II BOB. Scratch dasturi ishchi muhiti bilan tanishish
Scratch dasturi 2 xil: onlayn hamda offlayn holatda ishlaydi. Maktab kompyuter sinf xonalarida internet cheklanganligini hisobga olsak, offlayn holatda ishlaydiganidan foydalanish qulayroq.
Dasturni o‘natish uchun uning o‘rnatuvchi fayli bo‘lishi kerak. O‘rnatuvchi faylni https://scratch.mit.edu/download elektron manzildan yuklab olishingiz mumkin. Yana bir yaxshi tomoni o‘zbek tilida ham foydalansa bo‘ladi. O‘rnatish uchun avval Adobe AIR platformasi o‘rnatiladi, keyin Scratch dasturi o‘rnatiladi.
Scratch dasturi interfeysi uchta asosiy qismdan iborat: sahna maydoni,bloklar palitrasi va bloklar ishlaydigan skriptlarga joylashtirish va tartibga solish uchun kodlash maydoni. Foydalanuvchilar shuning ScratchJr ScratchJr - 5 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni (uning mo‘ljallangan auditoriyasini) dasturlash dunyosiga kiritish uchun mo‘ljallangandir .U qisman Scratch Team-ning ba'zi a'zolari tomonidan ishlab chiqilgan va u iOS va Android-da mobil dastur sifatida mavjud.
"Scratch" so‘zi Scratch foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lgan boshqa iboralarni keltirib chiqardi:
New Scratcher - Yangi Scratcher maqomiga ega bo‘lgan foydalanuvchi
Scratcher - Scratch-ning foydalanuvchisi
Scratching - Scratch-dan foydalanishni anglatuvchi fe'l
Chizilgan - boshqa o‘yinning nusxasi bo‘lgan loyiha. masalan "Pac-man Scratched"
Chizish vaqti - forumlar belgilangan vaqt zonasi (EST / EDT)
Scratch Team - veb-sayt moderatorlari va ishlab chiquvchilari.
Chizish yoqildi! - Scratch Team tomonidan ishlab chiqilgan va ular tomonidan ishlatilgan (garchi boshqa Scratchers tomonidan ham moslashtirilgan bo‘lsa ham) foydalanuvchilarni rag'batlantirish uchun "Scratch-dan foydalanishni davom ettirish" ma'nosidagi ibora.
Scratch dasturining ish oynasi quyidagicha.
2-rasm. Scratch interfeysi
Sahna – Spraytlarni sahnaga joylashtirish bo‘limi.
Spraytlar ro‘yhati – Sprayt ob’yektlarini hammasini ko‘rsatadi. Spraytni chertish orqali tanladi va sprayt haqida ma’lumot olish ham mukin.
Sahnalar turlari – Bu bo‘limda sahna ko‘rinishlarini tanlashimiz, o‘zgartirishimiz yoki mustaqil ravish yaratish ham mumkin.
Spraytlarni tahrirlash – Bu yerda mavjud bo‘lgan spraytlardan tanlashimiz yoki mustaqil ravishda sprayt yaratishimiz mumkin.
Menyular satri – Menyular satrida dastur tilini o‘zgartirishimiz, yangi oyna ochishimiz, saqlashimiz, tahrirlashimiz, maslahat olishimiz va dastur haqida ma’lumot olishimiz mumkin.
Obyekni boshlash/to‘xtatish – Bu bo‘limda berilganlardan bayroqcha bolsilsa tayyorlangan ob’yekt boshlanadi. Yoki obyektlarni ishlash jarayonini to‘xtatishimiz mumkin.
Bloglar paletrasi - Spraytlar va orqa fon sahnalarini boshqarish kod bloglari.
Scriptlar – Spraytlar va orqa fon sahnalarini biror hodisa bajarishini kiritish.
Spraytlar, kostyumlar, tovushlar – Ob’ektlarga kod yozishda, har xil tovushlar qo‘shishda va ko‘rinishini o‘zgartirish bo‘limi.
Nusxa olish, qirqish, kattalashtirish va kichiklashtirish – Spraytdan nusxa olish, qirqib olish, kattalashtirish va kichiklashtirish kabi buyruqlarni bajarish bo‘limi.
Scriptlar maydoni – Spraytlarga va orqa fonga scriptlarni joylashtirish bo‘limi.
Zoom – Scriptlar maydonini kattalashtirish yoki kichiklashtirish bo‘limi.
Yuqoridagi bo‘limlardan bo‘lgan kostyumlar (custumes) bo‘limi ko‘rinishi quyidagicha :
3-rasm.
Yangi kostyum – Bu yerda dasturning bazasida mavjud bo‘lgan yangi kostyumlarni tanlashingiz mumkin, shu bilan bir o‘zingiz yaratgan kostyumni ham import qilishingiz mumkin.
Kostyumlar ro‘yhati ‑ Bu yerda bizga kerak bo‘ladigan kostyumlar ro‘yhati joylashgan bo‘ladi.
Holat maydoni – Spraytda bo‘ladigan o‘zgarishlar namayon bo‘ladi.
Kostyum nomi – Kostyumlar ro‘yhati bo‘limidagi spraytlarga nom beriladi va keyinchlik tuziladigan dasturda shu nomga murojaat qilinadi.
Aylanish bo‘limi – Spraytlarni o‘z o‘qi bo‘ylab o‘ng yoki chap tomonga aylantirish uchun qo‘llaniladi.
Sozlamalar – Rasmni tahrirlab sozlash bo‘limi. Bu yerda chiziqlar chizish, shakllar chizish, rang berish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Tozalash, qo‘shish, import qilish – Bu yerda kostyum bo‘limini tozalab dastlabki holatga qaytarish, kutubxonasida mavjud bo‘lgan rasmni qo‘shish va kompyuter xotirasida mavjud bo‘lgan rasmni joylashtirish mumkin.
Burilish bo‘limi – Spraytlarni o‘ng va chapga yoki pastga va yuqoriga burish uchun qo‘llanildi.
Zoom bo‘limi – Bu yerda spraytlarni kattalashtirish yoki aksincha kichiklashtirishungiz mumkin.
Bitmap/vector formasi – Grafik muharriri ikkita formali – bitmap va vector. Vektor formasida muharrir sizga ularni yaratganingizdan keyin shakllarni tahrir qilishga ruxsat beradi va chunki, kostyumlar va orqa fonlarni kattalashtirgangizda yorqinroq aks etadi. Bitmap formasida yaratilgan yangi chizilgan kostyumlarning ko‘rinishini yoki shakli o‘zgartira olmaysiz.
Ranglar paletrasi – Rangni tanlash uchun paletradan foydalanish.
Chiziq o‘lchami – Chizishda foydalaniladigan chiziq o‘lchamini o‘zgartirish uchun yurgich siljitiladi.
Scratch dastur yaratilgan har xil o‘yin va dasturlarga turli xil tovushlarni joylashtirishingiz mumkin. Buning Sounds(tovushlar) bandiga kiriladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi.