Sotsiogenetik konsepsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muhitga bog‘lab tushuntiradilar. Ularning aytishicha, “odam ijtimoiy muhit nusxasidir”. Sotsiogenetik ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning shaxsiy faolligini inkor qiladilar. Odam faqat atrofidagi muhitga moslashadigan, passiv rol o‘ynaydigan mavjudot deb qaraydilar. Mazkur konsepsiya ijtimoiylashuv, o‘rganish, rollar nazariyalarini yuzaga keltiradi.
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |