SARAXBOR - Sar - tojikcha bosh, axbor – arabcha "xabar" so`zining ko`pligi, ya’ni bu ibora ashula turkumlari tuzilishidan darak beruvchi bosh ashula yo`li, ashula bo`limining bosh mavzui ma’nosidadir. Olti maqomning har birida ular maqomlar nomi bilan qo`shib, Saraxbori Buzruk, Saraxbori Rost, Saraxbori Navo, Saraxbori Dugoh, Saraxbori Segoh va Saraxbory Iroq - deb nomlanadi.
Ularning doira usuli:(an’anaviy iboralar bilan: bak – bum)
Ular Muzore’ Mujtass, Mutaqorib, Ramal vaznlaridagi 11-14-15 bo`g`inli she’rlar bilan o`qiladi. Saraxborlar vazmin doira usulida ijro etilsada, turli maqomlarda o`ziga xos ohang va kuy mavzuiga ega. Ularning taronalari oltitagacha yetib, 3/4, 4/4 variantlari bilan, 3/8 3/4 yoki 3/4 3/8, 3/4 4/4, 3/4 takt o`lchovlaridagi doira usullari jo`rligida ijro etiladi.
|
|
|
TALQIN - nomli sho`’balar Iroqdan tashqari hamma maqomlarda uchraydi va Talqini Uzzol, Talqini Ushshoq, Talqini Bayot, Talqini Chorgoh, Talqini Segoh deb yuritiladi.
Talqin so`zi arabchada «tushuntirish», «nasihat etish» ma’nolarini bildiradi. Bu ibora doira usulining ham ifodasi: (an’anaviy iboralar bilan; bum - bak - bum – baka)
Unga mos she’rlar Ramal bahridan:
Foilotun-foilotun-foilotun-foilun.
Talqin yo`llari Uzzol, Ushshoq, Bayot, Chorgoh, Segoh, Nasr va Ufar yo`llari bilan hamohang va bu sho`’ba qismlar bir-birining ritmik variantlaridir. Ularning taronalari esa Saraxborlardagi kabi vazifani bajaradi.
NASR – (Sochma, ko`mak, zafar ma’nosida) ular Shashmaqomda o`n to`rttadir:
Buzrukda - Nasrulloyi, Nasri Uzzol;
Rostda - Nasri Ushshoq, Navro`zi Sabo;
Navoda - Nasri Bayot, Orazi Navo, Husayniy Navo;
Dugohda - Nasri Chorgoh, Orazi Dugoh, Husayniy Dugoh;
Segohda - Nasri Segoh, Navro`zi Xoro, Navro`zi Ajam;
Iroqda - Muxayyari Iroq.
Ular 6/4 takt o`lchovidagi doira usulida ijro etiladi;
(baka - bum - bak - ist - bum – baka)
Ularga aytiladigan she’r vazni Hajaz bahridan:
Mafoiylun - mafoiylun - mafoiylun – mafoiylun.
Nasrlarda ham bir nechadan taronalar mavjud (3-4 tadan oshmaydi, ba’zilarida esa, umuman uchramaydi) masalan: Xusayniy Navo va Dugoh).
U F A R – maqomlarning yakunlovchi qisni bo`lib, doira usulida ijro etilada.
(bum - baka - bum - bak; bum - baka - bak -bum – bak).
Ularni ijrosi uchun turli vazndagi (Ramal, Hazaj, Razaj) she’rlardan foydalaniladi. Har bir maqomning sho`’balari va ularning taronalari turkum tarzida ijro etilib, Ufar bilan tamomlanib, oxirgi suporish bilan yakunlanadi. Bu suporishlar saraxborlarning ashula boshidagi jumlalaridir. (Suporish - topshiruv ma’nosida turkumni Saraxborga uzatadi va u bilan yalunlanadi.
|
|
|
|
XULOSA
Shashmaqom shakli bastakorlik san’atining mahsulidir. Bastakorlik an’analari ham juda qadimdan boshlab davom etib kelmoqda. Temuriylar, ayniqsa Navoiy davrida, keyinchalik XVI-XVII asrlarda bastakorlik san’ati yuksak darajada boʻlganligi qoʻlyozma man’balardan ma’lum. Bastakor soʻzi tojikcha boʻlib, bogʻlovchi, bastalovchi ma’nosini anglatadi. Oʻtmishda bastakorlarning faoliyati turlicha boʻlgan. Dastlab ular maqomlar va xalq musiqa asarlari asosida betakror kuy va ashulalar yaratganlar. Yana, bastakorlar maqom pardalari negizida yangi-yangi yoʻllar, yaratganlar, tayyor kuyga yangi pardalar kiritib, yoki uni boshqa doira usuliga tushirib, jozibali va mukammal asarlarni yuzaga keltirganlar. Binobarin, she’r matnlarining ashulaga shaklan hamda mazmunan moslab tushirilishiga ham alohida ahamiyat berganlar. Shashmaqomdagi turkumlarning yuzaga kelishila bastakorlardagi bunday tajriba alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zan shoʻ’balar, masalan, Buzruk maqomidagi Talqini Uzzol, Nasri Uzzol va Ufari Uzzol qismi ohangdosh ashulalar boʻlib, faqat doira usuli va she’r oʻlchovidangina farq etadi. Shashmaqom turkumlari koʻpincha ashulalarning yangidan-yangi variantlarini yaratish bilan takomillashtiriladi. Shunday qilib, Shashmaqom oʻtmishdagi bastakorlik an’analarining mahsuli sifatida, maqomchilikdagi boy tajribaga asoslangan holda yuzaga keldi. Keyingi ikki asrdan koʻproq, oʻtgan davr ichida, bir sozanda – xonandadan ikkinchisiga ogʻzaki tarzda oʻtib kelishi jarayonida Shashmaqom tobora juda katta oʻzgarishlarga uchradi va bizgacha etib keldi. Bu narsa XIX asrda tuzilgan va maqomlarga aytilgan she’r toʻplamlaridagi maqom va shoʻ’balar nomini, she’r oʻlchovlari hozirgi maqom qismlari bilan solishtirilsa, yaqqol seziladi. Shashamaqom oʻzbek xalqi musiqa merosida juda katta oʻrin tutadi Shashamaqom yoʻllarida milliy va mahalliy musiqaning boy ohanglari, vazn xususiyatlari, doira usullari va ashulalar she’rlarini moslab tushira bilish qoidalariga bogʻliq qator tomonlar mujassamlangan. Xalq musiqa asarlarining qaysi birini olib qaramang, ular u yoki bu maqom yoki uning shoʻ’ba pardasi, kuy tuzilishi, doira usuliga juda oʻxshashligani bilib olish mumkin. Keyingi kuzatishlar Shashmaqom, xalq musiqa merosining asosini tashkil etadi deyishga imkon beradi. U 250 ga yaqin cholgʻu va ashula yoʻllarini oʻz ichiga oladi. Ular asosida yaratilgan yuzlab xalq kuy va ashula namunalari, surnay yoʻllari hisobga olinsa, maqomlarning xalq musiqasida tutgan oʻrni naqadar baland ekanini yana bir bor bilib olish mumkin. Shashamaqomga kirgan oltita maqomning har biriga alohida toʻxtalib oʻtishdan avval maqomlarning tuzilish qoidalari haqida umumiy tarzda tushuncha beramiz. Shashmaqom tojikcha olti maqom demakdir. Shashmaqom taruibidagi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlarining har biri yirik shakldagi turkumli asarlar boʻlib, 20 tadan 45 tagacha katta va kichik hajmdagi maqom yoʻllarini oʻz ichiga oladi. Oʻtmishda maqomlarning ijri etilishida tanbur va doira etakchi sozlardan hisoblangan. Maqom qismlari turkum tarzida yoki yakka kuy va ashulalar tarzida yakka navozanda xonanda yoki dastalar tamonidan ijro etilgan. Joʻrnavozlik tarkibida Ikkita tanbur, bitta dutor, bitta qubuz yoki sato, doira va bir necha hamnafas xonandalar boʻlgan. Koʻrinib turibdiki, dastaga yolgʻiz torli asboblar kiritilgan. Bizningcha tanburning etakchi soz deb qabul qilinishiga ham ma’lum sabab bor. U turli maqomlarga moslab sozlashga qulay boʻlgan. Mabodo ashulachining ovozi keng diapazonli maqom yoʻllariga yeta olmasa, uni bir-ikki pardaga past qilib sozlash mumkin edi. Olti maqomlarga asboblarni sozlashda ham tanbur qandaydir oʻlchovli soz boʻlgan. Binobarin uni turli maqomlarga moslab sozlash mumkin. Shu sababli olti maqomga tanbur uch xil (kvinta, kvarta va katta sekunda) qilib sozlangan va Mezrobi Rost, Mezrobi Segoh hamda Mezrobi Navo deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |