Shaxs, inson, individ tushunchalari. Shaxs sotsial o’zaro ta’sir va munosabatlarning birlamchi omili bo’lib hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda shaxsning o’zi nima? Bu savolga javob berish uchun, avvalo, «inson», «individ», «shaxs» tushunchalarini bir-biridan farqlab olish kerak. «Inson» tushunchasi, umumiy, hamma uchun xos bo’lgan sifat va qobiliyatini izohlash uchun qo’llaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bo’lgan, tarixan o’ziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib, u boshqa hamma moddiy tizimlardan farqli o’laroq o’ziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi. Ushbu hayotiy faoliyat usuli tufayli inson tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida, dunyoning barcha nuqtalarida o’ziga o’xshash bo’lgan antologiyaga oid holatni saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |