Qisqacha xulosalar:
Ushbu mavzu orqali shaxs psixologiyasi va xarakterining yoshga bog’liqligi, yosh davrlari klassifikasiyasi, har bir yosh davrining o’ziga xosligi, yosh davrlari krizislari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Yoshlardagi attraksiya va emosional borlikning namoyon bo’lishi, o’spirinlik davridagi do’stlik, sevgi va sadoqat hislarining ko’rinishlari, ularni tarbiyalash yo’llari ko’rsatib utilgan. Yosh davrlari psixologiyasi va akmeologiyaning kasb tanlash va kasbga yunaltirish muammolari bo’yicha o’zaro bog’liqligi tahlil qilingan. Bu kabi ma’lumotlar talabalarning o’z-o’zini anglashlariga va tengqurlari, atrofdagilar bilan yetarlicha o’zaro tushunishlariga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |