Diagnostikaning rivojlanish istiqbollari, chet el tajribasi Oxirgi yillarda avtomatlashtirilgan diagnostika tizimlari (ADT) ishlab chiqilmoqda, ularning axborot hajmi 80...100 parametr atrofida yetadi. Diagnostika qilinayotgan avtomatik tizimidan axborot oqimi ko‘p datchiklar yordamida operatorga tushadi, bu yerda axborot qayta ishlanadi, tahlil etiladi va qaror qabul qilinadi.
Diagnostika jarayonining shakli ikki bosqichdan iborat:
a) datchiklar yordamida diagnostik axborotni olish;
b) diagnostik xulosa chiqarish uchun axborotga ishlov berish.
Diagnoz qo‘yish postlari ishlarini xronometraj qilish natijasida quyidagilarni ko‘rsatdi: avtomatik tizimi diagnostika postida turish vaqtining 60 ... 65% foizi yordamchi operatsiyalarga, diagnostika natijalariga ishlov berish va rasmiylashtirishga ketar ekan.
Bu muammoni yechishdagi istiqbolli yo‘nalishi - diagnostik axborotni olish va ishlov berish avtomatlashtiradigan tizimni ishlab chiqish va tadbiq etishdir.
Buning natijasida EHMda diagnostikadan o‘tkazilgan avtomatik tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish yoki joriy ta‘mir ishlarining mazmuni yozilgan bo‘lishi kerak.
Avtomatik diagnostik tizimi - avtomatik tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida uning texnik holatini avtomatik baholash vositalari majmuidir.
ADT quyidagilardan tuzilgan: a) diagnostika ob‘yektidan diagnostik axborotni qabul qiluvchi datchiklar to‘plami;
b) datchiklardan signallarni qabul qilib, ularga ishlov berib qulay holga keltiruvchi o‘zgartgichlar;
v) diagnostik axborotni baholash va elektr signallari sifatida oxirgi natijalarni beradigan axborotga ishlov berish moslamalari;
g) axborot tashuvchida (disket) muhrlangan diagnostika natijalarini beruvchi axborot moslamalari.
Istiqboldagi diagnostik datchiklar. a) Tezkor kontaktli diagnostik datchiklar – bular tarkibi ustiga avtomatik tizimi qo‘yiladigan yoki ularni avtomatik tizimi bosib o‘tadigan hamma stendlar kiradi. Bularda ottsillograf shkalali asboblar bilan almashtirilgan.
b) Kontaktsiz diagnostik datchiklar. Bular diagnostika qilinayotgan ob‘yekt bilan mexanik kontaktda
emas. Kontakt yorug‘lik nuri, magnit yoki issiqlik maydoni yordamida amalga oshiriladi (agregatni bo‘laklarga bo‘lmasdan).
v) Stroboskoplar. Stroboskopik samaradan avtomatik tizimining aylanma yoki to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanayotgan 30 elementidan kam bo‘lmagan hollarda foydalanish mumkin.
g) avtomatik tizimiga o’rnatilgan diagnostik datchiklar. Ular agregat va mexanizmlarga o‘rnatiladi, diagnostika jarayonlarini tezlashtiradi va ADTning elementlari bo‘lib xizmat qiladi. o‘rnatilgan datchiklar harorat, bosim, kuchlanish hamda tormoz suyuqligi, yonilg‘i va moy sathidan tashqari ayrim uzellarning eyilish darajasi haqida ham axborot beradi (Masalan, dumalash podshipniklaridagi eyilishlar ularning halqalariga yopishtirilgan tenzo-datchiklar yordamida aniqlanadi). ADTlarda EHM qo‘llanadi.