Mavzu: Sayyor syujetlar masalasi



Download 36,41 Kb.
bet2/3
Sana23.06.2021
Hajmi36,41 Kb.
#99238
1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi(1)

Ishning dolzarbligi. So’nggi yillarda syujet va uning turlari, sayyor syujetlar masalasiga bag’ishlangan tadqiqotlar ko’lami kengaydi. Sayyor syujetlar nazariyasining mazmuni va uning Jahon adabiyotida tutgan o’rnini izohlash.

Ishning maqsadi.Syujet turlari va tarkibiy qismlarini o’rganish, sayyor syujetlar ko’lamini aniqlash, ularni kelib chiqish nuqtai nazaridan tahlil qilish

Ishning vazifasi. Sayyor syujetlarni aniqlab, ularning badiiy matnda tutgan o’rni va vazifasini yoritish.

Sujet (frans.— predmet, "asosga qo`yilgan narsa") badiiy shaklning eng

muhim elementlaridan biri sanalib, badiiy as ardagi bir-biriga uzviy bog`liq holda

kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini

anglatadi. Umuman, sujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri

bo`lib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham sujet mavjuddir. Faqat shunisi borki,



har bir turda, janrda sujet o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Masalan, aksariyat lirik she`rlarda voqealar tizimi mavjud emas, biroq ularda o`y-fikrlar, his-kechinmalar rivoji kuzatiladiki, bu ularning sujetini tashkil qiladi. Shuningdek, ba`zan kichik hajmli hikoya va novellalardagi sujet ham "voqealar tizimi" degan ta`rifga muvofiq kelmaydi: bunda bir hayotiy holat ichidagi o`sish, rivojlanish kuzatiladi (Mas.: Cho`lponning "Taraqqiy", A.Qahhorning "Bemor" hikoyalari). Shu xil holatlarni ko`zda tutgan holda adabiyotshunoslikda voqeaband sujet va voqeaband bo`lmagan sujet turlarini ajratiladi. Yana shuni aytish kerakki, ayrim adabiyotshunoslar (mas., G.Pospelov) fikricha, sujet epik hamda dramatik asarlarga xos bo`lib, lirik asarlar sujetga ega emas. Boshqalar sujet deb atagan lirik asardagi o`y-fikrlar, his-kechinmalar rivojini ular kompozitsiya bilan bog`lab tushuntiradilar.Ya`ni, bu o`rinda lirik asar kompozitsiyasi sujet (voqealar tizimi) o`rnini bosadi, o`y-kechinmalarni muayyan tartibda uyushtiradi. Bu xil qarashning qulayligi shundaki, u ishda terminologik chalkashliklardan qochishga, "sujet" deganda asarda tasvirlangan voqealar tizimini tushunishga imkon beradi. Darslik va qo`llanmalarda sujetga M.Gorkiy tomonidan berilgan ta`rif keltiriladiki, unga ko`ra sujet "u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir". Biroq, ma`lumki, barcha badiiy asarlarda ham xarakter rivojlanishda, o`sish va shakllanishda ko`rsatilmaydi. Misol uchun, A.Qahhorning mashhur "O`g`ri" hikoyasini olib ko`raylik. Ma`lumki, bu hikoyada xarakterlar tayyor holda beriladi, voqea davomida rivojlanmaydi, — sujet bu o`rinda voqeaning ichki rivojini namoyon etadi, xolos. Demak, M.Gorkiyning sujetga bergan ta`rifi universal bo`lolmaydi, u ayrim tipdagi asarlarga (mas.,"Qutlug` qon","Kecha va kunduz") nisbatangina to`g`ri keladi. Modomiki biz "sujet" deganda epik va dramatik asarlarga xos sujetni nazarda tutarkanmiz, unda sujet asardagi "bir-biriga bog`liq voqealar tizimi" yoki "konkret holat, bitta voqeaning ichki rivoji sifatida tushunilgani to`g`riroq bo`ladi. Shu bilan birga, sujet voqealari davomida personajlar xarakterining ochilishi, shakllanishi ham bor narsa. Faqat bunga sujetning badiiy asardagi funksiyalaridan biri sifatida qarash haqiqatga yaqinroq, uni sujetning mohiyati sifatida tushunish xatodir.Sujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so`z ketganda, avvalo, uning asar problemasini badiiy tadqiq etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini aytish kerak. Demak, sujet asarda mavzuni shakllantirgani holda, uning qanday bo`lishi mazmunga, muallifning ijodiy niyatiga bog`liq bo`lib qoladi. Masalan, A.Qodiriy "O`tgan kunlar" uchun tanlagan sujetda Otabekning Toshkentdan, Kumushning Marg`ilondan bo`lishi — ijodiy niyat ijrosi uchun eng maqbul (optimal) variant. Negaki, romanning o`zagi bo`lmish "ishqiy-maishiy" sujet chizig`ining Toshkent - Marg`ilon orasida kechishi yozuvchiga o`zini o`ylatgan problemalar tadqiqi uchun zarur voqealarni asarga olib kirish imkonini

yaratadi. Jumladan, Otabekning dor ostiga borishi, Toshkent isyoni, qipchoq

qirg`ini kabi voqealar asarga hech bir zo`rakiliksiz, o`quvchi xayolini band etgan

Otabek-Kumush liniyasiga uzviy bog`langan holda olib kiriladi va, muhimi, ular adibga shaxs erki, millat erki, millat taqdiri muammolarini atroflicha badiiy tadqiq qilish, fikrlarini ifodalash imkonini yaratadi. Ko`rinadiki, sujetning badiiy asardagi eng muhim funksiyasi — badiiy konsepsiyani shakllantirish va ifodalashga xizmat qilishida namoyon bo`lar ekan.

Badiiy asarsujeti personajlarning "harakat"laridan tarkib topadi.

Ma`lumki, keng ma`noda "harakat" so`zi vaqt birligi davomida kechuvchi har

qanday jarayonni anglatadi. So`zning biz ishlatayotgan maxsus ma`nosi ham

mohiyatan shunga yaqin: "harakat" istilohi ostida personajlarning makon va

zamonda kechuvchi xatti-harakatlari ham, ruhiyatidagi o`y-fikrlar, his-kechinmalar

rivoji ham tushuniladi. Demak, "harakat"ning o`zi ikki turli ekan. Shunga muvofiq,

bu harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab sujetning ikki turi

ajratiladi: a) "tashqi harakat" dinamikasiga asoslangan sujet va b) "ichki harakat"

dinamikasiga asoslangan sujetlar. Tashqi harakat dinamikasiga asoslangan sujetlarda personajlarning muayyan maqsad yo`lidagi xatti-harakatlari, kurash va to`qnashuvlari, hayotidagi burilishlar tasvirlanadi, shu asosda ularning taqdirida, ijtimoiy mavqeida muayyan o`zgarishlar yuz beradi. Sodda qilib aytsak, bu xil sujetli asarlarda voqea to`laqonli tasvirlanadi, u o`z holicha ham badiiy-estetik qimmat kasb etadi. Kelib chiqishi jihatidan sujetning bu turi qadimiyroq, xalq og`zaki ijodidagi sehrli ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, shuningdek, mumtoz she`riyatimizdagi dostonlarning ham shu xil sujetga egaligi buning dalilidir. Zamonaviy o`zbek nasrida ham sujetning bu tipi kengroq tarqalgan: "O`tgan kunlar", "Mehrobdan chayon", "Kecha va kunduz", "Qutlug` qon", "Sarob" — bularning barida tashqi harakat dinamikasi yetakchilik qiladi. Ayni paytda, bu asarlarda "ichki harakat" dinamikasi ham kuzatiladi, biroq u mavqe jihatidan sujet tipini belgilashga ojizlik qiladi. Sujetning ikkinchi tipiga asoslangan asarlar adabiyotimizda ancha keyin, 80-yillardan boshlab maydonga kela boshladi. Hozircha, sujetning mazkur navi nasrning kichik shakllarida, shuningdek, bir qator dramatik (masalan, Sh.Boshbekovning "Taqdir eshigi", "Eshik qoqqan kim bo`ldi" pyesalari) sinab ko`rildi. Xususan, A.A`zamning "Bu kunning davomi", "Asqartog` tomonlarda" nomli qissalarida voqealar o`z holicha emas, personaj ruhiyatidagi jarayonga turtki berishi jihatidan ahamiyat kasb etadi. Asar davomida personajlar hayotida, taqdirida yoki ijtimoiy holatida emas, uning ruhiyatidagina burilishlar, o`zgarishlar sodir bo`ladi.

Badiiy asarda tasvirlangan voqealar bir tizimga bog`lanar ekan, ular

orasida asosan ikki turli munosabat kuzatiladi. Sujetdagi voqealarning o`zaro

munosabatiga ko`ra xronikali va konsentrik sujet turlari ajratiladi. Xronikali

sujetda voqealar orasida vaqt munosabati(A voqea yuz berganidan so`ng B voqea

yuz berdi) yetakchilik qilsa, konsentrik sujet voqealari orasida sabab -natija

munosabati (A voqea yuz bergani uchun B voqea yuz berdi) yetakchilik qiladi. “Shoh o’ldi, bu qayg’udan malika ham o’ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog’langan syujet – konsentrik (bitta umumiy markazga yig’ilmoq) syujet yaratilsa, “Shoh o’ldi, bu o’lim qayg’usiga chiday olmay malika ham o’ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil syujet birlashadi: xronikal – konsentrik syujetni voqe qiladi.2

Kelib chiqishiga ko`ra xronikali sujetlar qadimiyroq sanaladi. Xronikali sujet qahramon taqdirini davriy izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko`rsata olishi jihatidan ustunlik qiladi. Shu bois ham katta epik asarlarda ko`proq xronikali sujet qo`llaniladi. Sujetning mazkur turi epik ko`lamdorlikni ta`minlashga ham katta imkon yaratadi. Zero, bunda asosiy sujet bilan yondosh holda yordamchi sujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot materialini qamrab olish imkoniyatlari mavjud. Xronikali sujetda asarning "badiiy vaqt"i istalgancha kengaytirilishi mumkin: unda "parallel vaqt"da kechayotgan voqealarni tasvirlash, retrospeksiya usulidan — zamonda ortga qaytish usulidan foydalanish imkoniyatlari ancha keng. Shunindek, xronikali sujetga qurilgan asarga sujetdan tashqari unsurlar, muallif mushohadalari, tafsilotlarni tabiiy ravishd a kiritish, badiiy matnga singdirib yuborish mumkin. Sanalgan xususiyatlarni, masalan, S.Ayniyning "Qullar", P.Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarlarida kuzatish mumkin bo`ladi.

Konsentrik sujet voqealari bitta asosiy voqea tegrasida aylanishi bilan xarakterlanadi.Xronikali sujetdan farq qilaroq, bunda voqealar yetakchiligi kuzatiladi. Sababi, konsentriksujet konflikt asosida sujetning shiddat bilan rivojlanishini, uning yechimga tomon intilishini taqozo qiladi. Sujetning bu turi badiiy asar qurilishining mukammal, asarning o`qishli va qiziqarli bo`lishiga imkon beradi. Ya`ni, bu xil sujet o`quvchi diqqatini bitta nuqtada tutib turadi, o`qish jarayonidagi faolligini oshiradi. Buning yorqin misoli sifatida detektiv asarlarni ko`rsatish mumkin. Detektiv asarlarning aksariyatida sujet voqealari konkret hodisa atrofida aylanadi, o`quvchi xayolini shu hodisaning sabablarini, qay tarzda yuz bergani bilish istagi egallaydi, bu savollarga o`zicha javob izlaydi, o`zi topgan javobning qay darajada to`g`riligini bilmoqchi bo`ladi — bularning bari o`quvchini asarga bog`laydi qo`yadi. Konsentrik sujet nisbatan qisqa vaqt ichida kechgan voqealarni qamrashi, yondosh sujet chiziqlarini kiritish imkoniyatlarining kamligi bilan ham harakterlanadi. Sanalgan xususiyatlarni O.Yoqubovning "Muqaddas", "Billur qandillar", "Ulug`bek hazinasi" kabi asarlari misolida kuzatish mumkin.

Aytish kerakki, sujetlarni yuqoridagicha ikki turga ajratilsa-da, bu ikki

turga xos xususiyatlar ko`proq aralash holda zuhur qiladi. Zero, xronikali sujet voqealari orasida sabab-natija (oldin yuz bergan voqea keyin yuz bergan voqeaga qisman sabab bo`lib keladi) munosabati, konsentrik sujet voqealari orasida vaqt munosabati(natija sababdan keyin keladi) kuzatilishi tabiiy. Demak, konkret asardagi sujet tipini belgilashda mazkur munosabatlarning qaysi biri yetakchi mavqega egaligi e`tiborga olinishi lozim. Ba`zan asarda har ikki tipdagi sujet xususiyatlari uyg`un holda namoyon bo`ladi va ayni shu uyg`unlik uning jozibasini ta`minlagan muhim omil bo`lib qoladi. Xususan, A.Qodiriyning "O`tkan kunlar", Cho`lponning "Kecha va kunduz" romanlarida shu xil uyg`unlikni ko`ramiz. Har ikki romanda ham xronikalilik yetakchi bo`lgani holda, konsentrik sujet xususiyatlaridan maksimal foydalanilganki, bu o`rinda qorishiqlik har ikki tipga xos eng yaxshi jihatlardan foydalanish asosida asarning badiiy mukammal bo`lishiga xizmat qiladi.Sayyor sujetlar nazariyasi, migratsion nazariya — xalq ogʻzaki poetik ijodidagi nazariya, oʻzlashtirish nazariyasi deb ham yuritiladi.

Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o’g’li bilan kurashga tushishi syujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda Gildebrand Gadubrand bilan, eronlarda Rustam Suhrob bilan, ruslarda Ilya Muromes Sokolnik bilan olishadilar. Undan tashqari, buni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomonidan yaratilgan “Xamsa”chilik an’anasi misolida ham ko’rsa bo’ladi. ularning har biri-mustaqil asar, ulardagi kashf qilingan xarakterlar betakror bo’lishidan qat’i nazar qoliplovchi voqea (syujet)ning asosi yagonadir.

“Donjuanlar, Faustlar, Majnunlar, Prometeylar, Iskandarlar, Jyulettalar ko’p bo’lgan. Lekin ularni faqat Bayron va Pushkin, hyote va hayne, Navoiy va Nizomiy, Esxil va Shekspir nomlari bilan bog’laymiz. Boshqa mualliflarda bular hayotda yoki tarixda bo’lgan narsa kabi qabul qilinadi. Faqat daholar qo’liga tushgandagina “fakt”(syujet) muammoga aylanadi. Biz endi buni klassika deb ataymiz”1.

1859 yilda nemis faylasufi, Gyottingen untining prof. T. Benfey (1809—1881) asos solgan. Rossiyadagi tarafdorlari: A. N. Pipin (1833-1904), V.F. Stasov (1824—1906) va boshqa sayyor sujetlar nazariyasini turli xalqlar folkloridagi sujet, motiv, uslub va obrazlardagi oʻxshashliklarni ogʻzaki va kitobiy yoʻl bilan bir yoki bir necha manbadan tarqalgani bilan izohlab, ularni bir xalqdan ikkinchi xalqning shunchaki oʻzlashtirishi deb, bir yoqlama talqin qilgan. Bu nazariya tarafdorlari Yevropa va boshqa xalqlar ertaklarining hind ertaklariga oʻxshashligiga tayanib, ularning asosida "Gipopadesha" va "Panchatantra" nomli qadimiy hind toʻplamlari yotadi, degan xulosaga kelganlar. Aniq faktlarga asoslanish, folklor asarlarining tarqalish arealini oʻrganish, sujetva motivlarning har bir xalq tomonidan qayta ishlanishini qayd etish, xalqlar oʻrtasida oʻzaro madaniy aloqalarning mavjudligini taʼkidlash Sayyor sujetlar nazariyasinining yutuqlari boʻlgan. Ammo har bir xalq ijodidagi folklor asarlarining faqat boshqa, nisbatan qadimiyroq xalqlar poetik ijodining taʼsiri, deb koʻrsatish mazkur xalqlarning milliy yutuqlarini, ijod qobiliyatini inkor qiladi.Bu kamchilikni Antropologik maktab tarafdorlari maʼlum darajada tuzatdilar.Badiiy sujetlar turli yo‘llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko‘pincha, uning uchtasi haqida gapiriladi:

1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasawuri mahsuli b o ‘ladi.

Ulardagi voqealaming barchasi badiiy to ‘qima (fantaziya) yordam ida yara-

tiladi. Uni «yasama» sujet deb atasa bo'ladi. Jum ladan, «Sariq devni

minib» (X.To‘xtaboyev), «Gulliverning sayohatlari» (J.Svift), «Odam -am -

fibiya» (A.Belyayev), «Oydagi birinchi odamlar» ( G. Uells)ri\ isbot misolida

ko‘rsatish mumkin.

2. Asar sujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. «Prototip»

shaklidagi hayotiy va tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan

bo’ladi va ular «tayyor» yoki «hayotiy» sujetlar

deb yuritiladi. «Navoiy» (Oybek), «Ulug‘bek xazinasi» (O.Yoqubov),

«Yulduzli tunlar» ( P.Qodirov), «Bo’lalik» (Oybek), « o ‘tmishdan ertaklar» (A.Qahhor), «Navro‘z» (N.Safarov), «Graf Monte Kristo» ( A.Dyuma), «Zaynab va Omon» (H. Olimjon), «Aka- uka Karamazovlar» (F.Dostoyevskiy) kabilar ana shu yo‘l bilan yaratilgan asarlardir.

3. Yozuvchilar o ‘zlarigacha yozma adabiyotda ma’lum bo’lgan sujetlar-

ga asoslanadilar, ularni qayta ishlaydilar, o ’z salohiyatlari va mahoratlariga

asoslanib, ularni yangicha talqin qiladilar. Bu «sayyor» yoki «o‘zlashtirilgan»

sujetdir. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, folklorshunoslar miflarni qiyosiy o‘rganish maqsadida juda boy faktik material to‘pladilar. Bu esa jahonning turli joylarida istiqomat qiluvchi xalqlar og‘zaki badiiy ijodi va yozma adabiyotida ko‘plab o‘xshash sujet, motiv va obrazlar mavjudligini ko‘rsatdi. Aniqlanishicha, tarixiy-etnik kelib chiqishida umumiylik boimagan xalqlarning ertaklari orasida sujet qurilishi va motivlar tizimiga ko‘ra bir-biriga juda o‘xshash asarlar ko‘pchilikni tashkil etar ekan. Dunyo xalqlari folkloridagi bunday mushtarakliklarning sababini o‘sha davr folklorshunosligidagi asosiy yo‘nalish hisoblangan “mifologik maktab”ning “hind-yevropa bobosujetlari’ni o‘rganishga asoslangan “qiyosiy- filologik” metodi yordamida aniqlashning imkoni bo’lmadi. Chunki epik sujetlarida o‘xshashlik mavjudligi aniqlangan xalqlar bir-biridan jo‘g‘rofiy o‘rni, etnik mansubiyati, diniy-e’tiqodiy qarashlari va turmush tarziga ko‘ra jiddiy farqlanib turardi. Shu tariqa, folklorning bu o'ziga xos xususiyatini yangi ilmiy konsepsiya va nazariya asosida tadqiq etish ehtiyoji tugildi va turli-tuman xalqlar folkloridagi o‘xshashliklarning sababini tushuntirishga qaratilgan “sayyor sujetlar nazariyasi” yuzaga keldi.Har xil xalqlar so‘z san’atidagi mushtarak epik hodisalarni folklorshunoslikda “migratsion nazariya”, “o‘zlashtirish nazariyasi”,“kezuvchi sujetlar nazariyasi”, “sayyor sujetlar nazariyasi”kabi turli xil nomlar bilan ataluvchi mazkur ilmiy yo‘nalish XIX asrning 5o-yillaridan e’tiboran G'arbiy Yevropa folklorshunosligida “migratsion maktab” nomini oldi.1

Turli xalqlar epik sujetlarining o'xshashligi birinchi marta “Kalila va Dimna” masallarini tadqiq etgan fransuz olimi Silvester de Sasi tomonidan aniqlangan edi. U uzoq yillar mobaynida “Panchatantra” ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi va 1816-yilda “Kalila va Dimna” yoki arab tilidagi «Bidpay masallari” nomli kitobni chop ettirdi. S.Sasi buddaviylik aqidalarini targ‘ib etuvchi adabiyotlarni, xususan, budda kohinlarining afsona, rivoyat, naql va masallarini o ‘rganib, buddizm inqirozidan keyin bu ta’limotning ma’rifiy-adabiy merosidan braxmanlar foydalanishi va “Panchatantra”ning shakllanish tarixiga doir qimmatli fikrlar bildirdi.



Garchi bu tadqiqotda epik sujetlarning ko‘chishi xususida fikr yuritilmagan bo‘lsa-da, S.Sasining ilmiy qarashlarini davom ettirgan L.Delonshanning “Hind masallari va uiaming Yevropaga tarqalishini o‘rganish tajribasidan” (1848), V.Vageneming “Hind va yunon apologlari orasidagi o‘zaro aloqalar haqida ocherk” (1852) asarida xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlarining ommalashishida o‘zaro ta’sir va madaniy aloqalar muhim rol o‘ynaganligi e’tirof etildi. Bu ikki

tadqiqotchi qadimgi yunon masallarining ma’lum bir qismi Osiyo xalqlari folklorining ta’sirida yuzaga kelganligini asoslab, hind adabiyotining ma’rifiy xarakterdagi adabiy janri - apologlarning yunonlar tomonidan o‘zlashtirilishi natijasida masal janri kelib chiqqan, degan qarashni ilgari surdilar.L.Delonshanning hind apologlari va yunon masallari orasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi gipotetik qarashlari taniqli nemis filolog olimi, qiyosiy tilshunoslik va hind filologiyaga doir ko‘plab ilmiy asarlar muallifi, Gyottingen universiteti professori Teodor Benfey (1809-1881) tomonidan yaratilgan “migratsion nazariya”ning kelib chiqishiga asos bo‘ldi.T.Benfey “mifologik maktab” vakillarining folklor asarlari g‘oyat qadimiy asoslarga egaligi haqidagi ilmiy qarashlarini ma’qullagani holda, “xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining taraqqiyoti o'zaro madaniy va adabiy ta’sir jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir”, degan xulosaga keldi. U folkloming rivojlanishida milliy mentalitet va tarixiy omillarning ahamiyatini e’tibordan soqit qilganiga qaramay, o‘zining hind adabiyotisujetlarining boshqa xalqlar folkloriga “ko‘chib o‘tishi” haqidagi ilmiy qarashlari bilan folklorshunoslik tarixida burilish yasadi. T.Benfey qadimgi hind ertaklari, naql va masallari to‘plami “Panchatantra”(milodiy I asr)ni nemis tiliga tarjima qildi va 1859- yilda nashr ettirdi. Olimning ana shu nashrga so‘z boshi sifatida ilova qilingan qariyb 6oo sahifalik tadqiqotida sanskrit ertaklarijahondagi boshqa xalqlar folklorida mavjud bo’lgan epik sujetlar bilan o‘xshashligiga ko'plab dalillar keltirdi. Shuning uchun ham T.Benfeyning ana shu so‘z boshi-tadqiqoti folklorshunoslik tarixidagi “migratsion maktab” nazariyasining boshlang‘ich nuqtasi bo’ldi.Chunki T.Benfey “Panchatantra” va Yevropa xalqlari ertaklari sujet tizimidagi o‘xshashlikning sababini hind-yevropa xalqlarining etnik tarixidagi mushtaraklik (ya’ni “mifologik maktab” tarafdorlari ta’biri bilan aytganda, “hind-yevropa bobosujetlari”)dan emas, balki bu xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro madaniy-tarixiy aloqalardan izlash lozim, deb hisobladi. Uning fikricha, Sharq madaniyatining G‘arbiy Yevropa xalqlariga ta’siri bir necha tarixiy bosqichlarni o ‘z ichiga oladi. Iskandar Zulqarnaynning yurishlari va ellinizm davri (miloddan burungi VIII asrlar)da amalga oshirilgan savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalar “epik sujetlarning ko‘chishi” jarayoni ro‘y bergan birinchi bosqich bo’lsa, arab isteiochilarining xuruji va salib yurishlari davri ikkinchi bosqich deb talqin qilinadi. T.Benfey bilan deyarli bir vaqtda folklor an’anasining rivojlanishi va taraqqiy etishida “sayyor sujetlar”ning bir xalq og‘zaki badiiy ijodidan boshqasiga “ko'chib o‘tishi” jarayoni muhim rol o'ynashini rus olimi A.N.Pipin ham kashf etgan edi. Uning 1858-yilda nashr etilgan “Ko‘hna rus qissalari va ertaklarining adabiy tarixidan ocherklar” nomli asari qadimgi rus adabiyotining Sharq va G‘arb adabiy an’analari bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganishga bag‘ishlangan.“Sayyor sujetlar nazariyasi” XIX asming oxiridan boshlab ko‘pgina folklorshunoslarni o‘ziga jalb etdi. Jahon xalqlari folklorining o‘zaro ta’siri va aloqalarini o‘rganishga R.Kyoler, M.Landau, N. Volte (Germaniya), G.Paris, E.Kosken (Fransiya), A.Klouston (Angliya), A.de Ankona, D.Komparetti (Italiya), I.Polivka (Chexiya) kabi olimlar “migratsion maktab”ning ilmiy-nazariy qarashlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishdi.Rus folklorshunosligida “benfeizm”, “komparativizm” nomini oigan “sayyor sujetlar nazariyasi” V.V.Stasov,F.I.Buslayev, VF.Miller, A.N.Velelovskiy, I.N.Jdanov, G.N.Potanin, A.N.Kirpichnikov, A.M.Lobodu singari olimlarning tadqiqotlarida davom ettirildi. Epik sujetlarning o‘zlashtirilishi jarayoni bilan bog’liq o‘ziga xos tarixiy-filologik qonuniyatlarni ochishga qaratilgan “komparativistik” yoki “qiyosiy foikloristik metod”, ayniqsa, V.V.Stasovning “Rus bilinalarining kelib chiqishi” (1868),A.N.Veselovskiyning “Sharq va G‘arbning adabiy aloqalari tarixidan” (1872), “Janubiy rus bilinalari” (1881-1884), V.F.Millerning “Rus xalq eposiga doir ekskurslar” (1892), G.N.Potaninning “o ‘rta asr Yevropa eposida sharq motivlari” (1899) kabi asarlarida chuqurlashtirildi. O ‘zbek folklorshunosi G‘.Jalolov o‘zining “o ‘zbek xalq ertaklari poetikasi” (1976), “o ‘zbek folklorida janrlararo aloqalar” (1979), “o ‘zbek xalq ertak eposi” (1980) kabi kitoblarida Sharq xalqlari adabiyoti va folklorining o‘zbek folklori epik sujetlari taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligini e'tirof etadi. Olim folklordagi mushtarak sujetlarning vujudga kelish sabablarini quyidagi ikki jihat bilan bog‘lab izohlaydi:

a) birinchidan, xalqlarning qadimdan bir-biriga yaqin hududda

yoki qo‘shni bo‘lib yashashi, tarixiy-tadrijiy rivoji, yashash tarzi va

dunyoqarashidagi yaqinlik ertaklar sujetidagi o‘xshashlikni keltirib chiqaradi;

b) ikkinchidan, “ertaklardagi ayrim mashhur sujetlaming bir

xalqdan ikkinchisiga, bir o‘lkadan boshqasiga ko‘chib yurishi, o ‘tib

turish hollari ham mavjud bo‘lib, bu xalqlar orasidagi,iqtisodiy,

savdo. madaniy va turli-tuman o‘zaro aloqalar bilan bog‘liqdir”1.

G‘. Jalolov o ‘zbek folklorshunosligi tarixida birinchi bo‘lib Sharq

xalqlari yozma adabiyoti, xususan, xalq kitoblarining tarjimalari



o’zbek folklori epik janrlariga katta ta’sir ko‘rsatganligini, xususan,

o‘zbek ertakchilari repertuarida hind, eron, arab xalqlari folkloridan o‘zlashtirilgan sujetlar asosida yaratilgan asarlar mavjudligini aniqlagan. Uning epik sujetlarni qiyosiy tahlil qilish borasidagi izlanishlari natijasida “Kalila va Dimna”, “Vetalining yigirma besh hikoyasi”, “Ming bir kecha”, “To‘tinoma” kabi Sharq adabiyotining mumtoz asarlari o‘zbek xalq ertaklari sujet tizimini boyitishga katta hissa qo‘shganligi ma’lum bo‘ldi. Masalan, “Qumursqa”, “Ovchi,Ko‘kcha va dono”, “Ilonning ishi zahar solmoq”, “Hiylagar bedana” ertaklari sujeti “Kalila va Dimna” hikoyalariga o ‘xshab ketsa, milodning I asrida vujudga kelib, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston va Tibet xalqlari orasida juda mashhur bo’lgan “Vetalining yigirma besh hikoyasi” kitobidagi beshinchi hikoya uch og‘a-ini botirlar haqidagi o‘zbek xalq ertaklarini esga soladi.“Sayyor sujetlar” yoki “ko‘chib yuruvchi sujetlar”ning o‘zbek xaiq ertaklari sujet silsilasini boyituvchi manbalardan biri bo’lganligini to‘g‘ri e’tirof etgan G‘.Jalolov qadimgi hind adabiyoti namunalarining O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbeklar orasida tarqalishi interpretatsiya yo’li bilan amalga oshgan, deb hisoblaydi: “ertaklar qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilinmaydi, balki ularning ba’zi motivlari qabul qilinib, juda katta o‘zgarishlar (interpretatsiya)ga uchradi. Xalqimiz bu ertaklar motivlarini o ‘z hayoti, madaniyati, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari, orzu-istaklari zaminida qayta ishlab chiqdi, o‘z talabiga javob beradigan o‘rinlarni qoldirib, ba’zilarini esa batamom qayta ishlab, original ertaklar darajasiga ko’tardi. Ertak sujetlarining shakllanishini asosan “sujetlaming ko‘chib o ‘tishi” jarayoni bilan bog’liq, deb hisoblagan “migratsion maktab” vakillaridan farqli o’laroq, G‘.Jalolovning fikricha, epik sujetlar quyidagi ikki omil asosida yuzaga kelgan: “o‘zbek xalq ertaklari sujetining xalqimiz hayoti, dunyoqarashi, urf-odati, milliy xususiyati va yashash sharoiti bilan chambarchas bog’liqligi uning o'ziga xos xususiyatlaridandir. Shuning uchun ham bu ertaklarning sujeti xalqaro ertak sujetiga monand bo’lishi, ko‘chib yuruvchi sujet deb nomlanishidan qat’i nazar, ulax o‘zbek xalqining uzoq asrli juda qadimiy madaniyati bilan bogiiq holda vujudga kelgan”2. O ‘rta Osiyo turkiy xalqlari ertakchilik an’analari tarixini qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan tadqiq etgan folklorshunos olim X.Egamovning “Sayyor sujetlar” (1975), “Rang-barang olam” (1979), “Turkiy xalqlar ertakchilik an’analari aloqalari tarixidan ocherklar” (198o) kabi asarlarida o‘zbek xalq ertaklari sujet silsilasiqardosh turkiy xalqlar folklori materiallari bilan qiyosan tahlil qilindi. Uning fikricha, “bir xalq og‘zaki ijodidan ikkinchi xalq og‘zaki ijodiga o'zlashgan, ya’ni mazkur xalq ideologik, falsafiy, estetik va etik qarashlaridagi o‘ziga xosliklar yorqin aks etgan, interpretatsiyaga uchragan motivlar” - “ko‘chib yuruvchi yoki xalqaro motivlar” deyiladi. Turkiy xalqlar ertaklarida yunon, arab, hind va eron mifologiyasi hamda folkloriga xos “ko‘chib yuruvchi sujet” va motivlar mavjudligini ertaklaming qiyosiy tahlili vositasida aniqlagan X.Egamov “bir xalq ijodidagi motiv yoki epizod ikkinchi xalq uchun butun bir ertak sujeti bo‘lib xizmat qilishi yoki aksincha, bir sujet ikkinchi xalqqa o‘tganida milliy interpretatsiyaga uchrab, shu xalq ertagida maium motivlarga aylanishi” qonuniyati mavjudligini aniqladi.o ‘zbek folklori epik sujetlari tizimining shakllanishi va boyib borishida arab adabiyoti, ayniqsa, “Ming bir kecha” (“Alf layla va layla”)ning ta’siri kuchli bo’lgan. Shu bois, o‘zbek folkloridagi “o'zlashtirma sujetlar”ning manbalari haqida so‘z yuritganda, arab- o‘zbek folklor aloqalari masalasiga ham to‘xtalish kerak bo‘ladi. Folklorshunos olim Sh.Shomusarovning “Arab va o‘zbek folklori tarixiy-qiyosiy tahlili” (2002) nomli tadqiqoti xuddi shu muammo tahliliga bag‘ishlangan. Olim arab va o‘zbek xalq ertaklari sujet tizimidagi mushtarakliklaming yuzaga kelishiga quyidagi ikki omil asos bo’lgan, deb hisoblaydi:

a) ertak sujetlarining jonli og‘zaki ijro orqali tarqalishi;



b) kitobat qilingan adabiy ertaklar, birinchi navbatda, “Ming bir kecha” majmuasining o ‘rta Osiyo xalqlari orasida ommalashishi.

Darhaqiqat, “Ming bir kecha”ning tarjima qilinishi va xalq ommasi orasida tarqalishi natijasida arab ertakchiligiga xos bo’lgan ko‘plab sujetlar o‘zbek ertakchilari repertuariga ko‘chgan. Prof. G‘.Jalolov “Vafo”, “Guljamol”, “Kambag‘al xotinning hiylasi”, “Tuhmatchilar jazosi”, “Tadbirli ayol”, “Soimas gul yoki vafodor xotin” kabi ertaklar, shuningdek, Hamzaning “Maysaraning ishi” komediyasi sujeti “Ming bir kecha”ning 593-596-kechalarida Shahrizoda tomonidan so‘zlangan arab ertagiga juda yaqinligini qaydqilgan edi. SH.Shomusarov esa “Ming bir kecha”dagi “Sehrlangan yigit hikoyasi” ertagida ayyor xotin bilan bog‘liq voqealar tafsiloti (1-jild, 66-70-betlar) “Sirli gilamcha”nomli o‘zbek ertagidagi Gul va Qahramon sarguzashtlarini yodga tushirishi; “Bir mirilik hikmat” nomli arab ertagi “Sirli tush”, “Uch og‘iz o‘git” nomli o‘zbek ertaklarining yaratilishiga asos bo’lganligi; “Tuz” nomli arab ertagidagi voqealar o'zbeklarning “Dono xotin” ertagiga yaqinligini aniqlagan. Zero, arab xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining kitobat qilingan adabiy manbalari orqali o ‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbeklar orasida tarqalgan “sayyor sujetlar” o‘zbek ertakchilarining badiiy-estetik qarashlari va epik bilimi doirasida uzoq yillar mobaynida qayta ishlanishi natijasida yangi ertaklar silsilasi yuzaga kelgan.“Sayyor sujetlar nazariyasi”ni ilgari surgan “migratsion maktab” o‘ziga xos yutuqlarga erishganligi bilan folklorshunoslik fani tari- xida alohida o‘rin tutadi. Bu maktabning asosiy yutug‘i, “mifologik maktab”ning folklor asarlari genezisiga doir bir yoqlama konsepsi-yasi (“barcha epik asarlar sujetining yagona bobosujet yoki hind- yevropa bobotilida so‘zlashuvchi etnos mifologiyasiga borib taqalishi”) xato ekanligini isbotlaganligi hamda xalq og'zaki badiiy ijodining taraqqiyotida madaniy aloqalar va o‘zaro adabiy ta’sir muhim o‘rin tutishini ilmiy asoslaganligi bilan belgilanadi. “Migratsion maktab” tadqiqotlari natijasida jahonning turli-tuman xalqlari folklorida mushtarak mavzudagi asarlar, o‘xshash sujet va motivlar tizimi mavjudligini tasdiqlovchi juda katta faktik material to‘plandi va qiyosiy tahlilga tortildi. A.N.Veselovskiy ta’biri bilan aytganda, “bu nazariya tarafdorlari sujetlarning o‘zlashtirilishi hodisasini ikki jihatdan, ya’ni “madaniy bodisa” o‘zlashtirilgan xalq folklorining o‘ziga xos xususiyatlari hamda o‘sha hodisani o‘zlashtirgan xalq adabiyotining milliy spetsifikasi nuqtayi nazaridan o‘rgandilar”.Shu bilan birga, “migratsion maktab” tadqiqotlarida muayyan darajada cheklanishlar va kamchiliklarga ham yo‘l qo'yilgan. Bu maktab vakillarining eng katta xatosi, turli xalqlar folkloridagi “o‘zaro o'zlashtirish” va adabiy ta’sir hodisasining tarixiy-folkloriy jarayondagi rolini haddan ortiq darajada bo‘rttirib ko‘rsatishga berilib ketishda ko‘zga tashlanadi. Ular har bir xalq og‘zaki badiiy ijodiyotida uning milliy mentaliteti, ma’naviy madaniyati, estetik qarashlari, ruhiy tabiati, etnik mansubiyati va turmush tarzining o'ziga xosligi ham aks etishini nazardan soqit qilishgan. Qolaversa, foiklorning asosiy g‘oyalari bevosita uning ijodkori bo‘lgan xalq ommasi tomonidan yaratilar ekan, u yoki bu epik sujetning o‘zlashtirilishi folklor taraqqiyotining asosiy sharti emas, balki ijodkorlikdagi ikkilamchi holat hisoblanadi.“Migratsion maktab” vakillari (mas.: V.V.Stasov, V.F.Miller va boshq.) turli xalqlar folkloridagi uchraydigan mushtarakliklarning barchasini “adabiy o‘zlashtirish mahsuli” deb qaraydilar. Ammo folklorda tipologik mushtaraklik ham mavjudligi har qanday o‘xshashlikni “sujetlarning ko‘chishi” yoki «folklor elementlarining migratsiyasi natijasida yuzaga kelgan holat», deb baholash to‘g‘ri emasligini ko‘rsatadi. XIX asming oxirlarigacha folklorshunoslikda yetakchi yo‘nalish hisoblangan bu ilmiy maktabning shu kabi kamchiliklari ko‘zga tashlangach, xalq og‘zaki badiiy ijodiyotini tadqiq etishning yangi metodlariga ehtiyoj sezila boshladi. “Migratsion maktab”ning tarixiy-folkloriy jarayon rivojida real hayotiy voqelik rolini hisobga olmaslik natijasida kelib chiqqan nazariy kamchiliklar “antropologik maktab” ta’limoti tomonidan to‘g ‘rilandi. Ibtidoiy tasavvurlarni o ‘rganish asosida “animistik nazariya”ni yaratgan E.B.Taylorning yozishicha, qadimgi odam inson tushiga kirgan voqelik jonning tanadan tashqarida bo‘lgan paytida ko‘rgan kechirganlarining ifodasi, deb tushungan. Uning fikricha, qadimgi odamlar tush ko‘rish yoki o‘limning mohiyati haqida o ‘ylaganda, har bir kishida alohida substansiya, ya’ni jon mavjud bo‘ladi va u o’zining tana qobig‘idan vaqtinchalik yoki butunlay chiqib ketishi mumkin, deb tasavvur qilgan. Bu tasavvur jahon xalqlafi folklorida bir qator “animistik xarakterga ega an’anaviy motivlar”ning yaratilishiga asos bo’lgan.Odam uxlayotgan paytda uning jonibiror jonivor ko‘rinishida tanani tark etishi va uning tanadan tashqarida bo’lgan vaqtda ko‘rgan- kechirganlari uxlayotgan kishiga tushda ro‘y bergan hodisalar bo‘lib namoyon bo‘lishi motivi «Malik chom», «Ko‘kaldosh» kabi o‘zbek xalq rivoyatlari sujetida ham uchraydi.Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o ‘g li bilan kurashga tushishi sujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda Gildebrand Gadubrand bilan, eronlarda Rustam Suhrob bilan, ruslarda Ilya Muromes Sokolnik bilan olishadilar. Undan tashqari, buni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomoni­dan yaratilgan «Xamsa»chilik an’anasi misolida ham ko‘rsa b o’ladi. Ularning har biri mustaqil asar, ulardagi kashf qilingan xarakterlar betakror bo’lishidan qat’i nazar qoliplovchi voqea (sujet)ning asosi yagonadir.Jahon badiiy-estetik tafakkuri taraqqiyotida oʻzbek klassik adabiyoti munosib oʻrin egallaydi.

Oʻzbek adabiyotida dunyo xalqlari soʻz sanʼati bilan tutash nuqtalar ham koʻp. Shulardan biri “Yusufnoma” mavzusi talqini hisoblanadi.Adabiyotshunoslik ilmida ushbu mavzu badiiy talqini masalasida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Ammo muammoning muhimligi shundaki, “Yusufnoma” dunyo xalqlari adabiyoti uchun doimiy mavzu boʻlib kelganligi singari adabiyotshunoslik va adabiy-estetik qarashlarning ham bardavom manbalari sirasiga kiradi. Maʼlumki, Sharq klassik adabiyotida sayyor sujetli asarlar turkumi mavjud. Bunda bir fabula va yoki bir xil nomdagi obrazlar ishtirokidagi xilma-xil asarlar, odatda, shu tipli ijod namunalari sifatida baholanadi. Jumladan, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor”, “Iskandarnoma” kabi mavzularda Oʻrta asrlar Sharq adabiyotida koʻplab badiiy asarlar vujudga kelgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, bu asarlardagi mavzu va obrazlar bir xilligi faqat tashqi belgilariga koʻra boʻlib, aslida, ularning har biri oʻziga xos mustaqil asarlar sanaladi. Xuddi shunday sujetva obrazlar migratsiyasi hodisasi “Yusufnoma”ga ham tegishlidir. Eng muhimi, yuqorida nomlari qayd etilgan asarlar sayyor sujet sifatida, asosan, Sharq xalqlari adabiyotlarida keng tarqalgan boʻlsa, “Yusufnoma” esa jahon xalqlari badiiy tafakkurini ham qamrab olganligi bilan xarakterlidir. Buning sabablaridan biri, fikrimizcha, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Vomiq va Uzro” singari asarlarning kelib chiqishi Sharq xalqlari ogʻzaki ijodi va yozma manbalaridagi anʼanalar bilan bogʻliq boʻlsa, “Yusufnoma” turkumi qadim ilohiy manbalar asosida shakllanganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, bunday manbalardan oʻzlashgan boshqa bir badiiy sujetlar turkumi ham “Yusufnoma”lar singari keng quloch yoyganligini xotirga keltirish qiyin kechadi. Ehtimol, bu sujet mavzusiga oʻxshash yoki yaqin turdagi fabula oʻzga diniy manbalar, xususan, buddaviylik kitoblarida ham uchrar, lekin mavjudlari ham tamoman boshqa tip talqin asarlari hisoblanadi. Hatto ayni mavzu va sujet tasvirlansa ham ifoda, ruh, mohiyat gʻayri motivlarni keltirib chiqarar edi. Biroq shuni alohida taʼkidlash kerakki, qayd etilgan sujetlar qanday maʼnoda izohlanishidan qatʼi nazar, dunyo xalqlari badiiy tafakkurining eng qimmatli yodgorliklaridan sanaladi.“Yusufnoma” turkumi mohiyatan “Iskandarnoma” bilan qaysidir jihatlardan yaqinlik kasb etadi.Chunki “Iskandarnoma”da ham Iskandar Zulqarnayn yakka oliyshoh qahramon etib tasvirlanadi.Bunda Iskandar ijtimoiy global masalalar, yaʼni adolat va odillik posboni timsolida koʻrinadi. Badiiy talqinlarda Iskandar jahon shohi sifatida tasvirlanadi.Bunday xususiyat “Yusufnoma”ga ham xos boʻlib, faqat unda ilohiy ishq Yusuf timsolini roʻyobga chiqaradi. Bunda Yusuf oʻzi ishq va oshiq, oʻzi maʼshuq obraz sifatida barcha masalalar yetakchisi boʻlib gavdalanadi. Yaʼni obrazlar badiiy talqinini birida ijtimoiy-siyosiy, ikkinchisida esa maʼrifiy-ishqiy mavzu taʼmin etadi. Yanada aniqroq etib aytadigan boʻlsak, Iskandar – majoziy maʼnoda jamiyat boshqaruvi, odil hokimlik timsoli, Yusuf esa husn va ishq bobidagi majozga badiiy ifoda boʻlib keladi. Bu mumtoz sheʼriyatda lirik kechinmalarga asos sifatida talqin etiladigan “shohi mulk” va “shohi husn” timsollari tasviriga ramz vazifasini ham bajaradi. Yaʼniki, ilohiy zuhurotning ikki xil tajallisi shu ikki obraz-timsolda ifodalab beriladi.Ikkinchi tomondan esa har ikkala sujetning mumtoz adabiyotda bino boʻlish manbalari ham bir. Alisher Navoiy “Tarixi mulki Ajam” asarida Iskandarga baho berar ekan: “Valoyat bila hikmatu shohlik, Nubuvvat ishidan ham ogohlik”da ekanligini taʼrif etadi. Mumtoz adabiyotdagi “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” mavzulari bilan taqqoslanganda esa “Yusufnoma” oʻzgacha bir ruhiyat hosil qiladi.Masalan, keyingi tadqiqotlarda Farhod obrazi komil inson timsoliga prototip sifatida qaralayotgan boʻlsa, Layli ishq jamoliga timsol deb baholanmoqda.Shirin shu komillik belgisi, Majnun esa ishq surati jazbasidan mastu mustagʻraq dil timsoli tarzida taʼrif etilmoqda.Yaʼni, adabiyotshunos Najmiddin Komilov taʼbiri bilan aytilganda, “Majnun – Haq jazbasi tekkan, Haq jamolini kuchli shavq bilan sogʻingan solik timsoli boʻlsa, Layli ilohiy tajalliyot nuri porlagan oʻsha “mazhar”dir”.Bu asar obrazlarida haqiqat ifodasi uchun majoz bashar olamidan tanlangan boʻlsa, “Yusufnoma” esa bunday tasvir uchun goʻyo atay tayyor boʻlgan voqelik hisoblanadi.Bunda, yaʼni Farhod, Majnun, Vomiq obrazlari tasvirida visol dunyoviy ishq kamoloti bilan amalga oshirilib boʻlinmasligiga ishonch paydo boʻladi.Shu bois bu qahramonlarning dunyoviy ayriliq lahzalari fano matlabidir.Sodda qilib aytilganda, ushbu ishq juftliklarining mavjud hayotdagi “ayriliq oni” boqiy olamdagi vasl sururi sanaladi.Hech bir falsafa yoki talqin ishq bobini bu qadar muborak tarzda taftish etib bera olgan ham emas.Bunda oshiq ham, maʼshuqa ham, ishq ham zavol koʻrmaydi. Oʻz mukarram va barnoligi bilan abadiyatga daxldorlik kasb etib boraveradi. Bu donishmand Sharq olamining badiiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotidagi ulkan kashfiyoti hamdir.Bu masala talqinida “Yusufnoma” turkumi hech narsa yutqazmaydi.Unda “azal kotib”larining muqarrar yoziqlari bor. Chunki “Yusufnoma”dagi biror bir harakat tasodif tufayli sodir boʻlmaydi.Barchasi “taqdiri azal” belgilab qoʻygan qarorlarning soʻzsiz ijrosidir, xolos.Yusuf quduqqa tashlanishi lozim edimi, tashlandi.Arzimas aqchaga sotilishi kerak edimi, sotildi.Zindonband etilishi zarur edimi, zindonband etildi.Zulayho bilan topishishi shart edimi, topishdi.Yaʼqub bilan qayta uchrashishi taqdir etilgan edimi, uchrashdi.“Yusufnoma” boshqa sayyor sujetga ega yoki ishqiy-ijtimoiy mavzularni talqin etgan asarlardan farqli ravishda tarixan nihoyat uzoq asrlarga borib taqaladi. Bu timsol va voqelik qadim ilohiy manbalar Tavrot, Injil, Qurʼon sahifalarida darj etilganligi maʼlum. Sharq, jumladan, oʻzbek mumtoz adabiyotida ham “Yusufnoma” anʼanasi uchun Qurʼon poydevor hisoblanadi. Shundan boʻlsa kerak, unda Farhod, Shirin, Layli, Majnun obrazlari singari ishq talqini “fano vodiysi”dagi firoq yoki Otabek va Kumush kabi “visol”ning maʼlum muddat davom etishi hollari tasvirlanmaydi. Yaʼni “Yusufnoma”da ishqiy sarguzasht ham, ota hajri ham taqdir belgilaganidek vasl ayyomi bilan yakun topadi. Chunki Yusuf tarixiy shaxs va badiiy obraz sifatida ham odamzod uchun qaysidir jihatlari bilan ibrat boʻlmogʻi lozim edi. Shuning uchun Yusufning ishq, hajr, tuhmat, razolat, kibr, qoʻyingki, qismat va hayotning barcha mashaqqatli sinovlaridagi saboti qadrdon bir timsol-siymoga aylantiradi. “Yusufnoma” nubuvvat halqasi qissalari bilan qiyos etilganda ham batamom suratda oʻziga xosligini namoyon etadi. Masalan, ahli nubuvvat tarixida Yusuf va Zulayho singari juftlik Odam va Havo, Ibrohim va Sora, Sulaymon va Bilqis kabi ishqiy sarguzashtlarda ham uchraydi. Ammo ularda ham ishq mazhari “Yusufnoma” singari oshiq timsolida ifodalanmaydi. Yaqinlik faqat Odam, Ibrohim, Sulaymon va boshqa nabiylar (yuz yigirma toʻrt ming) egnida “nuri nubuvvat” aks etishida koʻrinadi. Shu “nur” tufayli sevimlilik yuz beradi. Masala Haq “nur”ni ilk borliq sifatida bino etganligi va unga boʻlgan muhabbat tufayli borliq olamlar yaratilganligi mohiyatiga borib taqaladi. Yaʼniki, inson va borliqqa muhabbat Haqning oshiqligiga oshiqlik, deb qaraladi. Bu talqin nubuvvat xaylining ham barchasiga taalluqli boʻlsa-da, ular badiiy adabiyotda Yusuf singari “husnobod” timsoliga majoz tarzida emas, balki tabiiy bir tuygʻu sifatida tasvir etiladi. Fikrimizcha, Yusuf timsolida ishq mazharini idrok etish masalasi, shubhasiz, tasavvuf adabiyotidagi badiiy talqin mahsulidir.Sharq adabiyotida nubuvvat ichra faqat Yusufgina shunday talqinga sazovor boʻlgan timsoldir. Bunda Yusufning ilohiy manbalarda behad goʻzal va barno shaxs sifatida taʼrif etilishi asos boʻlib xizmat etgan. Ikkinchi tomondan, mumtoz tasvirlarda Layli, Shirin yoki tarso (Shayx Sanʼon) kabilarning shunday timsol boʻlib kelishida esa talqin mazharni bashariy obrazlarda aks ettirganligi bilan izohlanadi.Toʻgʻri, baʼzi manbalarda goʻzallik bobida Havo Yusufdan-da yuz chandon zebo’ligi qayd etiladi.Buning ustiga, Havo yor-maʼshuqa timsoliga mantiqan ham mos keladi.Bu masala talqinida mazhar nima sababdan Havoda emas, balki aynan Yusuf obrazida aks ettirilishi lozim koʻrilgan degan savol tugʻilishi tabiiy.Birinchidan, Sharq adabiyotida jamol tajallisi, ishq mazhari uchun timsol yoki ramz tanlashda shaxs, predmet masalalarida tafovut boʻlmaydi.Bunda faqat asosli badiiy mantiq, haqiqat ifodasini tom maʼnoda aks ettira oladigan majozgina rol oʻynaydi.Sharq mumtoz adabiyotida esa bunday majoz ifodalari koʻp. Ular goh shaxs-siymo, goh narsa-predmet, goh jonzot obrazlarida ramz-timsol boʻlib kelaveradi.Bunda ruhning mutloq Ruhga intilishi, tobeligi singari “oshiqni ham maʼshuqaga aylantiradigan” holat ifodasi kifoyadir.Shundan, bunday tasvirlar ifodasi uchun Yusuf, Layli, Shirin shaxs timsollariga, gul, sham, qamishzor, dengiz narsa-predmetlar majoziga obʼyekt boʻlib keladi. Zulayho, Majnun, Farhod yoki bulbul, parvona, nay, xum obrazlari esa shu mazharlik haqiqatlariga dalil va chin bir oshuftalikdir. Shundan Havo badiiy talqinlarda Yusuf singari ishq mazhari etib olinmagan koʻrinadi.Shu jihatlari bilan ham “Yusufnoma” yoki boshqa mavzular alohida xususiyatlarga ega boʻladi. Turkiy-oʻzbek adabiyotida ushbu mavzu bitta doston (Durbek “Yusuf va Zulayho”), bitta badiiy qissa (Rabgʻuziy “Yusuf Siddiq alayhissalom qissasi”), bitta tarix (Navoiy “Yusuf alayhissalom”) va VI-VII asrlardagi mumtoz sheʼriyat satrlarida rangin poetik manzara ijrochisi sifatida tasvirlanib kelindi. Ushbu badiiy talqinlar shuni koʻrsatadiki, “Yusufnoma” mavzusining ilohiy kitoblardagi ilk sujetlari sanʼat, xususan, soʻz sanʼati uchun ham oʻchmas bir xazina manbai hisoblanadi. Shu bois aytishimiz mumkinki, har bir ijodkor, muhit, davr, zamon, hayot oʻz “Yusufnoma”, “Firoqnoma”, “Mehnatnoma”, “Ishqnoma”, “Dardnoma”lariga, Yusuf, Majnun, Farhod, Vomiq singari qahramonlariga egadir. Eʼtiborli jihati shundaki, Sharq adabiyotida bunday asarlar haqiqat talqinlarining majoz ifodasi uchun eng maqbul badiiy voqelik, sujetva timsollik xususiyatlariga ega ekanligi bilan ham ijodkorlarni oʻziga maftun etgan. Ularda ishq uchun “mazhar”lik ham (Yusuf, Shirin, Layli, Uzro), oshiq uchun “manzar”lik ham (Zulayho, Farhod, Majnun, Vomiq), maʼshuq uchun “mahzar”lik ham muhayyodir. Chunki Sharq adabiyoti haqiqat talqiniga mos va xos majoz ifodasini tayin etganligi hamda ular orasidagi monandlik, uygʻunlik, mantiq birligini taʼminlaganligi bilan ham betakrordir. Bunda Sharq, xususan, oʻzbek mumtoz adabiyoti lirik tasvirlarda haqiqatning majoz ifodasi uchun “may”, “jom”, “soqiy”, “yuz”, “xol”, “xat”, “lab”, “zulf” kabi ramz timsollaridan qanday foydalangan boʻlsa, epik talqinlarda Yusuf, Farhod, Majnun, Layli, Vomiq singari obrazlardan ham shunday foydalanadi. Turkiy-oʻzbek mumtoz sheʼriyatida bu mavzuga murojaat etmagan shoirni uchratish amrimaholdir. Lekin umumiy tarzda olib qaralganda, Mavlono Atoyi bilan Alisher Navoiy sheʼriyatida bu obraz talqini boshqalarga qaraganda unumliroq boʻlib koʻrinadi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, badiiy asar syujeti tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadigan qahramonlar masalasiga bevosita bogiiq. Chunki syujet asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muhimi, haqiqiy badiiy asarlarda awalo qahramonlar o‘z dardi-dunyosi bilan namoyon



bo'ladi.


Download 36,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish