1-amaliy topshiriq. Satrlar bilan ishlash
1. Birinchi satrda s matn berilgan. Matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda A dan Z gacha bo`lgan lotin xarflari qatnashadi. Birinchi satrda A lar soni ikkinchi satrda Y lar sonini chiqaruvchi dastur tuzing.
2. Birinchi satrda s matn berilgan. Matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik lotin xarflari va probel qatnashadi. Matndagi so`zlar probel bilan ajratilgan. Matndagi A dan boshlangan so`zlarni chop etuvchi dastur tuzing.
3. Birinchi satrda s matn berilgan. Matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Matndagi NA simvollari bilan tugaydigan so`zlar soni aniqlansin va bosib chiqarish dasturi tuzing.
4. Birinchi satrda s matn berilgan. Matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Matndagi info simvollar ketma-ketligi qatnashgan so`zlardan yangi matn tuzing.
5. Birinchi satrda s matn berilgan. Matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik bo`lgan lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Matndagi unli xarflarning umumiy sonini xisoblovchi dastur tuzing
6. Birinchi satrda s matn berilgan. Matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik bo`lgan lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Berilgan matnni teskarisiga yozadigan dastur tuzilsin.
7. Birinchi satrda s matn berilgan. Matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik bo`lgan lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Matndagi so`zlarning uzunliklarini aniqlab so`zni va uning uzunligini bosib chiqaruvchi dastur tuzilsin (so`zlar probel bilan ajratilgan bo`ladi)
8. Bitta satrda N(raqamlar) berilgan N ko’pi bilan 500 xonali bo’lishi mumkin. shu sonning raqamlari yig’indisini toping.
9. Birinchi satrda s matn beriladi Matn uzunliki 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Berilgan matndan katta xarflar bilan boshlanadigan so’zlarni va ularni sonini topuvchi dastur.
10. Bitta satrda matn berilgan matn uzunliki 500 dan oshmaydi. Keyingi satrda i va j lar berilgan. Matndagi i-so`zni j-so`z bilan almashtiruvchi dastur tuzilsin.
11. Bitta satrda matn berilgan matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Ikkinchi satrda i beriladi. atndagi i-so`zni o`chirib,o`rniga TATU so`zini qo`yish dasturini tuzing
12. Kichik lotin alifbosidagi xarflar va probel. So’zlar probel bilan ajratiladi. Sizning vazifangiz toq uzunlikli so’zlarni juft uzunlikli so’zlar bilan almashtirish.
13. Sizga uzunligi 500 dan oshmaydigan matn berilgan. Sizni vazifangiz shu matndan a bilan boshlanib b bilan tugaydigan so’zlar sonini topishdan iborat.
14. Sizga uzunligi 500 dan oshmaydigan matn berilgan. Sizni vazifangiz shu matndagi kichik xarflarni kattasiga, katta xarflarni kichigiga aylantirishdan iborat.
15. Sarvar birinchi sinfda o’qiydi. U bugun darsda yangi ASSALOM so’zini yozishni o’rgandi. Sarvarda N ta katta lotin harflari yozilgan kartochkalar bor edi. Endi u o’zining kartochkalari yordamida shu so’zni yasamoqchi bo’ldi. Siz Sarvarga yordam bering, u shu so’zni yasay oladimi yoki yo’qmi? Birinchi satrda N (1≤N≤100). Ikkichi satrda harflar yozilgan kartochkalar (A … Z).
16. N ta so’zdan iborat matn berilgan. Siz unda uchraydigan barcha $ belgilarini o’chirib tashlovchi dastur tuzing.
17. Berilgan satrdagi so’zlar ichidan eng uzunini toping.
18. Berilgan satrdan [L,R] oraliqdagi simvollarni ekranga chiqarish dasturini tuzing.(bu yerda L>R butun son bo’lishi ham mumkin).
19. Lotin alfavitining kichik harflaridan iborat bo’lgan satr berilgan. Unda uchta undosh harf ketma-ket kelmaganligini aniqlash lozim.
20. Matn berilgan bo‘lsin. Unda ketma-ket kelgan belgilarning sonini aniqlang.
21. Matn berilgan bo‘lsin. Unda harf va raqamlardan boshqa belgilarni va ularni sonini aniqlang.
22. n raqamlardan iborat matn berilgan bo‘lsin. Uni o‘ng tomonidan boshlab uchtadan raqamlar guruhiga bo‘sh joy belgisi yordamida ajrating. Masalan: n=”1234567” bo‘lsa, natija “123 456 7” tarzida bo‘lishi kerak.
23. n raqamlardan iborat matn berilgan bo‘lsin. Uni o‘ng tomonidan boshlab to’rtta raqamini ajrating va uni so’z bilan o’qing. Masalan: n=”1234567” bo‘lsa, natija “1234” (bir ming ikki yuz o’ttiz to’rt)tarzida bo‘lishi kerak.
24. Faqat harflar, raqamlar hamda “+”, “-“, “*” belgilaridan iborat bo‘lgan matn berilgan bo‘lsin. Berilgan matnda “one” harflar guruhuni sonini toping.
25. Faqat harflar, raqamlar hamda “+”, “-“, “*” belgilaridan iborat bo‘lgan matn berilgan bo‘lsin. har bir “+” belgisini 1 raqami bilan, “-“ belgisini 2 raqami bilan, “*” ni esa 3 raqami bilan almashtiring, aks holda matnni teskarisiga chiqaring.
26. Faqat harflar, raqamlar hamda “+”, “-“, “*” belgilaridan iborat bo‘lgan matn berilgan bo‘lsin. a harfi ikki marta qatnashgan bo’lsa “aa” + ishorasi bilan almashtiring shu xolatda “++” ikkita bo’lib qolsa a xarfi chiqsin.
27. Raqamlardan iborat matn berilgan. Eng uzun raqamlar guruhini hamda shu sonni raqamlari yig‘indisini toping.
28. Ko‘pincha ot so‘z turkumiga mansub so‘zlarga erkalash uchun birlikda “cha” yoki “choq” qo‘shimchalari qo‘shiladi. Matn berilgan bo‘lsin. Unda ana shunday so‘zlar bo‘lsa, bu so‘zlarni ko‘plikda ifodalang.
29. Sizga uzunligi 500 dan oshmaydigan matn berilgan. Sizni vazifangiz shu matndan a bilan boshlanib a bilan tugaydigan so’zlarni va ularni sonini topishdan iborat.
30. Birinchi satrda s matn beriladi Matn uzunliki 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Berilgan matndan kichik xarflar bilan boshlanadigan so’zlarni va ularni sonini topuvchi dastur.
31. Bitta satrda matn berilgan matn uzunligi 500 dan oshmaydi. Matnda katta va kichik lotin xarflari va probel qatnashishi mumkin. Ikkinchi satrda i beriladi. atndagi i-so`zni o`chirib,o`rniga TATU so`zini qo`yish dasturini tuzing
32. Kichik lotin alifbosidagi xarflar va probel. So’zlar probel bilan ajratiladi. Sizning vazifangiz toq uzunlikli so’zlarni juft uzunlikli so’zlar bilan almashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |