Shaxsning an’anaviy va zamonaviy turlarida bir muncha farqlar mavjud. An’naviy jamiyatlarda insonning yaratuvchilik ijodiy qobiliyati ancha chegaralangan edi. Chunki, an’naviy jamiyatda mehnatning tabiiy taqsimoti va ixtisoslashuvi, shaxslararo munosabatning o’ta tabaqalashuvi, o’zaro harakatlar va munosabatlarni norasmiy muvofiqlashtirish, jamiyat a’zolarining bir-biriga tobelik, urug’chilik va qonqarindoshlik munosabatlari bilan bog’liqligi, boshqaruvdagi primitiv tizimlar imtiyozsiz jamiyat a’zolarining faollligini cheklab qo’ygan bo’lib, bu holat shaxsning ijodiy faoliyat ko’rsatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo’l bermas, o’zaro munosabatlarning esa biqiq bo’lishini taqozo etar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |