15
5. Kimyo va neft-kimyo
sanoati
111,3
115,8
108,1
117,1
106,4
6. Mashinasozlik va
metallni qayta ishlash
118,9
89,7
131,1
112,8
112,4
7. O’rmonchilik va
yog’ochni qayta ishlash
103,6
130,1
125,7
106,3
104,6
8. Qurilish materiallari
87,3
104,3
110,4
105,8
111,0
9. Yengil sanoat
97,8
117,0
111,9
117,9
112,0
10. Oziq-ovqat sanoati
98,4
108,5
111,8
113,1
106,5
Bunday o’sishning asosiy omili mamlakatning o’zi islohotlar strategiyasini
sanoatlashtirish siyosati bilan barobar olib bora boshlaganidir.
Respublikada faol sanoatlashtirish siyosati olib borilishi munosabati bilan
1995 yilda u MDH mamlakatlari orasida o’zining rivojlanishini qayta tiklagan,
keyinchalik, 2005 yilda, birinchi bo’lib 2010 yil darajasidan ancha o’sgan, 2012
yilda esa dastlabki (bazaviy) ishlab chiqarish hajmiga nisbatan 21.5 foizga o’sgan
yagona respublika bo’lib qoldi.
O’zbekiston ko’rsatkichlari ijobiy bo’lishining eng muhim sabablari – bu
mavjud sanoat tarmoqlarining kerakli hajmda saqlab qolib, yangi tarmoqlarni
yaratish strategiyasi bo’ldi. Mustaqillikning birinchi yillaridanoq O’zbekiston
hukumati uchun real sektorni rivojlantirish ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib
hisoblanadi. Respublikamizning o’z-o’zini yoqilg’ienergetika mahsulotlari bilan
ta’minlash siyosati (neft va neft mahsulotlari hamda gaz ishlab chiqarishning
keskin o’sishi) qo’shimcha qiymat yaratuvchi (mashinasozlik, yog’och va
yog’ochni qayta ishlash) sohalarining intensiv rivojlanishi bilan birgalikda olib
borildi. SHu bilan birga, yengil va oziq-ovqat sanoatlarining rivoji ham qayd etildi.
Umuman olganda, tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarish tarkibida og’ir sanoat
(yonilg’ienergetika majmuasi, mashinasozlik, metallurgiya) salmog’ininng oshishi
yengil sanoat ulushi hisobiga bo’lmoqda. Natijada, mustaqil iqtisodga xos bo’lgan
darajaga yaqinlashish yuz bermoqda va sobiq ittifoq mamlakatlarida qayta
ixtisoslashuvdan paydo bo’layotgan yetishmovchilik va tobelikning oldini olish
ta’minlanmoqda.
16
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va qo’shimcha qiymat yaratuvchi
sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy strategiya respublikaga
yaxshi natijalar keltirmoqda.
O’zbekiston o’zining oltini, paxta tolasi va ipagi, nefti va gazi, samolyot va
avtomobillari, paxta terish mashinasi va paxtani qayta ishlash mashinalari bilan,
ekskovator va kompressorlari, vino va konservalari hamda bir qator boshqa sanoat
mahsulotlari bilan dunyoga mashhur.
O’zbekiston respublikasining industrial qiyofasini energetika, kon-ruda,
oltin qazib oluvchi, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari, elekrtotexnika
va elektron sanoatlari, ko’p tarmoqli mashinasozlik va qurilish materiallari sanoati
belgilab bermoqda.
Mustaqallikning 11 yilida sanoat mahsulotining hajmi 3 marta ko’paydi. Bu
davrda faqat miqdoriy o’zgarishlargina emas, balki juda katta sifat o’zgarishlari
ham sodir bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: