Fransiyada maktabni bitirgach, kollejlarda o‘qitish tizimi hukmronlik qiladi. Bu esa o‘z navbatida erta kasb egallashdan asrab qoladi. Fransiyada boshlang‘ich ta’lim asosan 11 yoshgacha bo‘lib, keyin o‘quvchi kollejda ta’lim oladi. Undan keyingi ta’limni o‘quvchi umumta’lim yoki texnik litseylarda davom ettirishadi. Bugungi kunda texnik litseylar texnik bilimlarnberib, u asosida bakalavr unvonini olish mumkin. O‘quv muassasining ixtisosligiga qarab, bakalavrlar fransuz tilini, sotsiologiya asoslarini, matematika, tabiiy fanlar va texnologiya fanlarini yaxshi egallaydilar. Texnologiya yo‘nalishidagi bakalavrlar chet tillarini, kompyutr va tijorat bilimlariga ega bo‘ladilar, barcha bakalavrlar oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish huquqiga egadirlar
Do'stlaringiz bilan baham: |