}
Satrlar va ular ustida amallar
Standart C++ tili ikki xildagi belgilar majmuasini qo‘llab - quvvatlaydi. Birinchi toifaga, an’anaviy, “tor” belgilar deb nomlanuvchi 8-bitli belgilar majmuasi kiradi, ikkinchisiga 16-bitli “keng” belgilar kiradi. Til kutubxonasida har bir guruh belgilari uchun maxsus funksiyalar to‘plami aniqlangan.
C++ tilida satr uchun maxsus tur aniqlanmagan. Satr char turidagi belgilar massivi sifatida qaraladi va bu belgilar ketma - ketligi satr terminatori deb nomlanuvchi nol kodli belgi bilan tugaydi (‘\0’). Odatda, nol - terminator bilan tugaydigan satrlarni ASCIIZ –satrlar deyiladi. Sart konstanta deb qo‘shtirnoqlar ichiga olingan belgilar ketma–ketligiga aytiladi: “Ushbu belgilar ketma–ketligiga satr deyiladi.”
Quyidagi jadvalda C++ tilida belgi sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan konstantalar to‘plami keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: