53
BuxDU Pedagogika fa‟kul‟teti musiqiy ta‟limi kafedrasi bitiruvchi kurs
talabasi Safarov Faruxning “Samarqandlik bastakorlar ijodi:
musiqiy tahlil
”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Respublikamiz ta’lim tizimida amalgam
oshirilayotgan islohatlarni
belgilovchi islohatlarni belgilovchi davlatimizning asosiy hujjatlarida ta’lim
mazmuni, shu jumladan musiqa madaniyati darslari mazmunli, milliy zamin
asosida o’rgatish va o’rganishga alohoda e’tibor berilgan.
Shu boisdan ham
mazkur malakaviy bitiruv ishi mavzusi dalzarbdir.
Istiqlol yillarida ma’naviy-mafkuraviy sohada salmoqli yutuqlar qo’lgan
kiritildi. Respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan «Ta’lim to’g’risidagi
qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yoshlarimizni barkamol insonlar
qilib tarbiyalashda chuqur ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kun o’qituvchisiga
milliy g’oya va mafkuramizni chuqur anglab yetgan,
chuqur bilimli, erkin fikrli,
jahon andozalariga to’liq javob beradigan komil insonni tarbiyalab yetishtirishdek
ma’suliyat yuklangan.
Qadimdayoq Samarqand o’z san’ati: naqshinkor bezaklar, yog’ochga va
ganchga
naqsh solish, metalga o’yma naqsh tushirish, zargarlik buyumlari bilan
mashhurdir. Moddiy madaniyat bilan birgalikda Samarqandda qadim zamonlardan
fan va ma’naviy madaniyat ham rivojlangan. Alisher
Navoiy bobomiz ham bir
necha yillar davomida (1465-1469 y) Samarqandda yashagan, musiqa sirlarini
o’rgangan,
musiqa asboblarida chalgan, olimu-mudarrislar, shoirlar va
musiqachilarni e’zozlagan.Musiqa nafaqat
majlislarda yangrab turadi, balki sharq
xalqlari madaniy hayotida o’quv yurtlari sifatida muhim rol o’ynab madrasalar
turmushiga kirib boradi.
Safarov Faruxning
―Samarqandlik bastakorlar ijodi: musiqiy tahlil‖deb
nomlagan mazkur malakviy bitiruv ishida Samarqandlik
bastakorlar ijodini
uslubiy negizini yoritib berishga harakat qilgan.
Ishning 1-bobi mazmunida Samarqand musiqa madaniyati va taraqqiyoti,
san’atshunoslikka oid manbalarga tayangan holda tahlil qilingan. Shu o’rinda
O’zbekiston Bastakorlari ijodiyoti haqida tushuntirib berilgan.
Ishning 2-bobida esa Samarqand musiqa ijodkorligi – bastakorlik uslubining
shakllanishining mazmuni yoritib berilgan. Muallif o’z ishini yoritishda avvalo
nazariy tomonlarini yoritishga jiddiy yondoshadi. Shu o’rinda
respublikamizda
taniqli bastakorlar va san’atshunos olimlarning musiqiy-badiiy ijodiyotiga oid
ilmiy-amaliy ishlarini atroflicha o’rganadi. Olib borilgan amaliy tajribalar mohiyati
va mazmuni ushbu ishni mustaqil bajarilgan va tugallangan ish sifatida baholash
imkonini beradi. Men, taqrizchi
sifatida Safarov Farux
tomonidan yozib to’liq
tugallangan va mustaqil bajarilgan bitiruv malakaviy ishini himoya qilishga tavsiya
etaman
Musiqiy ta‟lim
kafedrasi dotsenti:
B.X.Madrimov