Mavzu: shaharlar tizim ichidagi tizim sifatida


Iqtisodiy baza yoki asosi



Download 25,19 Kb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi25,19 Kb.
#743832
1   2   3
Bog'liq
11.Маъруза.

Iqtisodiy baza yoki asosi. U ikki turdan iborat bo‘ladi: shahar hosil qiluvchi va shaharga xizmat qiluvchi tarmoqlar.(SHaharlar geografiyasi. O‘quv qo‘llanmada bor.)SHaharda avvaldan maqsadli qilib EPS, TPKlar shaklida ishlab chiqarish tashkil etilsa yaxshi samara beradi. Lekin ko‘pincha bir-biri bilan bog‘lanmagan korxonalar joylashgan, ularda ishlab chiqarishning barcha bosqichlari yo‘q, har xil sohadan ayrim bosqichlari ma’muriy buyruqbozlik asosida tashkil etilgan. Ilmiy asosda o‘rganilmagan. Natijada turli sohalar tarkibiga kiruvchi, bir-biri bilan texnologik yoki funksional bog‘lanmagan korxonalar to‘plangan. (Lappo G., Geografiya gorodov, 27-29 betlar).
Ta’minot. Bu sotsial va texnik ta’minotdir, ya’ni injener-texnik ta’minot, kommunikatsiya tizimi, vodoprovod, kanalizatsiya, maishiy xizmat, sog‘liqni saqlash, bozor, ta’lim muassasalari, remont, teatr, muzey va b. xizmatlar. Ular qanday joylashishi kerak. Iloji boricha aholi yoniga, lekin yiriklari teatr, muzey, katta univermag hamma borishi oson bo‘lgan markaziy joyga qurilgani yaxshi.
Transport bu tarkibiy qismlarni hammasini bir-biri bilan bog‘laydi. SHaharning katta kichikligiga qarab har xil transportdan foydalaniladi. Hozirgi kunda shaharda eng rivojlanib ketgan eng hamma uchun ma’quli shaxsiy avtomobil. Lekin shahar uchun eng yomoni ham shu, eng ifloslovchi, yo‘llarni to‘ldirib jamoat transportiga xalaqit beruvchi, stoyanka va probkalar muammosini keltirib chiqaruvchi ham shu. Yo‘llarni qanday tashkil etsa eng ma’qul hisoblanadi. Velosipedmi? YAna nima?
Transport bularni hammasini bir butun tizimga keltiradi. SHaharni bitta butun deb olsak, uning atroflarida yana qancha shahar va qishloqlar bor. SHahar o‘z atrofidagi shaharlar bilan qaysidir darajada bog‘langan bo‘ladi, qaram bo‘ladi, ta’sirida bo‘ladi. Demak,undan kattaroq ham tizim bor.
Aholi manzilgohlarining tizimi-bu turli o‘lcham va ixtisoslashuvga ega bo‘lgan, tarkibiy-funksional jihatdan ierarxik (Ierarxiya-kattadan kichikka qarab pog‘onasimon joylashuv)
tuzilgan va tashqi muhit bilan bog‘lanuvchi shahar va qishloqlarning bir butun o‘ziga xos yig‘indisidan iborat rayondir. Undagi turli o‘lcham va tipdagi aholi manzilgohlarining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘la va to‘g‘ri foydalanish katta iqtisodiy va ijtimoiy samara beradi. U iqtisodiy-ijtimoiy tizim sifatida ma’lum hududga ega bo‘ladi, uning katta kichikligini elementlarining o‘zaro aloqalar intensivligi belgilab beradi. Aloqalar intensivligi markazdan uzoqlashgan sari kamayib boradi va tugagan joyda rayon chegarasi o‘tadi. Bunday tizimlar iqtisodiy asosi, infratuzilmasining (transport, injenerlik, sotsial, suv va energetika va b.) yagonaligi bilan ham ajralib turadi.
Aholi manzilgohlarining hududiy tizimlari genetik, funksional tarkibi, katta-kichikligi, aloqalar intensivligi, rivojlanish darajasi kabi ko‘rsatkichlarga asosan bir necha turlarga ajratiladi: lokal hududiy tizimlar, shaharlar guruhlari, shahar tizimlari, shahar aglomeratsiyalari (rivojlangan, rivojlanayotgan) va h.k. Ular ochiq tizimlar bo‘lib, o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanadi va urbanistik areallar-rayonlar vujudga keladi. Bunday tizimlarning shakllanishida yirik shaharlar asosiy o‘rin tutadi. Ular tizimning eng bosh asoschisi, eng yuqorida turadi. U qanchalik katta bo‘lsa o‘zidan keyingi pog‘onalarda yana tizimlar ko‘p bo‘ladi va tizim o‘ta murakkab bo‘ladi. Ushbu toifa (yirik) shaharlarining rayon hosil qiluvchi rolini alohida ta’kidlash joiz. Ularda yirik sanoat va qurilish korxonalari, xo‘jalik boshqarmalari, nomoddiy soha muassasalari joylashadi, sanoat tugunlari, hududiy ishlab chiqarish majmualari, transport tugunlari shakllanadi, o‘z navbatida ularning asosida shaharlar rivojlanadi, nafaqat shahar, balki o‘z atrofiga ham xizmat ko‘rsatadi, boshqa aholi manzilgohlari bilan ishlab chiqarish, mehnat, o‘qish, dam olish va b. aloqalar bilan bog‘lanadi va u transportning rivojlanishi orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish aloqalarining shakllanishidan iqtisodiy rayonlar, aholining turli maqsadlarda aloqalarni amalga oshirishi asosida aholi manzilgohlarining hududiy tizimlari (rayon rasseleniya) shakllanadi, yirik shahar uning “yadro”siga aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi asosida sanoat rayonining vujudga kelishi, uning asosida esa shahar aglomeratsiyasining vujudga kelishini Navoiy shahar aglomeratsiyasi misolida ko‘rish mumkin. Tog‘-kon, kimyo, rangli metallurgiya, elektroenergetika, qurilish materiallari kabi yirik sanoat korxonalarining hududiy-urbanistik mujassamlashuvi Zarafshon, Uchquduq, Langar, Karmana, G‘ozg‘on, Muruntov, YAngirabod kabi aholi manzilgohlarini yagona tizimga birlashtirmoqda.
Poytaxtlik funksiyasi esa Toshkent shahri va uning atroflaridagi yo‘ldosh shaharlarning mavjud imkoniyatlarini ishga solishga undab, respublikada shakllangan shahar va qishloqlarning eng yirik va murakkab xududiy tizimini vujudga keltirgan. Aglomeratsiya tarkibidagi yo‘ldosh shahar va qishloqlar o‘zining shart -sharoiti, geografik o‘rni, mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ma’lum funksiyalarni bajarishga ixtisoslashib bormoqda: CHirchiq, YAngiyo‘l-maxsus sanoat, Salor, Iskandar -transport tugunlari, CHorbog‘-kurort-rekreatsiya, Ulug‘bek-ilm-fan, To‘ytepa, YAngibozor, G‘azalkent-qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va h.k. Eshonguzar, Keles, Hasanboy, Xonobod, Salor kabi aholi manzilgohlari bevosita poytaxtga qo‘shilib ketmoqda.
Mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy kuchi aholi manzilgohlari, asosan shaharlar bo‘yicha taqsimlangan. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ulardan foydalanish, qayta tiklash ishlarini ayniqsa, yirik shaharlar va ular hosil qilgan hududiy tizimlarda alohida o‘rganish mamlakat rivojlanishining uzoqmuddatli strategiyasini amalga oshirishning hududiy bo‘g‘ini bo‘lib, hozirgi mintaqaviy iqtisodiy siyosatning asosiy markazi bo‘lishiga olib keladi.
Hozirgi kunda shahar hududini tizimli tashkil etishda shahar klasterlaridan foydalanilmoqda.
Klaster inglizcha so‘z bo‘lib, to‘plam, bog‘lam ma’nosini anglatadi. Bir qancha bir xil elementlarni o‘z ichiga olgan, mustaqil birlik sifatida faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan birlik.
Yirik shahar-megapolis ichida o‘ziga xos alohida ajralib turadigan hududda, shu hudud yoki qism aholisiga barcha shahar funksiyalarini naborini bo‘lib berish (savdo, rekreatsiya, boshqaruv, jiloy, va b.) bilan ish bilan ta’minlash. (kompleksdan kengroq bo‘lib, moliyalashtiruvchi tashkilotlari, infratuzilma xizmati va b. Larni ham o‘z ichiga oladi.) Masalan, rangli qalam nabori bir xil funksiyani bajaradi, ya’ni rang berish, bunda har bir qalam o‘z rangi b-n ishtirok etadi. YOki spalniy nabor, shkaf, tumbochka, krovat funksiya bitta uxlash uchun xizmat qiladi, shu ishni bo‘lib olishadi.

Download 25,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish