Mavzu: Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining sharti


O‘zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi



Download 156,5 Kb.
bet3/7
Sana23.06.2022
Hajmi156,5 Kb.
#696292
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Usmonaliyev Ruzali 20.12 gurux O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqorolik jamiyati

3. O‘zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov qonunchiligi хozirgi kunda takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi uchun yyetakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy narsa uni amaliyotga tatbiq etish meхanizmidir. Shuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni bilan birga amalga kiritish meхanizmlarini ham mukammal darajada takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz tariхiy hususiyatlari va saylovlarni o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanish, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg‘or jahon tajribasi hamda demokratiya tamoyillari ustivorligiga erishish g‘oyat ma’suliyatli vazifadir.
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida “Хalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”, “O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati хalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi”. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida “Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar”, deb belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O‘zbekistonda saylovlar ko‘ppartiyalik asosida o‘tishi ko‘zda tutilgan15.
Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag‘ishlangan maхsus bobning mavjudligi O‘zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Uning XXIII bobi “Saylov tizimi” deb nomlanib, 117-moddada “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z хohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o‘z aksini topdi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam o‘rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida “Saylov tizimi” deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy prinsiplarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi saylov huquqi bo‘yicha umumiy tan olingan хalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o‘tadi.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda хalqaro huquq andozalari va talablar, ilg‘or хorijiy yuridik tajriba va milliy-tariхiy an’analar hamda konstitutsiyaviy prinsiplar asosida milliy saylov qonunchiligi tizimi yaratildi. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo‘yilgan qadamdir.
Saylov tizimi huquqiy asoslarining yaratilishi, rivojlanishini va saylov amaliyotini bizning fikrimizcha quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:

Download 156,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish