Mavzu: Shahar transport xo`jaligi va aloqa yo`llari Annotatsiya



Download 24,89 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi24,89 Kb.
#930810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diplom Xolida

7 ta avtostansiyada (Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari) qurilish hamda 2 ta avtostansiyada (Andijon va Buxoro viloyatlari) rekonstruksiya ishlari yakunlandi.
2020 - yil davomida jami 261 ta, shundan 172 ta “Isuzu” va 89 ta “Yutong” rusumli avtobuslar xarid qilinib, avtobus yo‘nalishlariga foydalanishga topshirildi.
Yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida, 2020- yil 1- yanvardan Toshkent shahri jamoat transportida (avtobus va metropoliten) avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimi joriy etildi.
Jamoat transporti yo‘lovchilariga qulayliklar yaratish maqsadida, 69 ta savdo shahobchalari, 1 900 dona o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi bank terminallari va 61 ta metro kassalarida yo‘l chiptalari va transport kartalari sotuvi tashkil etildi.
Shu bilan birga, 1080 ta avtobuslar mobil validatorlar va 2098 ta avtobuslar statsionar validatorlar bilan jihozlandi hamda metropolitenning barcha bekatlarida stantsionar validatorlar o‘rnatildi.
2020 - yil davomida jami 4 57 trln.so‘m (rejaga nisbatan – 104,1 foiz) miqdorida avtomobil yo‘llarini qayta qurish, ta’mirlash va saqlash ishlari bajarilib, 6 178,8 km avtomobil yo‘llari (rejaga nisbatan – 100,6 foiz) qayta qurildi va ta’mirlandi.
2020 - yil yakuni bo‘yicha transport sohasida jami 1,27 mlrd. dollar transport xizmatlari eksporti prognozi belgilangan bo‘lib, amalda 882,7 mln. dollar (prognozga nisbatan 70 foiz) bajarildi.
Shu jumladan:
temir yo‘l transporti xizmatlari – 614,0 mln. doll., rejaga nisbatan 104 foiz;
avtomobil transporti xizmatlari – 36,7 mln. doll., rejaga nisbatan 105 foiz;
havo transporti xizmatlari – 232,0 mln. doll., rejaga nisbatan 36 foiz.
Investitsiya dasturlari doirasida transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida 134 ta loyiha bo‘yicha 925,3 mln. dollarlik investitsiya o‘zlashtirish belgilangan bo‘lib, amalda 743,6 mln. dollar (81%) o‘zlashtirildi.
2020 - yil davomida 8 ta investitsiya loyihalari yakunlanib, foydalanishga topshirildi va mazkur loyihalar doirasida 2322 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, shu jumladan:
Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasining 2-bosqichi (2,9 km), Sergeli liniyasi (7,0 km) va yer usti xalqa metrosining birinchi bosqichi (11,4 km) qurilishi ishlari yakunlandi;
“Andijan-Savay-Xonobod” temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish hamda shaharlararo poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi (65 km).
2020 - yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomidan “Xitoy – Markaziy Osiyo – Kavkaz – Yevropa” multimodal transport yo‘lagini Qashg‘ar shahrigacha bo‘lgan temir yo‘l uchastkasini “Bir makon, bir yo‘l” loyihasiga kiritish bo‘yicha Xitoy davlat kengashi raxbari Li Kesyan nomiga rasmiy xat yuborildi.
Milliy eksportyorlarimiz uchun yuklarni temir yo‘lda tashish bo‘yicha qulayliklar yaratish maqsadida asosiy xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l tashuvlari tariflariga 50-70 foizgacha chegirmalar olinishiga erishildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 27 972 tonna mis va sink yuklari ortilgan 14 ta blok-poyezd (jami 1 037 ta 20 futli konteynerlar) “Toshkent – Aktau – Baku – Tbilisi – Kars – Istanbul” yo‘nalishi orqali Turkiyaga hamda 25 912 tonna mis ortilgan 20 ta blok-poyezd (jami 656 ta 40 futli konteynerlar va 328 ta 20 futli konteynerlar) “Toshkent – Keles – Oltinko‘l – Xorgos” va “Toshkent – Keles – Dostiq – Alashankau” yo‘nalishlari orqali Xitoyga yuborildi.
2020 - yil 1- avgustdan xorijiy aviakompaniyalarga hududiy aeroportlarda beshinchi darajadagi “havo erkinligi”, “Navoiy” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida esa yuk tashuvchi aviakorxonalar uchun yettinchi darajadagi “havo erkinligi” joriy etildi.
Respublika hududidan tranzit yuk tashuvlarini oshirish borasida olib borilgan ishlar natijasida joriy yil 5 - iyunda Xitoyning Gansu provinsiyasi Lanjou shahridan Qirg‘izston va O‘zbekiston orqali multimodal tranzit yo‘li orqali 25 ta 40 futlik konteynerlar birinchi partiyasi Turkmanistonning Mari stantsiyasiga jo‘natildi.
Erondan Afg‘oniston orqali o‘tuvchi O‘zbekiston va Qirg‘izistonga ikkita avtotransport vositalarida pilot tashuvlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida eTIR (electronic TIR) tartibidan foydalangan holda pilot yuk tashuvi amalga oshirildi.
“Mozori-Sharif – Qobul” temir yo‘l uchastkasi qurilishini moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlat rahbarlari nomidan xalqaro moliya tashkilotlariga murojaatnoma yo‘llandi.
2020 - yil 10- yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi 4564-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xavfli yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish to‘g‘risidagi Yevropa bitimiga qo‘shildi.
Bundan tashqari, 2020 - yil avgust oyida Xalqaro transport forumiga, 2020 - yil 25 - sentyabrda “Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi konvensiyasining elektron yuk xatiga oid 2008- yil 20 - fevralda Jeneva shahrida imzolangan Qo‘shimcha bayonnomasi”ga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi amalga oshirildi.
2020 - yil davomida Transport vazirligi tomonidan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha muzokaralar jarayoni faollashtirildi, videokonferensaloqa orqali to‘rtda uchrashuv o‘tkazildi, moliya-iqtisodiy masalalar bo‘yicha tegishli ishchi guruh tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 27- oktyabrdagi PF–6096-son Farmoniga asosan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ davlat aksiyalar paketi transfomatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan Moliya vazirligiga o‘tkazildi.
2020 - yil dekabr oyida Moliya vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Airways” AJ va “Uzbekistan Airports” AJ Kuzatuv kengashi yig‘ilishlari o‘tkazilib, Farmon talablaridan kelib chiqqan holda ushbu jamiyatlarni transformatsiya qilish yuzasidan aniq muddat va ma’sullarni belgilagan holda zarur choralar belgilab olindi
“BCG” xorijiy konsalting kompaniyasi takliflarini inobatga olgan holda, temir yo‘l transporti tizimini tubdan isloh qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi tayyorlandi.
“Uzbekistan Airports” AJ tarkibida “Loyihalar ofisi” tashkil etilib, uning asosiy vazifalari etib transformatsiya jarayonlari doirasida ko‘zda tutilgan aeroportlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, samaradorlikni oshirish, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish ishlarida faol ishtirok etishi belgilandi.
Turkiyadan jalb etilgan mutaxassis Orxan Sivrikaya “Uzbekistan Airways” AJning boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xorijlik mutaxassisga aviakompaniyaning moliyaviy daromadi va mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, aviakompaniya biznes jarayonlarida qatnashish, daromad va xarajat bo‘yicha ish unumdorligi va KPI ma’lumotlarini aniqlash va kuzatib borish kabi vazifalar yuklatildi.
Transport vazirligi ushbu mutaxassis bilan hamkorlikda xorijiy tajriba o‘rganilib va marketing tadqiqotlar o‘tkazilib, “Uzbekistan Airways” AJni umumiy rivojlantirish strategiyasi rejasi ishlab chiqildi.
Turkiyaning “Kalyon Ulastirma Muhendislik ve Musavirlik A.S.” kompaniyasi bilan birgalikda “Toshshahartransxizmat” AJ faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasining Transport tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish strategiyasi hamda “Transport to‘g‘risida” qonuni loyihalari Prezident Administratsiyasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Prezidentning “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.





Download 24,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish