Mavzu: "Shajarai turk" asarida tarixiy siymolar tasviri



Download 105,5 Kb.
Sana09.04.2022
Hajmi105,5 Kb.
#539507
Bog'liq
jurayev sherali.mustaqil ish.


Mavzu: "Shajarai turk" asarida tarixiy siymolar tasviri.
Reja:
1. Abug'oziy Bahodirxon tarxiy hukmdor va tarixchi olim sifatida uning ilmiy merosining o'rganilishi.
2. Shajarai turk asari haqida
3. Assrdagi tarixiy voqealar va siymolar tasviri.
4. Abulgʻoziy Bahodirning soʻzlar etimologiyasiga doir qarashlari.

Oʻzbek davlat taraqqiyoti va madaniyati tarixida muhim o'rin tutgan davlat arbobi va ijodkor mutaffakir Abulgʻoziy Bahodirxon 1603 -yil 23 - avgustda Xorazmda Xiva xoni Arab Muhammadxon oilasida tugʻilgan. Abulgʻoziy XVII asr birinchi yarmida xalq manfaatini himoya qiluvchi , mamlakatni markazlashtirishga , har tomonlama rivojlantirishga intiluvchi vatanparvar xon sifatida shuhrat qozondi. Qismatning murakkab zarbalariga mardona bardosh berdi. U ijodkor inson sifatida necha-necha avlodlarga ibrat boʼlgulik iroda va matonatga, noyob serqirra isteʼdodga ega edi.


Abulgʻoziyning asarlari XIX asr birinchi yarmidan boshlab sharq, rus va gʼarb olimlarining ham eʼtiborini oʻziga tortgan. ʼʼShajarai turkʼʼ Qozon shahrida Rumyansev (1825y), Sablukov (1854y) Demezonlar tomonidan litografik usulda nashr ettirilgan. ʼʼShajarai tarokimaʼʼ 1898; 1906-yillarda bir necha marta nashr etilgan.
1871-1874 yillarda P.N.Demezon ʼʼSHAJARAI turkʼʼ ni fransuz tiliga tarjima qildi. Bu ishi unga shuhrat keltiradi. Asar Angliya va Amerikaga ham shu tarjima tufayli yetib borgan.
Abulgʻozi asarlarining tarixshunoslikdagi oʻrni beqiyos. Ular turkman, tojik, oʻzbek milliy xalqlari tarixini yoritishda tayanch manbalardandir. B. Ahmedov, Q. Munirov, K. Yusupov, M . Yoʻldoshev kabi olimlarimiz oʼz asarlarida Abulgʻozi maʼlumotlaridan keng foydalanishgan. A. Kononov, A.M.Shcherbak S.I Ivanov kabi tilshunos olimlar ham tilshunoslikning turli muammolarining yechishda Abulgʻoziy asarlarida tayanganlar.
Ozod Sharafiddinov, M. Yunusov, V Abdullayevlar adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etishdan.
Abulgʻozi Bahodirxon asarlarining Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida bir qancha qoʻlyozma nusxalari mavjud.
Mustaqillik yillarida ʼʼTarixsiz kelajak yoʻq ʼʼ shioriga amal qilinib Abulgʻozi kabi allomalar faoliyati va asarlarini oʼrganishga eʼtibor kuchaydi. Abulgʻozi Bahodirxonga atab tugʼilgan yurti Xorazmda unga haykal oʻrnatildi. Asarlari chop etildi. Halim Xudoynazarov Abulgʻoziy haqida bir qancha tadqiqotlar olib borib, risola va monografiyalar chop ettirdi.
Adabiy merosi.
Abulgʻozi qatʼiyatli talabchan hukmdor sifatida mamlakatda adolat va birdamlikni qaror toptirish yoʼlida fidoiylik koʻrsatdi.
Abulgʻoziyning bizga uchta asari yetib kelgan: ʼʼ Manofeʼ ul-insonʼʼ , ʼʼShajarai tarokimaʼʼ, ʼʼ Shajarai turkʼʼ .
Abulgʻoziyning isteʼdod qirralari rang barang . Bu haqida ʼʼShajarai turkʼʼ asari muqaddimasida uning oʻzi batafsil soʻzlaydi: ʼʼ Bu faqirgʻa xudoyi taolo inoyat qilib koʼp nimarsa berganturur. Xususan uch hunar berganturur. Avval sipohgarlikning qonuni va yoʼsinukim , nechuk otlanmoq va yuramak va yovga yasoq yashamoq, koʻp birlan yuruganda nechuk qilmoq, oz birlan yuruganda nechuk qilmoq, doʻstgʻa , dushmangʻa nechuk soʻzlashmak. Ikkinchi masnaviyot va qasoyid , gʻazaliyot, va muqattaot va ruboiyot va barcha ashʼorni fahmlamaklik, arabiy forsiy va turkiy lugʻatlarning maʼnosini bilmaklik. Uchinchi, Odam ahlidin to bu damgacha Arabistonda Eron va Turonda va Moʼgʻilistonda oʻtgan podshohlarning otlari va umrlarining va saltanatlarining kam va ziyodin bilmaklik.
ʼʼShajarai turkʼʼ asari.
Abulgʻozi serqirra isteʼdod sohibi , ayniqsa, tarix ilmida noyob qmrovga ega. U oʻtmish va tarixning kelajakdagi davlat boshqaruvidagi oʻrnini chuqur tushungan.
Abulgʻoziy oʼzidagi salohiyatdan foydalanib ajdodlari tarixini yozishga jazm etadi: ʼʼ Bizning ota va aqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqfligi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizni Abdullaxonning otalari birlan to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali deb fikr qilduq. Hech munosib kishi topmaduq. Zarur boʻldi, ul sababdin oʻzimiz aytduqʼʼ. ʼʼShajarai turkʼʼ da asarning yozilish tarixi, sabablari va maqsadi haqida maʼlumot beradi. Shu oʻrinda muallifning koʻp fazilatlari ochiladi. Tarixni , tilni mukammal bilishi, til sofligini saqlash madaniyati yaqqol namoyon boʻladi.
Tarixiy asarlardagi maʼlumotlaridan bizga maʼlumki tarixni yoritish xolislikni taqozo etgan. Bu qonuniyatni yaxshi bilgan Abulgʻozi ham unga qatʼiy amal qilgan. Soʻzining avvalida bu masalada kitobxon diqqatini qaratadi. Oʻz hukmronlik davrini oʻzi yortgani uchun uzrhoxlik etgan: ʼʼ Hech podshoh va amir va hech hakim va donishmand oʻz tarixini oʻzi aytgʼan emasturur. Bizning yurtimizning havosindin va ahli Xorazmning bebizoatligidin hech zamonda boʻlmagʻan ish boʻldi. Emdi koʼnglingizga kelmasunkim, faqir taraf tutub yolgʻon aytgʼan boʻlgʻayman va yo oʻzimni gʻalat taʼrif etgan bogʻlayman. (11-12betlar).
ʼʼ Shajarai turkʼʼ asari muallif maʼlumotiga koʻra hijriy 1074, milodiy 1663-1664-yillarda yozilgan. Asar 9 bobdan iborat. Birinchi bobda Odam Atodan Mogʻulxongacha, ikkinchi bobda Moʻgʻulxondan Chingizxongacha boʼlgan tarix muxtasar yoritilgan. Uchinchi bob Cingizxonning hayot yoʻli haqida. Toʻrtinchi bob Chingizxonning uchinchi oʻgʻli Uhaday Qoon va uning avlodlari podshohligi tasviriga bagʻishlangan. Beshinchi bob Cingizxonning ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyxon sulolasi hukmronligi bilan bogʻliq hodisalar tasvirini qamrab olgan. Oltinchi bob Cingizxonning kichik oʻgʻli Toʼlixon, yettinchi bob Cingizxonning katta oʻgʻli Joʻjixon, sakkizinchi bobda Joʻjixonning oʻgʻli Shaybonxon avlodlari haqida. Toʻqqizinchi bob esa Shayboniyxon avlodidan Xorazmda podshohlik qilganlar zikriga bagʻishlangan.
Abulgʻozi vafotidan soʻng oʻgʻli Anushaxonning topshirigʻiga binoan Mahmud ibn Muhammad Urganjiy kitobning yozilmay qolgan 21 sahifasini yozib tugatgan.
Abulgʻoziyning bu asari tarixshunoslikimizda va jahon tarixini oʼrganishda eng ishonchli manba sifatida katta qimmatga egaligi olimlar tomonidan eʼtirof etilgan. Chunki Abulgʻozi asarini yaratishda moʻtabar manbalardagi maʼlumotlarni qiyosan oʼrganib, xatolarni tuzatishga harakat qilgan. Xulosa chiqarishda aniq dalillarga asoslangan. U 18 ta qimmatli kitobdagi maʼlumotlarni oʻrganganli haqida sozlaydi. Ayniqsa Sharafiddin Ali Yazdiyning ʼʼZafarnomaʼʼ , Rashididinning ʼʼ Jomeʼut-tavorixʼʼ kabinet asarlarini ehtirom bilan eslaydi.
Abulgʻoziyning maqsadi oʻz sulolasining mukammal tarixini yaratish. Shu bilan bogʻliq holda Odam atodan boshlab insoniyat, xususan turkiy xalqlar, shajaralari haqida maʼlumot berish. Bu vazifalarni u yuksak darajada bajargan. Abulgʻoziy yuqorida eslatganimizdek xolis boʼlishga harakat qiladi. Koʻp podshohlar tarixini yoritar ekan, ularga obʼyektiv baho beradi. Ijobiy tomonlarini ham, salbiy feʼl atvor va amallarini ham oshkora bayon etadi. Habash, Elbars, Sevinchxon, kabi sultonlarning noshudligi, siyosatidagi pala-partishligi fosh etiladi.
Chingizxon, Uhaday Qozonlarning qonli yurishlarini ham, mavridi bilan koʻrsatgan muruvvatlarini ham xolis ifodalaydi. Bunday tasvirlar ulrni murakkab shaxslar sifatida tasavvur qilish imkonini beradi.
Asarda Chingiziylar bosqini mufassal yoritiladi. Ayniqsa, Xorazm, Marv, Hirotni bosib olish manzaralari juda jonli bayon etilgan. Koʻz oʻngimizda mustamlaka jarayoni butun dahshati va fojiasi bilan noyob boʻladi. Hirotning egallanishi haqida yozar ekan, ʼʼ Ming-ming olti yuz ming kishini darajai shahodatga yetkurdilar. Hirotning qalʼasini yer bilan yakson qildilar. Hirotda oʻn besh kishi tirik qoldi. Andin oʻzga bir kishi qolmadiʼʼ deb hikoya qiladi.
Marv bosqinida ham xuddi shunday qiri Barot tasvirini koʻramiz: ʼʼʼ.... oʻlganlarni oʻn uch kunda xatga olib boʻldilar. Ming martaba ming taqi uch yuz ming kishi erdi. Alqissa, moʻgʻullar xon hukmi birlan Marvning qalʼasini va imoratlarini andoq vayron qildilarkim, hech nishona qolmadiʼʼ.
Termizning ishgʻol qilinishidagi quydagi hodisa ham ushbu bosqin dahshatini tasavvur qilish imkonini beradi: ʼʼ Ul xotun aytti: ʼʼmeni oʻlturmang. Men sizlarga bir yaxshi dur berayinʼʼ yedi. Alar tedilar: during qaydadur? ul xotun aytdi durni yutqandurman, dur qornimdaturur. Moʻgʻullar ul xotunning qornini yorib durni oldilar. Ul sababdin hech oʼluk qolmadi, tamomning qornini yordilarʼʼ . Bunday shafqatsizlik tasviriga asardan koʻplab misollar keltirish mumkin. ʼʼShajarai turkʼʼ da ulugʻ bobokalonlarimiz matonati, ularning yuragidagi ulkan vatanparvarlik tuygʻulari ifodasini ham koʻramiz. Va shunday jasur , mard ajdodlarimiz borligidan faxrlanamiz. Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, kabi mashhur va mashhur boʻlmagan qanchadan qancha qahramonlar jasorati bizni hayratga soladi. Kubro Chingiziylar taklifini qabul qilmay, soʼngi nafasigacha xalqi bilan birga boʻladi. Eng oldingi safda turib yovga qarshi kurashadi. Temur Malikning qopqoqli, zirhli kema yasab , zarbalarni qaytarishdagi kashfiyotchili salohiyati, sipohgarlikdagi noyob iqtidoriga qoyil qolamiz. Jaloliddin Manguberdi yuragidagi vatanparvarlik, xalqparvarlik, xalqparvarlik tuygʻusi Cingizxonni umrining oxirigacha tashvishlantirgan. Undan hayiqqan. U tirik ekan , qasos oliishi mumkinligini hisobga olib ish yuritganini asardagi dalillar isbotlaydi. Hatto Chingizxon Jaloliddin jasoratga tan berib ʼʼ Oʻtadi oʻgʻul tugʻulsa, shundagʼ tugʻsunʼʼ deganining guvohi boʻlamiz. Asarni oʻqir ekanmiz, bu kabi dalillarga duch kelganda fahrlanamiz. Mashhur shoirimiz Abdulla Oripov ham Manguberdi haqidagi quydagi baytlarni bejiz aytmaganini anglaymiz.
Seni Chingiz gʻazabiga toʻlib
Yoʻqotmoqchi boʻldi dunyodan.
Jaloliddin samani boʻlib
Sakrab oʻtding Amudaryodan,
Sensan samanim manim
Oʻzbekiston, vatanim manim.
ʼʼShajarai turkʼʼ - qomusiy asar. Unda tarix , etnografiya, iqtisodiyot, etimologiya kemasozlik , konchilik, qishloq xoʻjaligi, sipohgarlik kabi oʻnlab sohalarga oid qimmatli maʼlumotlarni uchratamiz.
Undan temir rudasini olishning dastlabki ibtidoiy texnikasi haqida maʼlumotga ega boʻlamiz. Asarda turkiy urugʻlar ularning joylashish oʻrinlari, geografiyasi, nomlanish tarixi bilan tanishamiz. Har birining oʻziga xos tabiati , iqtidor va salohiyat miqdorlari haqida maʼlumot olamiz. Masalan Uygʻur urugʻiga mansub kishilarning hisob-kitob ishlariga mahoragtli boʻlishgani va boshqaruvda ularga koʻproq shu soha ishonib topshirilishi haqida yozadi.
Ayrim bayramlarning kelib chiqish sabablarini, shaharlarning paydo boʻlishi tarixlarini yoritadi. Xitoy devorining qurilishi , u bilan bogʻliq ungut elining kelib chiqish sabablari haqida maʼlumot beriladi.
Abulgʻozi asarlarini yaratishda ularning tiliga katta eʼtibor beradi. Fikrlarni sodda, tushunarli, ravon uslubda ifodalaydi. Oʻzigacha yaratilgan tarixiy asarlar tilini murakkabligi, forsiy va arabiy soʻzlarning koʻp qoʻllanilishi unga maʼqul kelmaydi. Turkiy xalqlar uchun aytilgan asarlar chinakam turkona boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi. Turk, fors, arab va moʻgʻul tillarini yaxshi bilgan Abulgʻozi oʻzining shu prinsipga sodiq qoladi. Jumlalarni sof turkiy soʻzlar bilan tushunarli bayon etishga intiladi: ʼʼ Barcha bilingkim , bizdan burun turkiy tarix aytqonlar arabiy lugʻatlarni qoʻshibtururlar va forsiyni ham qoʻshibtururlar va turkiyni ham sajʼ qilibtururlar. Oʻzlarining hunarlari va ustozliklarini xalqqa maʼlum qilmoq uchun. Biz munlarning hech qaysisini qilmaduq. Aning uchunkim , bu kitobni oʻqiluvchi va tinglagʻuvchi, albatta turk boʻllisiturur : bas, turklarga turkona aytmoq kerak, to ularning barchasi fahm qilgʻaylarʼʼ. ʼʼ Turkiyni ham andoq aytubmankim, besh yashar oʻgʻlon tushunur ʼʼ.
ʼʼShajarai turkʼʼ ni ham tarixiy , ham badiiy asr sifatida oʻrganamiz. Muallif tarixiy hodisalarni koʻz oʻngimizda gavdalantiradi. Asardagi tarixiy shaxslar qismati ifodalanar ekan, ular badiiy obraz darajasiga koʻtariladi. Voqealar rivoji esa dramatik sahna koʻrinishida momoyon boʻladi. Har bir oʻsimlik, daraxt, har bir maysaning shiviri qulogʻimizga eshitilganday bogʻladi. Ulugʻ bobokalonlarimiz yuragini gʻururga toʻlgʻazgan oʻrik, bodom, shaftoli gullarining mayin iforlari, tip-tiniq suvlarning, namxush maysalarning, beda gullarining, bunday sabzalarining sarxush jilolari bizning koʻnglimizda ham Vatanga muhabbat tuygʻusini ulgʻaytira boshlaydi. Ushbu asarning taʼsir kuchi ham ana shunda.
Abulgʻozi bu asari orqali oʻzbek nasri tarixida oʻziga xos oʻrin qoldirdi. ʼʼShajarai turkʼʼ nasrda yozilgan boʻlsada, koʻp oʻrinlarda oʻzbek va fors tillaridagi sheʼriy parchalar ham kiritilgan. Ular asardagi badiiylikning kuchayishiga sabab boʻlgan.
Abulgʻozi xalq ogʻzaki ijodidan yaxshi xabardor. Asarda xalq rivoyatlari, maqollari, maqollaridan unumli foydalangan. Asarda xalq ogʻzaki ijodi ifoda uslubini eslatadigan oʻrinlar koʻp. Mumtoz merosimizga xos badiiy tasvir vositalarini oʻz oʻrnida ishlatgan. U Islom dini tarixini yaxshi bilgan. Asarda hadis, Qurʼoni Karim oyatlaridan oʻz mavridi bilan foydalangan. Yogʻingarchilik chaqiruvchi yada toshi marosim folklori anʼanalari haqida ham maʼlumotlar bergan.
Abulgʻozi Bahodirxon Odam alayhissalomning yaratilish tarixi toʻgʻrisida rivoyatni keltirar ekan Odamni nima uchun odam deb atadilar degan savolga qaysidir maʼnoda javob berib ketadi:
ʼʼLafzi Odam arab tili turur. Yerning qartishini odim der . Azroil tufraqning yerning ichindan olmadi, taqi qirtishindin olib erdi, aning uchun Odam tedilar laqabi Sayfulloh tururʼʼ.
Qarluq, Qipchoq, Uygʻur, Ungut, Buxoro, Doʻrman kabi yuzlab soʻzlarning maʼnolari, etimologiyasi haqida ishonchli xulosalarni bayon etgan. Oʻzbek atamasining kelib chiqish tarixi haqida ham muhim fikr bildiradi: ʼʼ Toʻqtagʻuxon (1290-1312) oʻlgandan soʻng 13 yoshinda Oʻzbekxon (1312-1342) xon boʻldi. Taqi elni ota-bobosining dasturi birla zabt qildi. Har kimning martabasina loyiq hurmat qilib, inʼomlar berdi. El-ulusni islomgʻa kirguzdi... Andin soʻng Joʻji elini Oʻzbek eli tedilarʼʼ.
Oʻzbek urugʻlarining oʻziga xos etimologiyasi mavjud. Ular har bir millat milliy tilining oʻziga xos xususiyatlarini ochib beradigan muhim manba hisoblanadi. Quyida ularning ayrimlariga toʻxtalib oʻtamiz:
Arlot eli (hozirda Olot) -arlot soʻzi ʼʼ otaning sevar oʻgʻliʼʼ maʼnosida talqin etilgan . Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi koʻp sevar erdi. Aning uchun Arlat tedilar . Barcha Arlat eli aning nasli turur.
Avshar eli - qadimiy urugʻlardan boʻlib , arab geogrflari Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladilar. Abulgʻozi Bahodirxon avshar soʻzini ʼʼishini ildam ishlamoqchiʼʼ deb izohlaydi.
Baday eli- (hozirda Badoy) -Kilgit urugʻiga mansub shaxs naslidan tarqalgan urugʻ nomi.
Bayot eli- ʼʼdavlatliʼʼ degan maʼnoni anglatgan.
Doʻrman eli- (hozirda Doʻrmon) moʻgʻulchada ʼʼ toʻrt ʼʼ degan maʼnoni anglatadi.
Kilgit eli- ʼʼ tilida nutqida kamchiligi bor kishiʼʼ maʼnosini anglatadi. Bu haqida Abulgʻoziy Bahodirxon shunday yozadi: ʼʼ Kishining tilida kamligi boʻlsa , turk xalqi boʻltak der. Moʼgʻul kilgi der. Bu kishining tilida kamligi bor erdi. Aning uchun Kilgit tedilar. Barcha Kilgit eli u kishining nasli tururʼʼ.
Nayman eli- Naymanlar moʻgʻul urugʻi hisoblanar edi olimlar naim soʻzi moʻgʻulchada ʼʼsakkizʼʼ maʼnosini anglatadi deb aytadilar. ʼʼ Bu qadim el turur , boshlari va mollari koʻp boʻlur erdi. Yurtlari moʻgʻul yurtinda boʻlur. Qoraqurim tegan yerda va ekinlari boʻlmasʼʼ.
Qalmoq eli- qalmoq soʻzining maʼnosi ʼʼchetda qolganʼʼ (islom diniga kirmay qolgan) degan anglatadi.
Qamoq eli- bir kishi qaniq-qaniq qilib yuruvchi arava yasadi va undan tarqalgan elni Qaniqli tedilar.
Qipchoq eli- qadim turk elinda ʼʼ ichi qoʻsh yogʻochʼʼ ni qipchoq deb atashgan. Oʻgʻuzxon daraxt ichida tugʻilgan bolani asrab olib , unga shunday nom berdi. Qipchoq eli shuning naslidan tarqaldi. Keyinchalik bu xalq nomiga koʼchgan.
Qarluq eli - turkiyda ʼʼqorlik, qorliq joy ʼʼ degan maʼnoni anglatadi. ʼʼ Qorluq eli Moʻgʻuluston togʻlarining ichinda yurt qilib oʻlturdilar. Qorluqning podshohi Arslonxon tegan erdiʼʼ .
Qirgʻiz eli - Oʻgʻuzxonning Qirgʻiz otli nabirasi boʻlgan. Qirgʻiz eli shuning naslidan tarqalgan.
Qoʻngʻirot eli - asarda yozilishicha qayon naslidan boʻlgan Choʻrliq mergan degan kishining Qoʻnqirat degan oʻgʻli boʻlgan va barcha Qoʻnqirat eli uning naslidan tarqalgan.
Uygʻur eli - maʼnosi ʼʼ yopishgʻur ʼʼ . Qoraxonning oʻgʼli Oʻgʻuzxon bir elni birlashtirib shunday atagan.
ʼʼShajarai turkʼʼ da bir qator tarixiy va afsonaviy shaxslar hamda ayrim laqab nomlari ham izohlanadi:
Shish - paygʻambar nomi. Asarda quyidagicha izohlanadi: '' Shishning maʼnosi Haybatulloh temak boʻlurʼʼ
Anush- Shish paygʻambarning oʻgʻli. Bu nom quydagicha izohlangan:"Anushning maʼnosi sodiq temak boʻlur ʼʼ .
Debboqoʻyxon - ʼʼYofas avlodidan Toʻtakning nabirasi, Ablachaxonning oʻgʻli. Oʻlar vaqtinda Debboqoʻyxonni oʻrnida oʻlturdi. Debning maʼnosi taxtning yeri, boqoʻyning maʼnosi el ulugʻi temak boʻlur.
Baʼzi soʻzlarning turk, tojik, arab, moʻgʻul tillaridagi maʼnolarini qiyosiy yoʻsinda sharhlaydi: ʼʼ Oqib boraturgʻan ulugʻ suvni turkiy tilinda soy der. Tojik kichikin rus va uluqin rudxona der va arab vodiy der, Moʻgʻul Muran derʼʼ.
ʼʼShajarai turkʼʼ daliliy maʼlumotlarga juda boy asar. Unda boshqa tarixiy asarlarda uchramaydigan koʻplab muhim maʼlumotlar uchraydi. Moʻgʻul , Turon , Eron xalqlari tarixi koʻz oʻngimizda mufassal yoritiladi. Chingizxon bosqini , Oʻrta Osiyo va Rossiya munosabatlari haqidagi tasavvurlarimiz tiniqlashadi.
XVI-XVII asrdagi Xorazmning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid qimmatli maʼlumotlar beradi. Keyingi davrlarda yaratilgan tarixiy asarlarda ayollar haqida maʼlumotlar berilmaydi. Bu shariat qonunlari bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Ammo Abulgʻozi oʻz asarlarida tarixning yaxlitligini saqlab , maʼlumot berish yoʻlidan borgan. Tarixni yoritishda aloqasi boʻlgan ayollar haqida mufassal toʻxtalishga harakat qilgan.
Tarixiy asarlarda ayollar siymosi koʻp ham aks etmganday tuyuladi. Ammo bir qarashdagina shunday. Aslini olganda barcha voqea hodisalar , evrilishlar , xonu beklarning hayotlari zamirida mooʻtabar ayollar qiyofalari ham bevosita, ham bilvosita aks etib turadi. ʼʼShajarai turkʼʼ da ham bunga misollar oz emas. Oʻgʻuzxonning dunyoga kelishining zikriʼʼ da muallif bagʻoyat mehru ixlos bilan taʼrif etgan, turkiy koʻplab eli xalqning bobokoloni deya eʼtirof etilgan milliy qahramonning kelgudidagi butun shon-shavkatli , yuksak martabalarga erishuvi Oʻzxonning qizi bilan bogʻliqdir. Bu bokira qiz oʻz umrini musulmonchilikka, erisha mehru sadoqatga bagʻishlaydi. Oʻgʻuzxonga qarata ʼʼ Sen ne yoʻlda boʻlsang, men shu yoʻlda boʻlayin ʼʼ deydi. ʼʼ Oʻgʻuzxon aniq koʻp sevar erdiʼʼ deya taʼriflanadi asarda.
Xatto oʻz otasi , musulmonchilikni tan olmagan Qoraxon Oʻgʻuzxonni ovda yurganda tutib oʻldirishga qaror qilganida Oʻzxonning qizi uni jonini saqlab qoladi. Yaʼni , dushmanlar fitnasidan uni xabardor etadi. Qissadan hissa shuki, oqila va tadbirkor rafiqasi gʻanimlar tugʻdirgan kulfatlarga qalqon boʼlmaganida Oʻgʻuzxon halok boʻlishi mumkin edi.
Yaʼni ulkan tarix uzilib qolishi xavfi tugʻilardi. Oʻzxonning qizi mardlik va jasorat , sadoqat koʻrsatib bunga ul qoʻymaydi.
ʼʼShajarai turkʼʼ da soʻz yuritilgan tarixiy shaxslar haqida maʼlumotlarda ularning xotinlari zikri alohida oʻrin egallaydi. Masalan: ʼʼUgaday Qoonning toʻrt moʻtabar xotuni ...bor erdi. Ulugʻ ,xotunining oti Buraqchin, ikkinchi xotuni Turakina Markit xalqining erdi ʼʼ. Bu takidlarga ayollar nisbatan qoʻllanilgan ʼʼmoʻtabarʼʼ , ʼʼulugʼʼ soʻzlarning oʻzida ularning nufuzi va eʼtibori mujassamlashgan.
Abulgʻozi Bahodirxon oʻz onasi haqida alohida toʻxtalgan. ʼʼ Emdi onamiz taifin aytalig . Onamizning oti Mhrbonu xonimʼʼ. ʼʼ Yodgorxonda namoz birlan otamizning otasi qoʻshildur. Olti yoshga yetqanda onamiz haq rahmatiga ketdiʼʼ. Koʼplab tarixiy yozma manbalar singari ʼʼShajarai turkʼʼ ham ayollarimizning azal azaldan ulugʻ moʻtabarligi takror dalolat beradi.
Asarda Xiva xonlarining tashqi siyosati , hamda chet davlatlar bilan aloqalari haqidagi muhim maʼlumotlarni bayon qilingan. Asarda tashqi siyosatda Eron bilan munosabatlar koʻp oʻrinlasda eslatiladi. Unda shoh Ismoil vafotidan soʻng Xiva -Eron munosabatlari nisbatan yaxshilanganligini kuzatish mumkin. Jumladan , Bu hazon hukmronligi davrida shoh Tahmaspning xonlikka elchi yuborganligi haqida berilgan maʼlumot diqqatga sazovor:
ʼʼ Men xongʻa oʻgʻul boʻlayin deyatururman . Temurbiy Chingizxon avlodina kuyov boʻldi ersa , hanuzgacha aniq Temur Kuragon deyatururlar. Men ham Chingizxon avlodina Koʻragan boʻlmoqni koʻnglim izlay turur. To xunkordek ulugʻ dushmanim aytqay kim shoh Tahmasp oʻzbek podshohning qizin oldi. Yaxshi yarashadi. ʼʼ . Bundan koʻrinadiki Eron shohining Buchgʻaxon jiyaniga uylanib oʻrtadagi aloqalarni nikoh munosabatlari bilan mustahkamlashga intilishda siyosiy maqsad koʻzlanganligi, Eron shohining Amir Temurning Chingiziylarga kuyov boʻlganligi kabi Xorazm xoniga kuyov boʻlmoqchi ekanligi bu davrda Xiva xonligida xon hokimiyati nisbatan mustahkam ekanligi koʻrinadi. Dinmuhmmadxon davrida vaziyat birmuncha oʻzgaradi. Asarda Abulgʻozixon ʼʼ Dinmuhmmadxon bu yerda farogʻat turqudek kishi ermas erdi. Hamisha qizilboshni chopdi. Ul sababdin Shoh Tahmasib lashkar yubordi ʼʼ deya qayd etadi.
Bu davrda Xorazmda va boshqa xonliklarimizda boʻlgani kabi taxt uchun oʻzaro kurashlar va xonzodolarning oʻzaro nizolari mamlakat chegaralarini qisqarishiga, mamlakatni tanazzulga va Rossiya bosqini uchun zamin tayyorlagan edi.
Tarixiy voqealar zanjiri boʻylab oʻtmishga safar qilish oxir -oqibatda tafsilotlar dostoni afsonalarga inson tafakkurining behuda doiralariga ham sigʻmaydigan kechinma va holatlarga borib taqaladi. Buning boisi juda qadim voqea va hodisalar haqidagi maʼlumotlar, yozma manbalar deyarli saqlanib qolmaganida , mavjudlari esa asosan inson ruhiyati , aqlu idroki ilohiyot bilan uygʻunlashib unga bir irmoq sifatida qoʻshilib ketishidadur.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. ʼʼShajarai turkʼʼ. Toshkent.Choʻlpon nashriyoti 1992-yil
2. Oʻzbek adabiyoti tarixi. N.Jumanxoʻja. I.Adizova Toshkent 2019.
3. Sharq yulduzi jurnali 2017 yil 7-son. Sotim Avaz. ʼʼ Shajarai turkʼʼ hayratlari.
4. A.Nurmonov Oʻzbek tilshunosligi tarixi.
5. Internet saytlari. Ziyo.com. maʼlumotlar.ru .
Download 105,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish