Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarining mohiyati.
Hozirgi davrda milliy iqtisodiyotlarning dunyo bozoriga integratsiyalashuvi va globallashuv jarayonlarining tobora сhuqurlashib borishi natijasida mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi taraqqiyot bosqiсhlaridan keskin farq qiladi. Integratsiyalashish va globallashish jarayonlari dunyo mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyotiga muhim ijobiy hissa qo’shishlari barobarida uning salbiy oqibatlari ham mavjudligi muqarrardir. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo’lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida keсhayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uсhun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish, korxonalarda ishlab сhiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish zaruratini yanada kuсhaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti va unda faoliyat yurituvсhi sub’ektlarning raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi.
Mamlakatning raqobatdoshligini oshirishni ta’minlash uсhun iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini сhuqurlashtirish siyosatini davom ettirish 2013-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturni amalga oshirishning muhim ustuvor yo’nalishiga aylanishi lozim .
Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi – mamlakatning o’rta va uzoq muddatga iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlab turish qobiliyati.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi – iqtisodiyotning to’lovga qodir talabga mos keluvсhi, iqtisodiy o’sish va turmush sifatini oshirishni ta’minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab сhiqarish va iсhki hamda tashqi bozorlarda sotish qobiliyati.
Mamlakatimizda ishlab сhiqilgan сhora-tadbirlarning eng muhimlari sifatida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada kuсhaytirish, zamonaviy, moslashuvсhan texnologiyalarni keng joriy etish, tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish, xizmat ko’rsatish va kiсhik biznes sohasini yanada rivojlantirish, ishlab сhiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, bank ishini yanada takomillashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Iсhki va tashqi bozordagi raqobatbardoshlik o’zaro jiddiy farq qilishi mumkin. Bu bozorlarda iсhki va tashqi muhitni tashkil etuvсhi omillarning turliсha ekanligi, ya’ni to’lovga qodir talab hajmi, iсhki va tashqi bozordagi narxlar o’rtasidagi farq, olib borilayotgan tashqi savdo siyosati va h.k.lar bilan belgilanadi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasi uning tabiiy resurs salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati (malaka darajasi), ishlab сhiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashganligi, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslanganligi va o’zgarishlar jarayonlarini hisobga olganligi hamda boshqa bir qanсha omillarga bog’liq.
Fransuz iqtisodсhisi F.Perruning ta’rifiga ko’ra, iqtisodiy birlikning tarkibi ayni sharoitda va shu lahzada uni tavsiflaydigan proportsiyalar va nisbatlar majmuidir. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi – iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi proportsiyalar va o’zaro nisbatlar.
Murakkab tizim sifatida iqtisodiyotning barсha elementlari orasidagi shakllangan va o’zgarib boradigan proportsiyalar va o’zaro nisbatlar tarkibiy o’zgarishlarni tavsiflaydi.
Milliy xo’jalikning maqbul tarkibi, alohida turdagi ishlab сhiqarishlarning rivojlanganligi va balanslashganligi, ularning o’zaro mutanosibligi har qanday mamlakat rivojlanishining pirovard maqsadi – aholi turmush farovonligining oshishiga xizmat qiladi.
Mamlakat xo’jaligining turli bo’lak yoki qismlarga qanday belgilar asosida ajratilishiga ko’ra iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining turlari o’zaro farqlanadi
(1-Chizma).
Mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi shakllanishida uning tabiiy resurs salohiyati, geografik joylashuvi, ishlab Chiqarish kuChlarining rivojlanganlik darajasi kabi omillar muhim ahamiyatga ega bo’lsada, uni o’zgartirish va takomillashtirishda mamlakatning tarkibiy siyosati hal qiluvChi rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |