4.2 Sistemani lingvistik ta’minoti
Sistemani lingvistik ta’minoti — axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.
Axborot tizimning funsional qismi axborot tizimining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o’zgarishi ro’y beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko’ra ajratib ko’rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funsional qism funsional belgilariga ko’ra kenja tizimlarga bo’linadi: boshqaruv darajasi (oliy, o’rta, quyi); boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo); qo’llanish sohasi (bank, jamg’arma bozori va hokazo); boshqaruv ishi va davri. Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funsional qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir obektga bog’liq. Axborot tizimining ta’minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli obektlar uchun bir xilda bo’ladi.
ALT lingvistik ta’minoti asosini maxsus til vositalari (loyihalash tillari) tashkil qiladi; ular avtomatlashtirilgan loyihalash proseduralarini va loyihaviy yechimlarni bayon qilish uchun mo’ljallangan. Lingvistik ta’minotning asosiy qismi – insonning EHM bilan muloqot qilish tillari. Loyihalashning muammoli-yo’nalgan tillari (MYT) loyihalashning algoritmik tillariga (Visual Basic, Visual C++, Delphi, Java, Visual Fox Pro va sh.k.) o’xshash. Ba’zi masalani yechish topshirig’i asosan fizikaviy va funksional mazmundagi original atamalarni o’z ichiga oladi. Masalaning fizikaviy va funksional bayonidani EHM uchun dasturlarga o’tish so’ngra translyator yordamida avtomatik ravishda amalga oshadi. Boshqa hollarda masalan, muhandislik tipidagi masalalarni yechishda, DT o’zida hisobiy matematik masalalarni yechish uchun yuqori darajali algoritmik til vositalarini va geometrik obyektlarni modellashning maxsus til vositalarini birlashtiradi. Yuqori darajali algoritmik til translyatori zarur bo’lgan maxsus dasturlar bilan to’ldiriladi.
DTlar tillar deb nomlansa ham, amalda lingvistik va dasturaviy vositalar kompleksini ifoda etadi. Ular quyidagi vositalarni o’z ichiga olishi kerak: MYT terminal simvollarining to’plami; MYTdan interpretasiya qiluvchi; sintaksistik tahlil vositalari; direktivalarni paketlash vositalari; MYT bazaviy funksiyalarining kutubxonalari; MBBT bilan bog’lanish interfeysi.
Lingvistik ta’minot — axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.
Axborot tizimning funsional qismi axborot tizimining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o’zgarishi ro’y beradi. Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko’ra ajratib ko’rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funsional qism funsional belgilariga ko’ra kenja tizimlarga bo’linadi:
· boshqaruv darajasi (oliy, o’rta, quyi);
· boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo);
· qo’llanish sohasi (bank, jamg’arma bozori va hokazo);
· boshqaruv ishi va davri.
XULOSA
Avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish har bir mijozning turli talablarini qondirish imkonini beradi. Kompaniya uchun ushbu tizim asosiy nuqta hisoblanadi, chunki u barcha kerakli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan mijozlar ma’lumotlar bazasini yaratishga imkon beradi. Ya’ni, bu sizga Internet orqali kitob sotadigan shunga o’xshash firmalar bilan raqobatlashish imkonini beradi. Raqobatbardosh korxona bo’lish esa muvaffaqiyat va uning bevosita faoliyatini yanada kengaytirish garovidir.
Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, ushbu tizim ishonchli va bir necha hafta ichida iqtisodiy daromad keltiradi, chunki boshqa qimmatli vaqt, masalan, kerakli ma’lumotlarni qidirish uchun behuda ketmaydi. Ma’lumot kerak bo’lgan elementni tanlash kifoya qiladi va tizim darhol "javob beradi".
Ishonchlilik shundan iboratki, tizimdagi barcha ma’lumotlar ruxsasiz shaxslar uchun mavjud bo’lmaydi, chunki ma’lum operasiyalar uchun shaxs tayinlanadi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarning barchasini umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, avtomatlashtirish eng yaxshi natijalarga erishish va muvaffaqiyatga erishish uchun eshikni ochadigan kalit hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |