Zmeevikli issiqlik almashinish apparatlari.
Bunday isitkichlarda 15…20 mm li trubalardan tayerlangan spiralsimon zmeeviklar suyuqlik bilan tuldirilgan idishga urnatiladi. Zmeevik trubalaridan gaz yoki bug‘ harakatlanadi.
Suyuqlik bilan tuldirilgan idishning xajmi katta bulgani va idish ichidagi suyuqlikning tezligi juda kichik bulgani uchun zmeevikning tashqi devori tomondagi bug‘ bilan suyuqlik orasidagi issiqlik berish koeffitsienti xam kichik kiymatga ega bo‘ladi. apparatning xajmini kamaytirish va suyuqlikning tezligini oshirish uchun uning ichiga stakanga uxshash idish tushiriladi.
Sektsiyalar bunday parallel ulanganda muhitning tezligi va harakat yo‘li kamayish natijasida qurilmaning gidravlik karshiligi xam kam bo‘ladi. Bu isitkichlarda trubalararo issiqlik almashinishning intensivligi kam, chunki zmeevik trubalaridan idishdagi isitilayotgan suyuqlikka erkin konvektsiya orkali utadi. shuning uchun bu isitkichlar kam miqdordagi suyuqliklarni isitish uchun ishlatiladi.
Zmeevikli isitkich.
Bunday issiqlik qurilmalarida zmeeviklar tugri trubalardan tayyorlanib, kalachlar yordamida birlashtiriladi.
Agar issiqlik tashuvchining miqdori katta bulsa, bir necha parallel sektsiyalardan iborat bulgan zmeeviklar o’rnatiladi.
Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalarining konstruktsiyasi sodda va arzon bulganligi uchun ular sanoatda keng kullaniladi.
Bu isitkichlarni tozalash, tuzatish oson hamda ular yuqori bosimda ximiyaviy aktiv muhitlarni isitish uchun xam ishlatiladi.
Zmeevik trubalarida harakatlanayotgan bug‘ning bosimi 0,2…0,5 mpa gacha bulganda zmeevik uzunligining truba diametriga nisbati 200-245 bulishi kerak. Agar bu nisbatning miqdori katta bulsa, bug‘ kondensati zmeemik trubalarning pastki qismida yigilib, issiqlik almashinish tezligi kamayadi va gidravlik karshiliklar ortib ketadi. Afzzalligi: tayyorlash oson, issiqlik almashinish yuzasini uzatish va tuzatish oson, idishdagi suyuqlikning xajmi katta bulganligi sababli rejimning o‘zgarishlariga uncha sezgir emas. Kamchiliklari: ulchami katta, idishdagi suyuqlikning tezligi kam bulganligi uchun zmeevikning tashkarisidagi issiqlik berish koeffitsienti kichik, trubalarning ichki yuzasini tozalash qiyin.
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish apparatlari xam zmeevikli apparatlar katoriga kiradi. bunday isitkichlar tashqi tomonidan suyuk xoldagi issiqlik tashuvchi (odatda suv) bilan yuvilib turuvchi zmeeviklardan iborat. Purkab beruvchi tarnov orkali suv yuqorigi trubaga berilib, undan keyin pastki trubaga tushadi. Ketma–ket xamma trubalardan utgach, suv sovitkichning tagida joylashgan yig‘gichga tushadi. odatda bunday sovitkichlar ochik xavoda joylashtirilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |