O’tilgan mavzuni takrorlash.
Yangi mavzu bayoni:
Xalq amaliy san’ati azaldan kishilar turmushini bezash vositasi bo‘lib kelgan. Qadimda uylar, masjidlar, madrasalar ana shu san’at turi yordamida bezatilgan va maxsus bo'yoqlarda sopollarga, koshinlarga, rangin ipaklar yordamida kashtalarga bitilgan. Bizga zamondosh boigan xalq ustalari va chevarlar bu an’analami davom ettirmoqdalar.
Bezaklar va ulami yaratishning o‘ziga xos tizimi mavjud. Bu obrazli tizim o‘zida ko‘pgina ma’no va mazmunlami aks ettiradi. Masalan, kashtachilikning so'zana, palak, dorpech, kashta va joynamoz kabi turlarining o‘ziga xos maqsadi va vazifalari bor. Kashtalar, odatda, katta o‘lchamlarda tikilgan va xonalami bezashda qo‘llanilgan. Kashtalardagi naqsh kompozitsiyalari oq yoki rangli matoga ipaklar bilan tikiladi.
Kashtalaming naqsh elementlarida hayvon va o‘simlik dunyosining ramziy shakl va ma’nolari stilizatsiyalashtirilgan holda qo‘llaniladi.
So‘zanalarda naqsh elementlari ko‘proq doira shakliga to‘qiladi. Yumaloq ko‘rinishlardagi bezak elementlari koinot va inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglatadi. Ulaming kompozitsiyasida o‘simliksimon naqsh elementlari ham aralashtirilgan holda qo‘llaniladi.
Uning ichki qismida bezak vazifasini o‘taydigan zardevor va palaklarda ham asosan doira shaklidagi naqshlar qo‘llaniladi.
0‘zbekiston amaliy bezak san’atida soddalashtirish va badiiylashtirish hisobiga turli tabiiy shakllaming naqsh elementlari sifatida qo‘llanishida ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Masalan, naqshda paxta elementining qo‘llanilishi mazkur ekinning milliy iftixor tariqasida tarannum etilishini anglatadi. Shu bois ham o‘zbek chinni buyumlarining eng qadrlisi aynan paxta gulli choynak-piyola, kosa-tovoqlardan iboratdir. Naqsh elemendarida anor, olma, bug‘doy, uzum va uning yaprog‘i, jonli mavjudot tasvirlari - qo‘chqoming shoxi, xo‘rozning toji va boshqa tasvirlar ham badiiylashtirilgan holda amaliy bezak san’atida qo‘llaniladi. Shuningdek, amaliy san’atda qo‘llaniladigan boshqa misollami ham ko‘rsatish mumkin. Masalan: anor - to‘kinchilik va toekin-sochinlik ramzi; anorgul - kulolchilik, misgarlik, kashtachilik, to‘qimachilik, naqqoshlikda ko‘p ishlatiladi; bo-dom - baxt-iqbol ramzi; zirk guli - juda chiroyli yaproqli gul, 0‘rta Osiyo naqshlarida qadimdan ajdodlarimiz tomonidan osoyishtalik va umrboqiylik ramzi sifatida qo‘llanilib kelinadi. Kabutar - tinchlik va osoyishtalik, oygul - baxt-iqbol ramzi.
Gul, butoq, daraxt singari islimiy naqshlar ramziy ma’nolami o‘zida mujassam etgan. Masalan, gullagan bog‘ ramzi - hayotning go‘zalligi, baxt, farovonlik kabi sifatlarga bog‘langan. To‘lqinli o‘simlik poyasi - tinimsiz ijod va tabiat tarovati, to‘lqinlar - shiddatli hayot oqimi, gul esa yorug* olam go‘zalligi kabi ramziy ma’nolami anglatadi.
Quyidagi rasmlarda oddiy tabiiy shakllami badiiylashtirish tasvirlangan.
Naqqoshlikda g‘uncha elementi ham ko‘p qo‘llaniladi (23-rasm).
U hayotning davomiyligi, ajdodlar o‘mini avlodlar egallab borishini anglatadi. Lola ham bahor, yoshlik va jo‘shqinlik alomati sifatida ko‘p qo‘llaniladigan element hisoblanadi (21-a rasm). Tabiatdan olingan barg ham naqsh kompozitsiyasini to'ldiruvchi va uning jozibasini oshiruvchi element sifatida ko‘p ishlatiladi. Barglaming tabiiy ko‘rinishini stilizatsiyalashtirilgan variantlari asosida oddiy va murakkab barglar ixtiro qilingan. Ular shobarg, qo‘shbarg, ko‘pbarg, chor barg (to‘rt bargli naqsh elementi) deb ataladi.
0‘zbekiston amaliy bezak san’atida qo‘llaniladigan naqsh ramzlari, ulaming tabiiy shakli va stilizatsiyalashtirish haqida tasawurga ega bo‘ldingiz. Endi o‘zingiz uchun tanish bo'lgan tabiiy materiallami stilizatsiyalash orqali naqsh elementlarini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |