Mavzu: Saylov huquqi erkinligi-fuqarolik jamiyatining sharti
Reja:
1. Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi.
2. Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi.
3. O‘zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi.
4. Erkin saylovlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositatalarining roli
Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning e’tiroficha, «demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi95. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishidemokratik saylov tamoyillari-ning qay darajada ro‘yobga chiqi-shiga ham bevosita bog‘liqdir.
Demokratik davlatning muhim belgilaridan birini vakillik demokratiyasi tashkil etadi. Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul qilishga mutloq huquq berilgan saylanadigan muassasalar orqali xalq hokimiyatini amalga oshirishidir. Bundan kelib chiqadiki, tom ma’nodagi vakillik demokratiyasining amalga oshirilishi saylov jarayonining demokratik tamoyillarga amal qilishligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Bundan xulosa qilish mumkinki, demokratiya va saylovlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalardir.
Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich (1991-1995 yy.) – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, bir palatali Oliy Majlisni ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish davrini o‘z ichiga oladi.
Bu bosqichda 1994 yil 5 mayda muhim hujjat – “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish va ularning o‘z xohish-istaklarini erkin ifodalash mexanizmini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
Yangi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko‘ppartiyalilik asosida o‘tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko‘rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar asosida saylangan deputatlardan shakllandi.
Ikkinchi bosqich (1995-2000 yy.)– milliy saylov qonunchiligining birinchi bosqichda o‘tkazilgan parlament saylovlarida to‘plangan amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda xolislik hamda ehtiroslarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi tuzish talabidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi (1998 yil 30 aprel) qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tarixida ilk bor demokratik yo‘l bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |