3. Kuzatish va kuzatuvchanlik
Kuzatish idrokning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo`ladi. Kuzatishning muvaffaqiyati
oldindan qo`yiladigan maqsadga, ko`riladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatning kuchiga va fikrlash faolligiga bog`liq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatlaridanki, bunda u narsa - hodisalarning unga bilinmaydigan, lekin muhim xarakterli xususiyatlarini payqay oladi. Kuzatuvchan kishi ko`proq narsani ko`radi, chuqurroq tushunadi, narsa - hodisalar o`rtasidagi o`xshashlik va farqni topadi, muhim bo`lmagan belgilarni ajratadi. Akademik I.P. Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan. U Sankt - Peterburg yaqinidagi Pavlovo shahridagi Fiziologiya institutining old tomoniga “Kuzatuvchanlik, kuzatuvchanlik va yana kuzatuvchanlik” deb yozdirib qo`ygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |