Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy munosabatlar
Inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi – hozirgi zamon psixologiyasining markaziy muammolaridan biri. Psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan aloqalar ko‘rib chiqildi. Psixik taraqqiyot to‘laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo‘lgan muayyan jarayon sifatida, ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning intividga ko‘rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi. SHunday qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlarni turli xilda izohlovchi konsepsiyalarning bir nechtasini ajratish mumkin.
Psixik taraqqiyotning ichki ta’sir natijasida vujudga kelganligini isbot qiluvchi konsepsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zining ichki qonunlariga to‘laligicha bo‘ysunadigan hodisa sifatida o‘rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig‘imi» sifatida o‘rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar ko‘proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz.
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir bo‘ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‘rganiladi. Bu konsepsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning barcha xususiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Ko‘p hollarda bu konsepsiyalarda psixik taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‘llaniladi, bu qonunga ko‘ra, individ taraqqiyoti o‘zi tegishli bo‘lgan tur evolyusiyasining asosiy ko‘rinishlarida amalga oshiriladi. Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‘lmasligi, barcha ruhiy hodisalarni biologik (fiziologik) tushunchalar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‘rtasida juda keng tarqalganligini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai nazarning tarafdori edi.
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ular ham rekapitulyasiya g‘oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. Ushbu konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy rivojlanishi, avvalambor, ma’naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti jarayonining asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‘z tasdig‘ini topgan.
SHunga o‘xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. SHtern yanada yorqin tarzda ifodalagan. U taklif etgan ta’limotda rekapitulyasiya tamoyili ham hayvonlar psixikasi evolyusiyasini, ham jamiyat ma’naviyatining taraqqiyoti tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go‘daklik davrining birinchi oylarida tuban hissiyotlarning ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki yoshda gavdani tik tutib yurish va nutqni egallagandan so‘ng oddiy insoniy holatga erishadi. O‘yin va ertaklarning birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida turadi. So‘ngra maktabga o‘qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka ma’lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy tashkilotlarga ega bo‘lgan madaniyatga a’zo bo‘lishining ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi yillarida ko‘hna va qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o‘ta mutanosibdir, o‘rta maktab yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat etuklik davrida YAngi davr madaniyati holatiga mos keluvchi ma’naviy darajalarga erishiladi».
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi muammosini tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha murakkabligi va turli mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning bu muammoga qarashlari quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, individ taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan chegaralanib bo‘lmaydi. Barcha ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va taraqqiyoti ma’nosida ko‘rib chiqilishi lozim. SHu munosabat bilan biologik va ijtimoiy nisbat muammosi organizm va shaxs nisbati muammomi sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda tutish lozimki, bu tushunchalardan biri biologik fanlar doirasida, ikkinchisi esa ijtimoiy fanlar doirasida shakllangan. Lekin ikkovi ham odamga ham Homo sapiens turining vakili sifatida, ham jamiyat a’zosi sifatida munosabatda bo‘ladi. SHu bilan birga, bu tushunchalarning har birida inson xususiyatlarining turli tizimlari: organizm tushunchasida – inson individi tuzilishi biologik tizim sifatida, shaxs tushunchasida esa – insonning jamiyat hayotida qatnashishi aks etgan. Uchinchidan, psixologiya shaxs shakllanishi va taraqqiyotini tadqiq etib, shaxs – individning ijtimoiy sifati ekanligidan kelib chiqadi, bunda odam inson jamiyatining a’zosi sifatida namoyon bo‘ladi. Individning bu sifati jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lolmasligidan, «individ – jamiyat» munosabatlari tahlilidan tashqarida tushunish etish mumkin emas. Individ shaxsiy xususiyatlarining ob’ektiv asosi bo‘lib, uning o‘zi yashab, rivojlanib kelayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimi xizmat qiladi. Va, nihoyat, to‘rtinchidan, shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayonini inson tomonidan ushbu jamiyatda ma’lum tarixiy bosqichda tarkib topgan ijtimoiy dasturlarning o‘zlashtirilishi sifatida ko‘rib chiqish zarur. Bunda jamiyat tomonidan bu jarayonning maxsus ijtimoiy institutlar, birinchi navbatda, ta’lim va tarbiya tizimi yordamida yo‘naltirilishini ko‘zda tutish lozim.
yung fikriga ko‘ra, jamoaviy anglanmaganlikdan tashqari shaxsiy anglanmaganlik ham mavjuddir, lekin u ongdan ajralmagan holatdadir. Shaxsiy anglanmaganlik qachondir anglangan bo‘lib, keyinchalik yoddan chiqarilgan yoki ongdan siqib chiqarilgan kechinmalardan iborat. Shaxsiy anglanmaganlikning tuzilish birligini mulohazalar va xotiralar, tuyg‘ular qorishmasi, yig‘indisi tashkil etadi.
freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur o‘quvchilaridan biri, individual psixologiyaning asoschisi – alfred adler hisoblanadi. U freydning biologiyalashtirish nazariyasini keskin qoraladi. Adler, insonda asosiysi – uning tabiiy ichki sezgilari emas, balki, o‘zi «umumiylik tuyg‘usi» deb nomlagan ijtimoiy tuyg‘ulari ekanligini ta’kidladi. Bu tuyg‘u tug‘ma bo‘lsada, ijtimoiy jihatdan rivojlantirilgan bo‘lishi zarur.
Bundan tashqari, adler freydning shaxsni uch bo‘lakka bo‘linishi haqidagi fikriga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun bo‘lib, shaxs taraqqiyotidagi bo‘linadigan qism bo‘lib, insonning ustunlikka intilishi hisoblanadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan, inson tanasidagi organlarning nuqsonlari tufayli o‘zining mukammal emasligi tuyg‘usini boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuyg‘u bolalikdagi noqulay ijtimoiy sharoitlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Inson mukammal emaslik tuyg‘usini engish uchun turli ko‘rinishdagi to‘ldiruvchilarni izlay boshlaydi. Masalan, adler yuqori to‘ldiruvchini ishlab chiqish imkoniyati haqida fikr yuritadi. Bu o‘zining mukammal emasligiga qarshi reaksiyaning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Yuqori to‘ldiruvchanlikni ishlab chiqish malakasi, jismonan zaif va irodasiz odamlarning matonat bilan faoliyat yuritishlariga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, yuqori to‘ldiruvchanlikda adler ijodkorlik mexanizmi, faollikni ko‘radi. Misol tariqasida, u napaleon shaxsiga izoh berishni yoqtirardi, va napaleonning sarkarda sifatidagi alohida layoqatlarini, xususan, undagi kichik bo‘y o‘lchami tufayli yuzaga kelgan mukammal emaslik tuyg‘usi bilan tushuntirib berar edi. Shunday qilib, ko‘rganimizdek, mukammal emaslik tuyg‘usi o‘z tabiatiga ko‘ra tug‘ma bo‘lgani uchun, adler freydning nazariy qarashlarini ijtimoiylashtirishga harakat qilib ko‘rgan bo‘lsada, biologiyalashtirishdan to‘liq voz kecha olmadi.
Z. Freydning izdoshlaridan biri karen xornining fikriga ko‘ra, inson mohiyatining asosini, bolada tug‘ma bo‘lgan, xavotirlanish tuyg‘usida ko‘rish mumkin ekan. Bu tuyg‘u, xorni fikricha, inson muntazam ravishda boshidan kechiradigan dunyodagi qarama-qarshiliklar tuyg‘usi, va uni bartaraf etish istagi inson harakatlari motivatsiyasining asosi bo‘lgan xavotirlanishni yuzaga keltirishidan hosil bo‘ladi.
Xornining ta’kidlashi bo‘yicha, inson ikki tendensiya: xavfsizlikka intilish va o‘z xohishlarini qondirishga intilish orqali boshqariladi. Bu ikkala intilish ko‘p hollarda bir-birini inkor etadi, shunda inson hulq-atvorning ma’lum usullarini ishlab chiqqan holda, o‘zi so‘ndirishga harakat qiladigan asabiylashish holati yuzaga keladi. Xorni hulq-atvorni to‘rt turga ajratdi: birinchi turida «muhabbatga asabiy holatda intilish» hayotda xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida ifodalanadi; ikkinchisi qandaydir ob’ektiv sabablar bilan emas, balki, odamlarga nisbatan qo‘rqinch va dushmanlik bilan tushuntiriladigan «hokimiyatga asabiy holatda intilish» da ifodalanadi; uchinchi turida hulq-atvor odamlardan yakkalanishga intilishda ifodalanadi; to‘rtinchi turi o‘zning yordamga muhtojligini («asabiy tobelik») tan olishda ifodalanadi.
Xorni yo‘nalishlar sonini ko‘paytirishga harakat qildi, lekin, umumiy hisobda uch turida to‘xtaldi: a) odamlarga intilish; b) odamlardan uzoqlashishga intilish, mustaqillikka intilish; v) odamlarga qarshi harakat qilishga (tahdid) intilish. Munosabatlarning bunday uch xil turiga mos ravishda Xorni shaxs asab tizimining uch turini ajratadi: barqaror, bartaraf etilgan va tahdid soluvchi. Hulq-atvorning bunday turlari sog‘lom insonlarga xosdir. Sog‘lom va nevrozga chalingan odamlar o‘rtasidagi farq shundan iboratki, nizoli tendensiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sog‘lom odamda kasallikka chalingan odamga nisbatan ancha kam darajada bo‘ladi.
SHunday qilib, Xorni Freyd ta’limotining biologiyalashtirish mohiyatini keskin tanqid ostiga olgan bo‘lsada, o‘zining asosiy holatidagi «dastlabki xavotirlik» va «negizli xavotirlanish» haqidagi fikrlari bilan Freydni takrorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |