MAVZU: SHAXS PSIXODIAGNOSTIKASIDA ROYEKTIV METODIKALARDAN FOYDALANISH
REJA:
KIRISH
I BOB. SHAXS PSIXOLOGIYASINING ILMIY AMALIY MASALALARI
Shaxs psixodiagnostikasining tarixiy ildizlari
Psixologiyada proyektiv metodikalarning o’rganilganligi
II BOB. PSIXOLOGIYADA SHAXSNI TASHXIS QILISHDA PROYEKTIV METODIKALARNING AMALIY AHAMIYATI
Proyektiv metodikalarning diagnostik imkoniyatlari
2.2 Proyektiv metodikalarning asosiy guruhlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. SHAXS PSIXOLOGIYASINING ILMIY AMALIY MASALALARI..8
1.1 Shaxs psixodiagnostikasining tarixiy ildizlari………………………………8
Psixologiyada proyektiv metodikalarning o’rganilganligi……………...….13
II BOB. PSIXOLOGIYADA SHAXSNI TASHXIS QILISHDA PROYEKTIV METODIKALARNING AMALIY AHAMIYATI………………………….....18
2.1Proyektiv metodikalarning diagnostik imkoniyatlari……….……………..18
2.2 Proyektiv metodikalarning asosiy guruhlari………………………………21
XULOSA……………………………………………………………………..….32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….34
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bugun biz tarixiy bir davr - xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday oliyjanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani - bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz. Bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari qilib tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o’z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan, qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan Shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Ta’kidlash joizki, har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog’liq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat ahamiyatiga molik vazifalarni bajarishga qodir bo’lib, o’z xalqining tarixiy taqdirini belgilab oladi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti quyidagi fikrlarini ta’kidlab o’tish joiz: “Biz ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugun zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikriga har birimiz ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o’g’il- qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib, izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib o’zgalarga tobe va qul asir bo’lishi uning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”.
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi hozirda hayotimizda mavjud bo’lgan barcha fan yo’nalishlarining muhim o’rganish ob’ektiga aylanib bormoqda. O’zbekistonda ham fundamental, ham ijtimoiy fanlarning rivojlanishiga e’tibor beradigan bo’lsak, ularning hayotiyligi va umrboqiyligi xalq turmush farovonligini oshirishga nechog’li ulush qo’sha olish orqali baholanishini bilish qiyin emas. Bu esa o’z-o’zidan har bir fan va uning mutaxassislari oldiga bir qator dolzarb nazariy va amaliy masalalarni qo’yadi. Shunday ekan, bu jarayon psixologiya fanini ham chetlab o’tmaydi aksincha bu holat hozirgi zamon psixologiya fanlariga ham taalluqli bo’lib, u jamiyatning kundalik talablari va buyurtmasiga qarab o’z Kurs ishi yo’nalishlarini belgilamoqda.
Ma’lumki, har bir davlat va jamiyatning taraqqiyoti, kelajak istiqboli, uning dunyo hamjamiyatidagi o’rni, fan-texnika yoki ixtirolar muvaffaqqiyati bilan amalga oshayotganligi ehtimoldan holi emas. Zero, O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek, “Bugungi kun mustaqil davlatimiz taqdiri, uning ravnaqi, hozirgi davri va kelajagi, jamiyatimiz fanlarida erishilayotgan yutuqlar orqali amalga oshayotganligi shubhasizdir”1.
Do'stlaringiz bilan baham: |