Mavzu: Sanoat korxonalari milliy iqtisodiyotning asosiy bo'g'ini reja



Download 49,11 Kb.
bet1/9
Sana24.06.2022
Hajmi49,11 Kb.
#699183
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sanoat korxonalari - milliy iqtisodiyotning asosiy bo\'g\'ini


MAVZU: Sanoat korxonalari - milliy iqtisodiyotning asosiy bo'g'ini


REJA:

  1. Sanoat korxonalarining tavsifi

  2. Bozor sharoitida sanoat korxonalarining maqsadi va vazifasi

  3. Sanoat korxonalarining tashkiliy strukturasi va klassifikasiyasi



  1. Sanoat korxonalarining tavsifi

O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi milliy iqtisodiyotimizda miqdor va sifat o`zgarishlariga sabab bo`ldi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti jamiyatni demokratiyalashtirish, iqtisodiyot salohiyatlarini mustahkamlash va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishga yo`naltirilgan, bozor munosabatlariga o`tishning mamlakatimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan modeli asosida rivojlanib bormoqda. Bu model xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ektlarning erkinligi, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni himoya qiluvchi zaruriy qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan.
Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun talab qilinuvchi ushbu vazifalarning amalga oshirilishida korxonalarga katta rolь ajratilib, ular iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo`g`ini bo`lish bilan birga mahsulot ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko`rsatish tufayli iste`molchilarning talablarini ham qondiradilar.
O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar to`g`risida” gi qonuniga asosan, korxona - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`ekt bo`lib, o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste`molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
2017 yil 7 fevralda davlatimiz rahbarining O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha “Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni e`lon qilindi. Mazkur hujjatda mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo`yicha beshta ustuvor yo`nalish aniq belgilab berilgan. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilishi ko`zda tutilayotgan barcha vazifalar mamlakatni kompleks rivojlantirish borasida ishlarni sifat jihatdan yuqori bosqichga ko`tardi.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo`nalish doirasida bajariladigan ishlar hajmi juda keng. Bu yo`nalishda iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish, xususan, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma`murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro`yobga chiqarish rejalashtirilgan. Natijada keyingi besh yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning ichki ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog`i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
Harakatlar strategiyasi doirasida O`zbekiston Respublikasida sanoatni rivojlantirish va uning yangi tarmoqlarini taraqqiy ettirish borasida katta ishlar qilinmoqda. 2018 yil yakunlariga ko`ra respublika korxonalari tomonidan 144,2 trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan o'sish sur'ati 107,0 % ni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o’shishining asosiy omili bo’lib, qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish hajmining 6,4 % ga (jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o’sishiga qo’shgan hissasi 5,2 punkt), tog’- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning - 12,9 % ga (o’sishga qo’shgan hissasi 1,3 punkt), elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni kondittsiyalashning 4,9 % ga (o’sishga qo’shgan hissasi 0,4 punkt) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning - 13,5 % ga (o’sishga qo’shgan hissasi 0,1 punkt) o’sishi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi 144,2 trln.so'mni, o’sish 7,0 %ni tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning o’sish sur’ati -102,7 %
Iste’mol tovarlarning jami sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi - 38,9 %
Sanoatda kichik biznesning ulushi – 39,6 %
Sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi – 26,7 %
Har bir mamlakatning sanoat quvvati hamda fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotni modernizasiyalash ko`rsatkichlarini birinchi o`rinda yirik korxonalar belgilab beradi. SHu sababli “kichik” iqtisodiyotni rivojlantirish, ya`ni kichik korxona hamda mikrofirmalarga keng yo`l ochib berishda yirik korxonalarning o`rni va rolini unutmaslik darkor. CHunki bu korxonalarda ishlovchi xodimlar soni katta bo`lishdan tashqari, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mehnatni rag`batlantirish hamda do`stona, sherikchilik aloqalarini (jumladan, xorijiy korxona va firmalar bilan) rivojlantirishga keng imkoniyatlar mavjud. SHu sababli yirik va kichik korxonalarning optimalligi umumiy ishlab chiqarish talablari va milliy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqqan holda fan va xo`jalik amaliyotining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani iqtisodiyotning har bir tarmog`i va sohasida hal qilishning yo`llari o`xshash bo`lmasligi yoki bir xil tavsifga ega bo`lmasligi mumkin. Har bir alohida yuzaga kelgan iqtisodiy holatda mavjud sharoitlar va rivojlanish afzalliklariga mos holda harakat qilish zarur.
Korxonalar faoliyati milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlariga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatadi. Korxonalar qanchalik yaxshi, samarali va rentabelli ishlasa, butun iqtisodiyotning, jumladan, ularning o`zlarining ham ko`rsatkichlari yuqori bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti korxonalar faoliyatini erkinlashtiradi, ularning mustaqilligini mustahkamlaydi hamda ishlab chiqarishni tashkil etish va rentabellikning yuqori ko`rsatkichlariga erishishga keng imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblanadi. Balki haqiqatdan ham shundaydir. Biroq korxona, ayniqsa, davlatga tegishli bo`lgan korxona qanday ishlashi, uning jamiyatga keltiruvchi foydasi, rentabellik darajasi, xodimlarning bandligi qanday bo`lishi faqat korxonalarnigina emas, davlatning ham ko`z oldida bo`lishi zarur. Xuddi shuning uchun ham davlat korxonalarga katta imkoniyatlar yaratib berish bilan birga ularni belgilangan tartibda nazorat qilib ham boradi. Davlat korxonalar “taqdiriga”, ularning ishlab chiqarish faoliyati yakuniy natijalariga befarq qarab tura olmaydi. Bankrotga uchragan korxonalar, zarar keltiruvchi ishlab chiqarish, iqtisodiy nochorlik - bularning barchasi korxona jamoasi uchun ham, davlat uchun ham og`ir yuk hisoblanadi.
Jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida barcha korxonalar ham raqobatchilikni engib, samarali ishlab keta olmaydi hamda daromad yoki foyda ololmaydi. Natijada minglab korxonalar tashkil qilinib, xo`jalik faoliyati doirasiga qo`shiladi va deyarli shunchasi turli sabablarga ko`ra tugatiladi. SHu sababli bankrotlik, korxonalarning tugatilishi bozor iqtisodiyot sharoitlarida odatiy hol bo`lib, bu ahvolga tushib qolishdan ehtiyot bo`lish kerak bo`lsada, lekin bundan fojea ham yasash kerak emas.
Xalq orasida “Kambag`al va kasal bo`lgandan ko`ra boy va sog`lom bo`lgan afzal” degan gap bor. SHu gapga amal qiladigan bo`lsak, yaxshisi korxonani bankrot bo`lishga olib kelmaslik, uning iqtisodiy mustaqilligi, mehnat qobiliyati va daromadligini ta`minlash uchun barcha zarur choralarni qo`llash zarur. Korxonaning mehnat qobiliyati va daromadliligi milliy iqtisodiyotga qo`shiladigan hissa bo`lishdan tashqari respublikamizda tobora ko`payib borayotgan aholini ish bilan ta`minlashda ham ahamiyat kasb etishini unutmaslik muhim. Ko`rinib turibdiki, istalgan korxonaning milliy iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, olinadigan foyda yoki daromad miqdoridan tashqari bu korxonaning aholini ish bilan ta`minlashdagi ishtirokiga ham bog`liq bo`ladi. Aholini ish bilan ta`minlar ekan, korxonalar o`zlarining bevosita ishlab chiqarish vazifalarini bajarishdan tashqari ishsizlikning kamayishiga, demak, to`g`ri, mehnat faolligining ortishi va ijtimoiy ahvolning yaxshilanishiga ham sababchi bo`ladi.
Bu erda hamma narsa faqat korxonaning o`ziga bog`liq emasligi ko`rinib turibdi, albatta. CHunki korxona o`z faoliyatini amalga oshirish jarayonida xomashyo, material, asbob-uskuna va boshqa ishlab chiqarish vositalari etkazib beruvchi yoki mahsulot iste`molchilari sifatida harakat qiluvchi boshqa korxonalar bilan o`zaro aloqaga kirishadi. Bu munosabatlarda har bir kamchilik va nuqsonlar, jumladan, xomashyo, material va asbob-uskunalarni vaqtida etkazib bermaslik, o`z vaqtida haq to`lamaslik, qarzlarni to`lash muddatlarining o`tkazib yuborilishi va boshqa xo`jalik yuritish qoidalari va majburiyatlarining buzilishi korxona iqtisodiy ahvolining yomonlashishiga, uning nochorlikka uchrashiga olib keladi. SHu sababli korxonalar faoliyatini samarali va yuqori rentabelli darajada amalga oshirish zaruriyati, barcha korxonalar ishlab chiqarishni kerakli tarzda tashkil qilish hamda o`z hamkorlari va davlat oldidagi majburiyatlarni qat`iy tarzda bajarish intizomi bilan uzviy bog`liqdir.
O`zbekistonda ko`plab ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko`rsatayotgan bo`lib, ular iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini – og`ir sanoatdan engil sanoatgacha, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlashdan ilmiy ishlab chiqarishgacha qamrab olgan. Ayni paytda respublikada 49 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo’lib, shu jumladan 10,2 mingta korxona 2017 yil yanvar– dekabr oylarida tashkil etilgan bo’lib, ulardan: Toshkent shahriga 2,6 mingta korxona, Farg’ona viloyatiga 1144 ta korxona, Toshkent viloyatiga 1057 ta korxona, Samarqand viloyatiga - 895 ta, Namangan va Andijon viloyatlariga 800 tadan ortiq korxona, Buxoro viloyatiga 500 taga yaqin korxona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga 400 tadan ortiq korxona, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga 300 tadan ortiq korxona, Navoiy va Sirdaryo viloyatlariga 200 tadan ortiq korxona to’g’ri keladi.

Ular o`z faoliyatida ishlab chiqarishning barcha omillaridan - yer, tabiiy va mehnat resurslari, texnika va texnologiyalar, investitsiyalar, hozirgi zamon fani tomonidan ishlab chiqarishning asosi yoki mamlakatning milliy boyligi deb ataluvchi zamonaviy axborot tizimidan foydalanadi. Ma`lumki, boylik yoki salohiyat bir nechta avlod va butun jamiyatning xatti-harakatlari evaziga yaratiladi. Korxonalarning vazifasi ushbu boylikni asrab-avaylash va undan samarali foydalanishda ifodalanadi. Xo`jalik yuritishning mazkur tamoyillaridan bir oz bo`lsada chetga chiqish jamoatchilik ishlab chiqarishi samaradorligining pasayishiga, xo`jasizlik va isrofgarchilikka olib keladi. Korxonalar ham bundan mustasno emas.



  1. Bozor sharoitida sanoat korxonalarining maqsadi va vazifasi

Zamonaviy korxona-mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt bo`lib, ularning ishlab chiqarish vositalari va boshqa mulklari rejali iqtisodiyot sharoitlaridagidek davlatning o`zigagina tegishli bo`lmaydi. SHu sababli korxonalar mulkchilik shakliga ko`ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko`ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neftь va gaz sanoati, qurilish majmuaviyi, oziq-ovqat, engil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko`ra, yirik, o`rta va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko`ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo`linadi.
Biroq ushbu belgilardan qat`inazar, deyarli har bir korxona Nizom asosida faoliyat yuritadi. Nizomda korxonaning nomi, manzilgohi, yuqori turuvchi idorasi va bu idoraning nomi, Nizom jamg`armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy bo`linmalar ro`yxati, hisobot tartibi va hokazolar ko`rsatilgan bo`ladi.
Agar Nizomda korxonaning tashkiliy-huquqiy vazifalari belgilangan bo`lsa, uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondlar, pul mablag`lari va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg`armasiga tayanadi. Nizom jamg`armasi qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida ta`sischilar – davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi. Korxona rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jamg`armasi ko`paytirilishi mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg`armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligi va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi.
Korxonani turli jihatlariga ko`ra tavsiflash mumkin:
ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
ijtimoiy munosabatlarda korxona – turli kategoriyadagi xodimlar o`rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – tarmoqning mustaqil bo`g`ini bo`lib, o`z-o`zini moliya bilan ta`minlash, o`z-o`zini boshqarish, ya`ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro`yxatidan o`tganidan keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro`yxatidan o`tish uchun birinchi o`rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo`ladi: ta`sischining arizasi; korxonaning Nizomi; korxonani tashkil qilish haqida qaror yoki ta`sischilar shartnomasi; davlat bojini to`laganlik haqida kvitansiya va boshqalar.
Korxona o`ziga xos bo`lgan ma`lum belgilarga ega:
birinchidan, korxona o`ziga tegishli va xo`jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega bo`lib, ushbu mulk uning faoliyatini moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy mustaqilligini va ishonchliligini ta`minlaydi;
ikkinchidan, korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o`zaro munosabatlardagi majburiyatlar yuzasidan o`z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo`ladi;
uchinchidan, korxona xo`jalik aylanmasida o`z nomidan harakat qilishi mumkin, ya`ni qonunga asosan xo`jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot (ish, xizmat) iste`molchilari, xomashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega;
to`rtinchidan, korxona qonunchilikka asosan sudda da`vogar va javobgar sifatida qatnashish huquqiga ega;
beshinchidan, korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo`lib, ishlab chiqarish va mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat idoralari tomonidan belgilangan tartibda o`z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi;
oltinchidan, korxona o`z nomiga ega bo`lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli o`z aksini topadi.
Har bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat bo`ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon bo`ladi. qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta`minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko`zga ko`rinadi.
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil qiluvchi ikkita tarkibiy qism - tizimning o`zi(korxona) va ushbu tizim faoliyat yurituvchi tashqi muhitni ko`rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab chiqarish vositalari, pul mablag`lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi.
Ichki muhitning o`zaro aloqalari natijasida tayyor mahsulot paydo bo`ladi, ishlar bajariladi va xizmat ko`rsatiladi, ya`ni to`g`ri yo`lga qo`yilgan ishlab chiqarish va mehnatga haq to`lash faoliyati yuzaga keladi.
Korxonalarning tashqi muhit bilan aloqasi ularning tashqi tizimga chiqishida ro`y berib (resurslarni jalb qilish, ularning qiymatini aniqlash, xomashyo, material va yoqilg`ining o`z vaqtida etkazib turilishi va hokazo), tashqi muhitga ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar oqimi yordamida ta`sir ko`rsatish jarayonida namoyon bo`ladi.
Korxonalar faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tashqi muhit – bu, birinchi o`rinda mahsulot iste`molchilari, xomashyo va boshqa material etkazib beruvchilar, shuningdek davlat idoralari hamda korxonaga yaqin joyda yashovchi aholi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
bozor va uning rivojlanish istiqbollarini majmuaviy ravishda o`rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan talablarini aniqlash;
mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo`yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;
xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;
ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;
mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;
korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko`rsatish va hokazolarni boshqarish.
Albatta, zamonaviy korxonalarning ko`p qirrali faoliyati yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi talablari bilan to`ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o`tilganlardan qat`inazar, xo`jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:
korxona egasining daromad olishi;
iste`molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta`minlash;
xodimlarni ish haqi bilan ta`minlash;
korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
korxona faoliyatida to`xtab qolishga yo`l qo`ymaslik;
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;
ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.
Xo`jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
ishlab chiqarish va shaxsiy iste`mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
mahsulotlarni iste`molchilarga sotish va etkazib berish;
sotuvdan keyin xizmat ko`rsatish;
ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta`minlash;
xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;
soliqlarni to`lash, byudjetga to`lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to`lovlarni amalga oshirish ;
amaldagi standartlar, me`yoriylar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.
Bu vazifalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralari bilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi vazifalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.




  1. Download 49,11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish