’zgarishlarga monand xatti-harakat qilishlari lozimligini talab qiladi. Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o’ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o’zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o’zimizni o’zgalarsiz, o’z manfatlarimizni o’zgalar manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham psixologiyani bilishga majburmiz. Zero, mustaqil davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun bo’lg’usi mutaxassis, u pedagog-o’qituvchi bo’ladimi yoki quruvchi-muxandis yoki agronom bo’ladimi, shifokor bo’lib, el dardiga darmon bo’ladimi, ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi va undan maromida foydalib, turmush normalariga bo’ysunishi, jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallab, fuqarolik burchini ado etishga tayyor bo’lishi darkor. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, talabalar xukmiga havola etilayotgan ushbu darslik jamiyatdagi Shaxs psixologiyasini o’rganish va uning tamoyillariga bo’ysunishni taqozo etadi.
Darslikning ahamiyati yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro’y berayotgan o’zgarishlar, ularning hayotga, uning qadriyatlariga, kasb-kori, oilasi, o’z salomatligi va yaqinlariga bo’lgan munosabatlarida milliy mafkuramizning asosiy mazmun va mohiyatlari namoyon bo’layotganligi bilan uyg’un tarzda bayon etilganligidir. Zero, mustaqillik psixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan hamyurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod kundalik muomalasi va turmush tarzida o’sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi solih amallarga intilaveradi va sog’lom g’oyalarsiz yashay olmaydi. Bu haqda davlatimiz rahbarining fikrlari biz uchun o’gitdir: “O’zining hayotini, oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o’z kelajagi haqida qayg’uradigan millat hyech bir davrda milliy g’oya va milliy mafkurasiz yashamagan va yashay olmaydi”.1
Yuqorigilardan kelib chiqqan xolda biz jamiyatimiz hayotida ro’y berayotgan barcha o’zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini bo’lg’usi mutaxassislar tomonidan o’zlashtirilishiga ko’mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini yana bir marotaba ta’kidlashni istardik. Zero, mamlakatimizda o’zining sifat bosqichi doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi barcha ishlarimizning amaldagi g’oyaviy yo’nalishini belgilaydi va yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash” 2 ishining samaradorligiga ulush bo’lib qo’shiladi.
1. Ijtimoiy reprezentasiya
Shaxsning mustaqil fikrlashi va o’z nuqtai nazarini faqat o’zining his-kechinmalarigagina tayanib namoyon etishga zid bo’lgan hodisa – bu ijtimoiy reprezentasiyadir. Uning ahamiyati mohiyati shundaki, inson o’sha mutaqil fikrni yuritishi uchun ham eng avvalo ijtimoiy, umume’tirof etilgan qadriyatlardan, xalq va elat xotirasini tashkil etuvchi aqidalardan foydalanadi. Bugun ijtimoiy psixologiya bizga milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimida global masalalarni ijobiy hal etishda ijtimoiy reprezentasiya degan jarayon orqali yordam beradi. Bu – umume’tirof etilgan aqidalar va e’tiqodlarga ergashish, ya’ni, yadro xavfsizligi, diniy bag’rikenglik, millatlararo totuvlik kabi. Ya’ni, bizning milliy istiqlol g’oyalarimizga zid kelmaydigan, aksincha, ularning haqligi va hayotiyligini ta’minlovchi tushunchalar majmui insoniy xamfirklilik va osoyishtalikning garovidir. Lekin bu insonning o’zligini anglashni, o’zini hurmat qilishini inkor etmaydi. Aksincha, o’z ruhiy olamini, o’zligini tushunishni osonlashtiradi.
Aslida odam ongida bo’ladigan hodisa intuitiv tarzda his qilinadi va buni sosiologik tadqiqotda o’rganish ham mumkin. Masalan, saylovlarda u yoki bu da’vogarning g’olib chiqishini bilish mumkinmi, yoki amalga oshirilgan u yoki bu tadbir ertaga qanday oqibatni keltirib chiqarishi bilish mumkinmi? Chunki voqyea sodir bo’lgach, guyoki, shunday bo’lishini bilardim, deganday fikr paydo bo’ladi. Masalan, amerikalik Mark Liri (Mark Leary, 1982) 1980 yillarda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovlariga bir kun qolganda odamlardan har bir nomzod haqida fikrlarini o’rganib, Reygan yutishini aytgan. Saylovdan keyin ertasi kuni yana boshqalardan so’rab, kim yutishini bashorat qilishlarini so’raganda, yana Reyganga ko’p ovoz berilgan va aslida ham shunday bo’lib chiqqan. Qizig’i shundaki, ko’plar odamlar aynan shunday bo’lishi kerak edi-da, deganday, hamfirklilik bildirganlar. Lekin aslida bu – aynan o’sha ijtimoiy hodisani odam his qilishi bilan tushuntiriladi, aslida “Hayot ildamroq ketadi, uni anglash esa sal kechroq ro’y beradi”.
Demak, olimlar ijtimoiy hodisalarning oqibatlarini aynan odamlar fikriga tayanib, o’rganib istiqbolni belgilashlari mumkin. Shunisi qiziqki, odamlarga har qanday voqyeaning natijasi, oqibati oldindan tanishday tuyulaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |