Mavzu; Sezgi va idrok umumiy tasavurlar yondashuvlar


Idrok qilishni tashkil qilish



Download 150,85 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2022
Hajmi150,85 Kb.
#577797
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5411410865972844607

Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni ko‘ramiz.
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil qiluvchi miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya metallini xlor – zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi hosil qilasiz. SHakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy qismlari miqdori emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok qilish har doim sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi.
Shaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z “ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi mumkin?
Binokulyar yo‘l-yo‘riqlar
Bizning ko‘zlarimiz bir-biridan 2,5 dyuym masofada joylashganligi sababli ularning to‘rpardalari atrof-muhit manzaralarini biroz turlicha qabul qiladi. Miya ushbu manzaralarni solishtirganda, aynan to‘rsimon nomutanosiblik (ikki manzara o‘rtasidagi farq) masofani aniqlashga yordam beradi. Agar Siz barmog‘ingizni burun uchiga deyarli tegizilgan holda ushlab tursangiz, to‘rpardalarda barmoqning 2 ta har xil aksi paydo bo‘ladi (Siz bunga rasmda ko‘rsatilgandek, navbatma-navbat bir ko‘z, so‘ngra esa ikkinchi ko‘z qisilganda va barmoqlaringiz ingichka kolbasa ko‘rinishida bukilganda bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin). Katta masofada esa, aytaylik, uzatilgan qo‘l masofasida ushbu nomutanosiblik kamroq bo‘ladi.
Stereoskopik filmlarni yaratuvchilar bir-biridan bir necha dyuym (1 dyuym – 25,5 mm) masofada joylashtirilgan ikkita kamera yordamida suratga olish orqali to‘rsimon nomutanosiblikdan kuchli taassurot hosil qiladilar (xuddi shunday imkoniyatni, ehtimol, kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan kompyu­terda ham yaratishni istardik). So‘ngra ekranga ko‘zoynak yoki chap ko‘z bilan chap kameraning “ko‘rish maydoni”, o‘ng ko‘z bilan esa – o‘ng kameraning “ko‘rish maydoni”ni ko‘rish imkonini beradigan maxsus moslama orqali qaralganda, to‘rsimon nomutanosiblikning odatdagi samarasi hosil bo‘ladi. Kompyuter namunalari uchun ham ushbu samara xosdir.[1]
Idrokning yana bir muhim xossasi – bu uning faolligi, yoki tanlab o‘tkazishi. Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar guruhini idrok qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning foni bo‘lib xizmat qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob o‘qib o‘tirganingizda ortingizda nimalar sodir bo‘layotganiga e’tibor bermaysiz. SHunday qilib, idrok faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan.
Endi idrok turlarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlarni keltirish mumkin. Tasniflanishlardan birining asosida idrokda ishtirok etuvchi analizatorlardagi tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning ahamiyatliligiga muvofiq ravishda ko‘rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid bilish va ta’m bilish idroklari mavjud.
Odatda, idrok – qator analizatorlar o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib hisoblanadi. Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri-tuyish idrokini aytib o‘tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi. Odatda, ularning o‘zaro uyg‘unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab turlari hosil bo‘ladi. O‘quvchi tomonidan matn idroki ko‘rish, eshitish va kinestetik idrokni o‘z ichiga oladi. Harakatni idrok qilish masalasini ko‘rib chiqamiz. Agar jism fazoda harakatlanayotgan bo‘lsa, u holda biz, uning harakatini yaxshi ko‘rinish sohasidan chiqishi bilan, unda yana nigohimizni to‘xtatishimiz uchun ko‘zlar yoki boshni harakatlantirishimizga majbur qilishining natijasi sifatida idrok etamiz. Bunda ikki hodisa sodir bo‘ladi. Birinchidan, jismning tanamiz holatiga nisbatan surilishi uning fazodagi harakatlanishidan darak beradi. Ikkinchidan, miya jismni kuzayotgan ko‘zlar harakatini qayd etadi. Ikkinchi holat harakat idroki uchun juda muhimdir, lekin ko‘zlar harakati haqidagi axborotni qayta ishlash mexanizmi o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayondir.
Ammo, harakat idroki ko‘zlarning harakati bilangina tushuntirilmaydi,- ko‘z bir vaqtda qarama-qarshi tomonlarga harakatlana olmasada, biz bir vaqtning o‘zida harakatni ikki qarama-qarshi yo‘nalishda idrok etamiz. SHu bilan birga, harakat taassuroti uning reallikda mavjud emasligida yuzaga kelishi mumkin, masalan, kichik tanaffuslar bilan ekranda ob’ekt harakati fazalarini amalga oshiruvchi tasvirlarni ketma-ket ko‘rsatish. Bu stroboskopik ta’sir bo‘lib, uning yuzaga kelishi uchun alohida seskantiruvchilar ma’lum vaqt oraliqlarida bir-biridan uzoqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Stroboskopik ta’sirdagi eng katta tanaffus 0,45 sek.ga teng. Kinematografiyadagi harakatlar idroki xuddi mana shu ta’sir asosida amalga oshiriladi.
Harakatlar idrokida vositali harakatlar tasavvurini hosil qiluvchi qo‘shimcha belgilar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shimcha belgilardan foydalanish mexanizmi harakatning biror-bir belgilarini aniqlashda ularning intellektual qayta ishlanishi va jismning harakatlanayotgani haqida fikr bildirilishidan iborat. Xuddi shunday, harakat tasavvuri harakatsiz jismning qismlari uchun noodatiy holatni yuzaga keltirishi mumkin. Harakat haqida tasavvurlarni hosil qiluvchi «kinetik holatlar» qatoriga, jismning engashtirilgan holati, shaklining noaniqligi va boshqalar kiradi.
Harakat idrokining barcha nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin. Nazariyalarning birinchi guruhi harakat idrokini oddiy, ketma-ket keladigan ko‘rish sezgilarining harakati o‘tadigan alohida nuqtalaridan hosil qiladi va harakat idroki bu oddiy ko‘rish sezgilarining qo‘shilishi natijasida yuzaga kelishini ta’kidlaydi (V. Vundt).
Ikkinchi guruh nazariyalarining ta’kidlashiga ko‘ra, harakat idroki bunday oddiy sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan maxsus sifatga ega. Bu nazariya vakillari (M. Vertgeymer)ning aytishicha, kuy tovushlarning oddiy yig‘indisi emasligiga, ulardan farqlanuvchi yaxlitlik bo‘lgani kabi, harakat idroki ham bu idrokni tashkil etuvchi oddiy ko‘rish sezgilarining yig‘indisiga teng bo‘lmaydi.
Vertgeymer fikricha, harakat idroki harakatlanuvchi jismlarning o‘zini idrok qilishdan farq qiluvchi maxsus kechinma hisoblanadi. Agar ob’ekt turlicha (a) va (b) holatdagi idrokining ikki ketma-ketligi bo‘lsa, u holda harakat kechinmasi bu ikki sezgilardan tuzilmaydi, balki, o‘rtada turib, ularni birlashtiradi. Bunday harakat kechinmasini Vertgeymer fi – fenomeni deb ataydi.

Download 150,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish